Xalqimiz ma'naviy hayoti, milliy qadriyat va an’analarimizning ajralmas bir qismi bo'lgan,muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini yaqqol ifoda etadigan Ramazon hayitini munosib nishonlash jamiyatimizdao'zaro hurmat, mehr-oqibat, ezgulik, xayr-saxovat va shukronalik tuyg'ularini kuchaytirish, yoshlarimizda yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 iyundagi “Ramazon hayitini nishonlash to'g'risida”gi PQ-3781-sonli qarorida belgilangan topshiriqlarning bajarilishini ta'minlash maqsadidaQoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi QAROR QILADI:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 iyundagi “Ramazon hayitini nishonlash to'g'risida”gi PQ-3781-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qaroriga muvofiq O'zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 15 iyun juma kuniga to'g'ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalar va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida”gi 5290-sonli Farmoniga muvofiq 2018 yil 15-17 iyun kunlari – Ramazon hayitining birinchi uch kuni bayram sifatida keng nishonlash belgilanganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Nukus shahri va tumanlar hokimliklariO'zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg'armasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi, Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o'tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog'iston axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog'liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari M.Aleuov zimmasiga yuklansin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev