O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 19-bandiga va «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati
QAROR QILADILAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida»gi PF-164-son Farmoniga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida»gi PF-169-sonli Farmoni tasdiqlansin.
2. Ushbu Qo‘shma qaror darhol O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari
U. Inoyatov | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi
T. Norboyeva |
Toshkent shahri,
2022 yil 14 iyul