O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 iyundagi “O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish
va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi 451-sonli qarori haqida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi “O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirishchora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3652-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash, shuningdek, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 iyundagi 451-sonli qarori ijrosini ta'minlashmaqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiqaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
13 iyundagi “O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi 451-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qaror bilan:
a) Mazkur qaror ilovasida belgilangan homiy toshkilotlarning (keyingi o'rinlarda homiy tashkilotlar deb ataladi) Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo'limlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida ularga bir marta 500,0 mln so'mdan homiylik xayriyalarini ajratish va keyinchalik doimiy homiylik xayriya yordamini ko'rsatish to'g'risidagi takliflari ma'qullanganligi;
b) Homiy tashkilotlar va Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo'limlariga ular o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni samarali yo'lga qo'yish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Do'stlar klublari”ni tashkil etish tavsiya qilinganligi:
homiy tashkilotlar va Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo'limlariga ular o'rtasidagi o'zaro hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va ularning samarali bajarilishini tashkil etish;
homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo'limlari va homiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni “Do'stlar klublari”ning yig'ilishlarida muhokama qilish va istiqbolli vazifalarni hamkorlikda belgilash;
Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo'limlari tomonidan ijodkorlar va homiy tashkilotlarning xodimlari o'rtasida ijodiy uchrashuvlar, turli
madaniy-ma'rifiy tadbirlar, ijodkorlarning badiiy asarlari orqali homiy tashkilotlar faoliyati targ'ibotini tashkil qilish belgilanganligi;
v) Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo'limlari faoliyatiO'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” jamoat fondi (keyingi o'rinlarda “Ijod”fondi deb ataladi) mablag'lari hisobidan moliyalashtirilishi, bunda Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo'limlariga ajratiladigan homiylik xayriyalari “Ijod” fondi tomonidan ajratilayotgan maqsadli mablag'lar o'rniga sarflanishiga yo'l qo'yilmasligi belgilab qo'yilganligi;
Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo'limlari rahbarlari homiylik hayriyalaridan tushadigan mablag'lar maqsadli sarflanishiga shaxsan javobgar ekanligi;
g) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi “O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3652-son qaroriga muvofiq:
“Ijod” fondining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda hududiy bo'limlari tuzilganligi;
“Ijod” fondining hududiy bo'limlari Vasiylik kengashlarigaQoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi va viloyatlar hokimlari rais, hududiy universitet va institutlar rektorlari rais o'rinbosarlari sifatida biriktirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinganligi;
d) “Ijod” fondining hududiy bo'limlarini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanganligi:
“Ijod” fondining hududiy bo'limlarini saqlash bilan bog'liq xarajatlarni moliyalashtirish qismida-“Ijod” fondining mablag'lari;
tadbirlarni moliyalashtirish qismida - Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining va viloyatlar viloyat byudjetlarining zaxira jamg'armalari, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar mahalliy byudjetlar ijrosi davomida shakllangan qo'shimcha manbalari, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
e) “Ijod” fondining hududiy bo'limlari mablag'lari tijorat banklardagi hisob raqamlarda jamlanadiganligi va Vasiylik kengashlarining qarorlariga asosan quyidagi tadbirlarga yo'naltiriladiganligi:
adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo'shgan keksa avlodga mansub O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolariga aniq yo'naltirilgan moddiy yordam ko'rsatish;
ijodiy ko'rik-tanlovlarni tashkil etish, iqtidorli yosh adiblarning Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo'limlari tomonidan tavsiya etiladigan ijod namunalarini, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish uchun moliyaviy yordam ko'rsatish;
xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati, asriy an’ana va qadriyatlari tarannum etilgan, milliy ma'naviyatimizning mazmun-mohiyati teran badiiy ifodasini topgan mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz munosib namunalarining xorijiy tillarga tarjima qilinishini hamda Internet jahon axborot tarmog'ida keng targ'ib etilishini moliyalashtirish;
Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo'limlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
o'z hududida yashayotgan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari hamda iste’dodli va istiqbolli yosh ijodkorlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash atoqli ijodkorlarga bag'ishlangan ekspozitsiyalar uyushtirish;
ijtimoiy va ijodiy faol, keng kitobxonlarning ishonchini qozongan adiblarning ijodiy kechalarini tashkil etish va o'tkazish belgilanganligi;
j) O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muassisligida nashr etiladigan “O'zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, “Sharq yulduzi” – “Zvezda Vostoka”, “Jahon adabiyoti”, “Yoshlik”, “Amudaryo” jurnallari tahririyatlarining xarajatlarini (qog'oz bilan ta'minlash, bosmaxona xarajatlarini hisobga olgan holda), o'z daromadlari bilan qoplanmagan qismiga O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetining 2018 yil parametrlari doirasida “Ijod” fondiga 500,0 mln.so'm mablag' ajratilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasiga:
homiy tashkilotlar va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo'limlari bilan o'zaro hamkorlikni samarali yo'lga qo'yish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Do'stlar klublari”ni tashkil etish tavsiya qilinsin:
homiy tashkilotlar va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo'limlari bilan o'zaro hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va ularning samarali bajarilishini tashkil etish;
homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi va homiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni “Do'stlar klublari”ning yig'ilishlarida muhokama qilish va istiqbolli vazifalarni hamkorlikda belgilash;
Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan ijodkorlar va homiy tashkilotlarning xodimlari o'rtasida ijodiy uchrashuvlar, turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, ijodkorlarning badiiy asarlari orqali homiy tashkilotlar faoliyati targ'ibotini tashkil qilish.
4. Belgilab qo'yilsinki:
Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi faoliyati O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” jamoat fondi (keyingi o'rinlarda “Ijod”fondi deb ataladi) mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasiga ajratiladigan homiylik xayriyalari “Ijod” fondi tomonidan ajratilayotgan maqsadli mablag'lar o'rniga sarflanishiga yo'l qo'yilmaydi;
Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi rahbari homiylik hayriyalaridan tushadigan mablag'lar maqsadli sarflanishiga shaxsan javobgardir.
5. “Ijod” fondining Qoraqalpog'iston bo'limini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
“Ijod” fondining Qoraqalpog'iston bo'limini saqlash bilan bog'liq xarajatlarni moliyalashtirish qismida - “Ijod” fondining mablag'lari;
tadbirlarni moliyalashtirish qismida - Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining zaxira jamg'armasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi mahalliy byudjet ijrosi davomida shakllangan qo'shimcha manbalari, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Belgilansinki “Ijod” fondining Qoraqalpog'iston bo'limi mablag'lari tijorat banklardagi hisob raqamlarda jamlanadiganligi va Vasiylik kengashlarining qarorlariga asosan quyidagi tadbirlarga yo'naltiriladi:
adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo'shgan keksa avlodga mansub O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolariga aniq yo'naltirilgan moddiy yordam ko'rsatish;
ijodiy ko'rik-tanlovlarni tashkil etish, iqtidorli yosh adiblarning Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etiladigan ijod namunalarini, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish uchun moliyaviy yordam ko'rsatish;
xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati, asriy an’ana va qadriyatlari tarannum etilgan, milliy ma'naviyatimizning mazmun-mohiyati teran badiiy ifodasini topgan mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz munosib namunalarining xorijiy tillarga tarjima qilinishini hamda Internet jahon axborot tarmog'ida keng targ'ib etilishini moliyalashtirish;
Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Qoraqalpog'iston Respublikasi hududa yashayotgan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari hamda iste’dodli va istiqbolli yosh ijodkorlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash atoqli ijodkorlarga bag'ishlangan ekspozitsiyalar uyushtirish;
ijtimoiy va ijodiy faol, keng kitobxonlarning ishonchini qozongan adiblarning ijodiy kechalarini tashkil etish.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi o'rinbosari M.Jumanovga yuklansin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev