2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda FXDYo organlarining roli va ahamiyatini oshirish, shuningdek, aholiga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifatini yaxshilash maqsadida:
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
QAROR QILADI:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyundagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3785-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:
a) Quyidagilar:
birinchi - vakolatli organlarda tug'ilish, o'lim, nikoh tuzish
va nikohdan ajralish, familiya, ism va ota ismini o'zgartirish kabi voqea hamda faktlarni keng qamrovli qayd etish yo'li bilan fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilishni ta'minlash;
ikkinchi - eng muhim yuridik faktlarni qayd etmasdan qoldirish oqibatlariga alohida e’tibor qaratgan holda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga
va jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli huquqiy targ'ibot ishlarini olib borish;
uchinchi - FXDYo organlarining oila institutini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va oila ajralishlarining oldini olish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarda faol ishtirok etish;
to'rtinchi - FXDYo organlari faoliyatida aholiga davlat xizmatlarini ko'rsatish tartib-taomillarini engillashtirishga, jumladan, vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga bormasdan xizmatlar ko'rsatilishiga, xizmatlarning sifati va tezkorligini oshirishga, eksterritoriallik printsipi asosida arxiv ma'lumotnomalari va axborotini olish imkoniyatini beruvchi fuqarolik holati yagona elektron arxivini shakllantirishga qaratilgan innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish;
beshinchi - fuqarolik holati yuridik faktlarini aniqlash va ularni o'z vaqtida qayd etish borasida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishni amalga oshiruvchi organlar mahalliy davlat hokimiyati, ichki ishlar, sog'liqni saqlash, vasiylik va homiylik, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hamda ta'lim muassasalari bilan samarali hamkorlik qilish;
oltinchi - mazkur sohada byurokratiya va korruptsiya yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan idoralararo elektron hamkorlikni kengaytirish orqali, jumladan, olis joylardagi aholi punktlariga chiqqan holda (“mobil davlat xizmatlari”) davlat xizmatlari ko'rsatishning maqbul
va qulay uslublarini ishlatish;
ettinchi - FXDYo organlari tomonidan davlat xizmatlarini ko'rsatish jarayonida qulaylikni va shaffoflikni ta'minlash, xodimlar tomonidan kasb etikasi qoidalari va funktsional vazifalarga amal qilish, fuqarolik holati dalolatnomalarini sifatli va tezkor qayd etish, davlat boji
va boshqa to'lovlarning to'g'ri hisoblanishi va undirilishi ustidan nazoratning yangi shakllarini, jumladan, masofaviy nazoratni joriy etish;
sakkizinchi - aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirishni nazarda tutgan holda davlat boji stavkalarini, gerb yig'imlarini va FXDYo organlari tomonidan ko'rsatiladigan pullik xizmat tariflarini optimallashtirish fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish institutini yanada isloh qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari etib belgilanganligi;
b) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari
va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5415-sonli Farmoniga asosan 2018 yil 1 iyuldan boshlab FXDYo organlarining huquqni qo'llash amaliyotini muvofiqlashtirish, faoliyatini metodik ta'minlash, “FXDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish, FXDYoning hududiy arxivlariga rahbarlik bo'yicha vazifalar O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi zimmasiga yuklatilgan holda, FXDYo organlari tumanlar (shaharlar) hokimiyatlari tasarrufiga o'tkazilganligi ma'lumot uchun qabul qilinganligi;
v) Majburiyatlarni muvofiq taqsimlash va javobgarlik sohalariga asosan:
tumanlar (shaxarlar) hokimlari FXDYo bo'limlari va nikoh uylari (keyingi o'rinlarda - FXDE bo'limlari) faoliyati, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ular xodimlarining mehnatiga hak to'lash
va moddiy rag'batlantirish ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshirishi;
tumanlar (shaharlar) hokimlarining o'rinbosarlari - tuman (shahar) xotin-qizlar qo'mitalari raislari oilani mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, tug'ilish va nikohni o'z vaqtida qayd etish, targ'ibot
va ma'rifat bo'yicha chora-tadbirlarni ko'rishga shaxsan mas’ul hisoblanishi;
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining direktori FXDYo bo'limlarida huquqni qo'llash amaliyotini samarali muvofiqlashtirish, faoliyatini metodik ta'minlash, “FXDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimini texnik ta'minlash
va yuritish, shuningdek, FXDYo arxivlariga rahbarlik qilishga mas’ul hisoblanishi;
tumanlar (shaharlar) FXDYo bo'limlari mudirlari qayd qilinayotgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining qonuniyligi uchun shaxsan mas’ul hisoblanishi;
g) Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
d) 2018 yilning 1 iyulidan:
nikoh shartnomasini va aliment to'lash haqida kelishuvni notarial tasdiqlaganlik;
sudlar tomonidan otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tug'ilganligi, shuningdek, tug'ilgan vaqti faktlarini aniqlash to'g'risidagi arizalarni ko'rganlik uchun davlat boji undirilishi bekor qilinganligi;
e) FXDYo organlarini, O'zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarini va fuqarolar yig'inlarini qat’iy hisobda turuvchi gerbli guvohnomalar blankalari bilan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ta'minlashning amaldagi tartibi saqlab qolinganligi.
j) 2018 yilning 1 iyulidan boshlab:
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining maxsus g'aznachilik shaxsiy hisobvarag'iga gerb yig'imidan tushadigan mablag'larning 40 foizi, shuningdek, FXDYo bo'limlari tomonidan ko'rsatiladigan pullik xizmatlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus tashkil qilinadigan g'aznachilik shaxsiy hisobvarag'iga yo'naltirilishi va faqat FXDYo bo'limlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha tadbirlari, xodimlarining uzoq muddat xizmat qilgani uchun ish haqiga ustama haq to'lash va martaba darajalari uchun qo'shimchalariga, shuningdek, ularni moddiy rag'batlantirishga (lavozim maoshining va mukofotlarning 100 foizi miqdorigacha shaxsiy ustamalar) ishlatilishi;
maxsus tashkil qilinadigan g'aznachilik shaxsiy hisobvarag'iga yo'naltirilgan mablag'lardan foydalanish O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo'yilganligi;
z) O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
2019 yilning 1 yanvaridan boshlab FXDYo organlari bilan tug'ilish
va o'lim to'g'risida elektron ma'lumotlar almashishni yo'lga qo'yish, shuningdek tug'ilish va o'lim haqida yagona noyob kodli unifikatsiyalangan elektron ma'lumotnoma berishning yagona tartibini joriy kilish;
2019 yil 1 yanvarga qadar fertil yoshidagi ayollarni hisobga olish
va homiladorlikning erta bosqichidan chaqaloq tug'ilguniga qadar hisobini olib borishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish hamda uni “FXDE yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilishni ta'minlash topshirilganligi;
i) O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2018 yil 1 iyulga qadar FXDYo bo'limlari tomonidan foydalanilayotgan bino va inshootlar qismini hamda ularga tegishli jihozlar, inventarlar, hujjatlar va boshqa mulklarning belgilangan tartibda tumanlar (shaharlar) hokimliklariga berilishini ta'minlashi;
FXDYo organlari tomonidan foydalanilayotgan bino
va inshootlarning bir qismi o'z maqsadlarida foydalanish uchun adliya organlarida saqlanib qolinishi;
tumanlar (shaharlar) hokimiyatlariga berilgan FXDYo bo'limlarining bino va inshootlaridan keyinchalik boshqa maqsadlarda foydalanish hamda ularni begonalashtirishga faqat O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishilgan holda ruxsat berilishi belgilab qo'yilganligi;
k) Qayd etilmagan tug'ilganlik, o'lim holatlarini aniqlash
