O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 iyundagi “2018-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to'g'risida”gi 420-sonli qarori haqida
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasida hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va mutaxassis kadrlar qo'nimsizligi darajasini pasaytirish, shuningdek ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish bo'yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 iyundagi “2018-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to'g'risida”gi 420-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatilgan qarori bilan:
a) Quyidagilar:
2018-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi tizimidagi tashkilotlarda bino va inshootlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlash chora-tadbirlari rejasi 1-ilovaga muvofiq;
2018-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilishning prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
2018-2019 yillarda O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi tizimi xodimlari uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlarini jalb etgan holda uy-joylar qurish dasturi (keyingi o'rinlarda Dastur deb ataladi) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
b) mazkur qaror doirasida bino va inshootlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlash bo'yicha:
buyurtmachi etib - O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi;
bosh loyihachi va pudrat tashkilotlari - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o'tkaziladigan tanlov (tender) savdolari natijalari bo'yicha aniqlash belgilanganligi;
v) Dastur doirasida quyidagilar:
v.1) uy-joylarni qurish qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida shaharlarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga yaqin joylashgan hududlarda 0,06 gektar, arzon turdagi uy-joylar esa 0,02 gektar hamda ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uy-joylar 0,04 gektar er maydonida amalga oshirilishi;
v.2) quriladigan uy-joylar O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasining uy-joyga yoki turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodimlarga qo'mita hay’ati tomonidan tavsiya etilishi;
v.3) 0,06 gektar er maydonidagi uy-joylar va 0,04 gektar bo'lgan er maydonidagi arzon turdagi ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uy-joylar uchun 25 foiz va 0,02 gektar er maydonidagi arzon uy-joylar uchun 15 foiz boshlang'ich badal O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi Er munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg'armasining 3 yil davrga beriladigan qarz mablag'lari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik hayriyalari hisobidan to'lanishi;
v.4) Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi xodimlari uchun xizmat uyi va yotoqxona mazkur davlat qo'mitasi tizimidagi tashkilotlarga biriktirilgan er maydonlarida, shuningdek, ushbu tashkilotlarga yaqin joylardagi Toshkent shahar zahira erlar fondiga olingan er maydonlarida qurilishi belgilanganligi;
g) “Qishloqqurilishbank” ATB va boshqa tijorat banklariga Dastur doirasida qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi uchun 3 yillik imtiyozli davrni inobatga olgan holda 15 yil muddatga O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida ipoteka kreditlari berish tavsiya etilishi;
bunda 0,06 gektar er maydonidagi uy-joylar va 0,04 gektar er maydonidagi arzon turdagi ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uy-joylar uchun boshlang'ich badal - 25 foiz, 0,02 gektar er maydonidagi arzon uy-joylar uchun boshlang'ich badal 15 foiz miqdorida to'lanishi inobatga olish belgilab qo'yilganligi;
d) Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda mazkur qaror doirasida quriladigan yangi ob’ektlar uchun er uchastkalari ajratilishini va ularning tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga kafolatli ulanishini ta'minlash topshirilganligi;
e) O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasiga:
o'n kun muddatda uy-joyga yoki turar joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xodimlarga uy-joy berish tartibi to'g'risidagi nizomni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo'jaligi, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kompleksi rahbari bilan kelishgan holda tasdiqlanishi;
bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Nagmetov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda tumanlar va Nukus shahri hokimliklari bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatilgan qarori bilan tasdiqlangan:
1-ilovaga muvofiq, 2018-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi tizimidagi tashkilotlarda bino va inshootlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlash chora-tadbirlari rejasi;
2-ilovaga muvofiq, 2018-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilishning prognoz parametrlari;
3-ilovaga muvofiq, 2018-2019 yillarda O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi tizimi xodimlari uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlarini jalb etgan holda uy-joylar qurish dasturi doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha belgilangan tadbirlarning muddatda amalga oshirilishini ta'minlasin.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasiga:
hududiy bo'limlarning bino va inshootlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlash bo'yicha buyurtmachi etib - O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi belgilanganligini inobatga olib, dasturga kiritilgan ob’ektlarning loyiha-smeta hujjatlarining tayyorlanishini ta'minlasinlar.
5. Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish vazirligi, Beruniy va Qorao'zak tumanlari hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog'iston Respublikasi Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi buyurtmasiga muvofiq dastur doirasida quriladigan yangi ob’ektlar uchun er uchastkalari ajratilishini va ularning tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga kafolatli ulanishini ta'minlasinlar.
6. Qoraqalpog'iston Respublikasi Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi va Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasiga:
uy-joyga muhtoj xodimlarning ro'yxatini shakllantirish va O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasining uy-joyga yoki turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodimlarga qo'mita hay’ati tomonidan beriladigan tavsiyanomalarni olish;
dastur parametrlari doirasida uy joylar qurilishini amalga oshirish maqsadida “Qishloq qurilish invest” IK MChJ Qoraqalpog'iston filialiga buyurtma berishni ta'minlash topshirilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosarlari S.Nagmetov va S.Xojametov hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig'i T.Sultanov va Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi boshlig'i O.Kamalov zimmasiga yuklansin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi
Q.Sariev