30.10.2024, Chorshanba

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 iyundagi «Sug'oriladigan erlarni shamol eroziyasiga hamda suv xo'jaligi ob’ektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va rekonstruktsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 422-sonli qarori haqida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 iyundagi «Sug'oriladigan erlarni shamol eroziyasiga
 hamda suv xo'jaligi ob’ektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va rekonstruktsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 422-sonli qarori haqida


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 iyundagi «Sug'oriladigan erlarni shamol eroziyasiga hamda suv xo'jaligi ob’ektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va rekonstruktsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 422-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi 
QAROR  QILADI:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 iyundagi «Sug'oriladigan erlarni shamol eroziyasiga hamda suv  xo'jaligi ob’ektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va rekonstruktsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi  422-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin. 
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatilgan qarori bilan: 
a) Sug'oriladigan erlarni shamol eroziyasiga hamda suv xo'jaligi ob’ektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va ularni rekonstruktsiya qilish tartibi to'g'risidagi Nizom  ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
b) O'zbekiston Respublikasi O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasiga ikki oy muddatda «O'rmonqurilish» davlat unitar korxonasini (keyingi o'rinlarda «O'rmonqurilish» DUK deb ataladi) tashkil etish va uning tashkiliy tuzilmasini, shtatlari ro'yxatini va ustavini belgilangan tartibda tasdiqlash topshirilganligi;

v) Quyidagilar: 
sug'oriladigan erlarning shamol eroziyasiga hamda suv xo'jaligi ob’ektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish  va rekonstruktsiya qilish ishlarida buyurtmachi vazifasini bajarish;
ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruktsiya qilish ishlarining bosh pudratchilarini aniqlash bo'yicha tanlov savdolarini o'tkazish, tanlov savdolari natijalari bo'yicha pudrat shartnomalarini tuzish, belgilangan tartibda texnik nazorat ishlarini amalga oshirish            va ishlarni qabul qilish;
bajarilgan ish hajmlarini belgilangan tartibda pudratchilardan qabul qilish, ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruktsiya qilish bo'yicha bajarilgan loyihalarni erdan foydalanuvchilarga topshirish;
shahar va qishloq joylarda ko'kalamzorlashtirish va landshaft dizayni bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish;
o'rmon kardonlari, yo'llari va boshqa o'rmon xo'jaligi ob’ektlarini qurish;
o'rmon xo'jaligini rivojlantirish bo'yicha qonunchilikka zid bo'lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish «O'rmonqurilish» DUKning asosiy vazifalari etib belgilanganligi;
Quyidagilar: 
xo'jalik faoliyatidan tushadigan mablag'lar;
O'rmon xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari;
grantlar va konunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar «O'rmonqurilish» DUK faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanishi;
 g) Ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruktsiya qilish loyihasi doirasida:
sug'oriladigan erlarning shamol eroziyasiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo qilish va rekonstruktsiya qilish bo'yicha loyiha tashabbuskori etib - O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi, suv xo'jaligi ob’ektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish  va rekonstruktsiya qilish bo'yicha - O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi;
«O'rmonqurilish» DUK - buyurtmachi etib;
bosh loyiha va pudrat tashkiloti - tanlov savdolari yakunlari bo'yicha belgilangan tartibda;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg'armasi (keyingi o'rinlarda Jamg'arma deb ataladi) mablag'lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar - moliyalashtirish manbai etib belgilanganligi;
g) O'zbekiston Respublikasi O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi, Qishloq xo'jaligi vazirligi, Suv xo'jaligi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi sug'oriladigan erlarning shamol eroziyasiga qarshi qurashish hamda suv xo'jaligi ob’ektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruktsiya qilish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'tkazilishini faollashtirish topshirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin. 
3. 2018 yilda ihota va suvni himoya qilish daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruktsiya qilish manzilli dasturini shakllantiruvchi Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy ishchi guruhi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruhning vazifalari etib O'zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda ko'rsatilgan topshiriqlar belgilansin.
Tumanlar hokimlari o'z qarorlari bilan hududiy tuman ishchi  guruhlari tarkibini tasdiqlash topshirilsin. 
4. Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (T.Sultanov)  tuman hokimlari bilan birgalikda ihota daraxtzorlarini barpo etish va kelgusida erdan foydalanuvchilarga belgilangan tartibda topshirish uchun zarur bo'lgan erlarning o'z vaqtida ajratilishini ta'minlasinlar.
5. O'rmon xo'jaligi qo'mitasi, Qishloq xo'jaligi vazirligi,  Suv xo'jaligi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog'iston bo'limi sug'oriladigan erlarning  shamol eroziyasiga qarshi qurashish hamda suv xo'jaligi ob’ektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruktsiya qilish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'tkazilishini faollashtirsin.
6. Qoraqalpog'iston teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarida sug'oriladigan erlarning shamol eroziyasiga hamda suv xo'jaligi ob’ektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarni barpo etish ishlari bo'yicha ilm-fan yutuqlarini, ilg'or tashkilotlar tajribasini keng yoritish tavsiya etilsin.

7. Vazirliklar va idoralar o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy xujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.

Qoraqalpog'iston Respublikasi
 Vazirlar Kengashining Raisi                                      Q.Sariev