va keyinchalik ularni FXDYo organlarida qayd etilishini ta'minlash bo'yicha tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligida 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda hududiy komissiyalar tashkil etilganligi;
Hududiy komissiyalarga:
2019 yilning 1 iyuliga qadar qayd etilmagan tug'ilganlik, o'lim holatlarini aniqlash nuqtai nazaridan to'liq xatlovdan o'tkazish, uning natijasida tug'ilganlik, o'lim holatlarining qonun hujjatlariga muvofiq manzilli qayd etilishini ta'minlash;
o'z faoliyatida tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi mavjud bo'lmagan bolalarni aniqlashga alohida e’tibor qilish, bunda “Bironta ham bola qayd etilmasdan qolishi mumkin emas” va “Tug'ilganlikni qayd etilishi - bola huquqlarini ruyobga chiqarilishining va fuqarolik bo'lmasligini oldini olishning huquqiy asosidir” degan ezgu g'oyalarga amal qilish topshirilganligi;
m) O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga:
keyinchalik “Yagona elektron FXDYo arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilish uchun FXDYo organlarida saqlanayotgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini raqamli ko'rinishga o'tkazilishini, yagona elektron FXDYo arxiv fondi shakllantirishni 2022 yil 1 yanvarga qadar tugatish;
dalolatnomalar yozuvlari ma'lumotlarini “Yagona elektron FXDYo arxivi” axborot tizimiga kiritish bo'yicha ishlarni bajarish uchun yuridik shaxslar bilan pudrat shartnomalarini tuzish;
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2018 yilning 1 sentyabridan davlat boji, gerb yig'imlari
va boshqa to'lovlarni to'lashda elektron to'lovlar (billing) mexanizmni to'laqonli joriy etish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2019 yilning 1 yanvaridan bola tug'ilganligi haqidagi guvohnoma qayd etilishida chaqaloqlarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami berilishini amaliyotga joriy etish topshirilganligi;
n) 2021 yilning 1 iyuliga qadar muddatda fuqarolik holati dalolatnomalarini raqamli ko'rinishga o'tkazish, idoralararo elektron hamkorlik tizimini yaratish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro'yxat bo'yicha olib kiriladigan O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan skaner qilish qurilmalari, server va boshqa jihozlar hamda ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar bojxona to'lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlaridan tashqari) ozod etilganligi;
o) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatda quyidagilarni:
FXDYo organlari hamda FXDYo bo'limlari xodimlarining martaba darajalari to'g'risidagi nizomlar;
FXDYo bo'limlari xodimlarining mehnatiga haq to'lash bo'yicha razryadlar va tarif koeffitsientlari;
FXDYo bo'limlarining martaba darajalariga ega bo'lgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari;
martaba darajalari uchun sudlar va adliya organlari xodimlarining lavozim maoshlariga qo'shiladigan qo'shimcha haq miqdorlarini tasdiqlash haqida qaror qabul qilish topshirilganligi;
p) O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Nukus shahar va tumanlar hokimliklariga:
Qayd etilmagan tug'ilganlik, o'lim holatlarini aniqlash
va keyinchalik ularni FXDYo organlarida qayd etilishini ta'minlash bo'yicha tumanlar (shahar) hokimlari boshchiligida ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda hududiy komissiyalar tashkil etilsin.
Hududiy komissiyalar:
2019 yilning 1 iyuliga qadar qayd etilmagan tug'ilganlik, o'lim holatlarini aniqlash nuqtai nazaridan to'liq xatlovdan o'tkazish, uning natijasida tug'ilganlik, o'lim holatlarining qonun hujjatlariga muvofiq manzilli qayd etilishini ta'minlasin;
o'z faoliyatida tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi mavjud bo'lmagan bolalarni aniqlashga alohida e’tibor qilish, bunda “Bironta ham bola qayd etilmasdan qolishi mumkin emas” va “Tug'ilganlikni qayd etilishi - bola huquqlarini ruyobga chiqarilishining va fuqarolik bo'lmasligini oldini olishning huquqiy asosidir” degan ezgu g'oyalarga amal qilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o'z zimmamda qoldiraman.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev