22.12.2024, Yakshanba

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida joriy yil 29 may kuni o'tkazilgan yig'ilish bayonining 31-bandi hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 iyundagi 03/1-1859-sonli xati topshiriqlari ijrosini ta'minlash haqida

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida joriy yil 29 may kuni o'tkazilgan yig'ilish bayonining 31-bandi hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2018 yil 4 iyundagi 03/1-1859-sonli xati topshiriqlari
 ijrosini ta'minlash haqida


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida joriy yil  29 may kuni o'tkazilgan yig'ilish bayonining 31-bandi hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 iyundagi 03/1-1859-sonli xati topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi 
QAROR QILADI:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida joriy yil  29 may kuni o'tkazilgan yig'ilish bayonining 31-bandi hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 iyundagi 03/1-1859-sonli xati topshiriqlari ijro uchun rahbarlikka olinsin. 
2. Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi (Aminov), Suv xo'jaligi vazirligi (Uzaqov) va tumanlar hokimliklarining 2018 yilda g'alladan bo'shaydigan maydonlarga suv ta'minotidan kelib chiqib, takroriy ekinlarni qaytadan joylashtirish bo'yicha ishlab chiqilgan takliflari ma'qullansin.
3. Quyidagilar:
2018 yilda g'alladan bo'shaydigan maydonlarga suv ta'minotidan kelib chiqib, takroriy ekinlarni qaytadan joylashtirish rejasi 1-ilovaga muvofiq;
takroriy maydonlarga sabzavot va dukkakli ekinlarni turlari bo'yicha qaytadan joylashtirish rejasi 2-ilovaga muvofiq;
2018 yilda g'alladan bo'shaydigan maydonlarda takroriy ekinlardan olinadigan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining prognoz ko'rsatkichlari
3-ilovaga muvofiq;
takroriy sabzavot va dukkakli ekinlardan turlari bo'yicha olinadigan mahsulotlarining prognoz ko'rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
2018 yilda g'alladan bo'shaydigan maydonlarda etishtiriladigan mahsulotlarning ishlatilishi prognoz ko'rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq;
2018 yilda g'alladan bo'shaydigan maydonlarga takroriy ekinlari ekish uchun talab etiladigan urug'lik, mineral o'g'itlar va yoqilg'i moylash mahsulotlari hisob-kitobi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi (Aminov), Suv xo'jaligi vazirligi (Uzaqov) «Taxiatosh neft baza» MChJ (Abdimuratov), «Qoraqalpoq agrokimyohimoya» HAJ (Davletov) tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:
takroriy ekinlarni ekish rejalashtirilgan g'alla maydonlarini birinchi navbatda o'rish, ushbu maydonlarni somondan tozalash, shudgorlash va ekinlarni optimal muddatlarda ekish;
ekilgan ekinlarni sug'orish, parvarishlash, oziqlantirish, hashorat
va zararkunandalarga qarshi kurashish bilan bog'lik agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish va talab etiladigan mineral o'g'it, kimyoviy preparatlar, yonilg'i-moylash mahsulotlari va urug'liklar bilan belgilangan muddatlarda ta'minlash choralarini  ko'rish;
g'alladan bo'shagan maydonlarda takroriy ekinlarning ekilishini doimiy ravishda nazorat qilish va monitoringini yuritish bo'yicha
Qishloq xo'jaligi vazirligida maxsus shtab tashkil etilsin.  
5. Tuman hokimlariga: 
g'alladan bo'shagan maydonlarni somondan tozalashni tashkil qilish, g'alladan bo'shaydigan maydonlarga suv ta'minotidan kelib chiqib, takroriy ekinlarni qaytadan joylashtirish va suv ta'minoti og'ir bo'lgan hududlarda suvni tejaydigan texnologiyalarni to'liq joriy qilish;
takroriy ekinlarni ekish uchun erlarni shudgorlash, er tayyorlash, ekish va parvarishlash ishlarini moddiy-texnika resurslari,
shu jumladan urug'lik, mineral o'g'it, yonilg'i-moylash mahsulotlari
va boshqa resurslar bilan ta'minlash masalalarini muvofiqlashtirish uchun tumanlar hokimlarining qishloq xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosarlari rahbarligida ishchi guruhlar tashkil etish vazifasi yuklansin.
6. Qishloq xo'jaligi vazirligi (Aminov), Qoraqalpog'iston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi (Nurimbetov), «Oziqovqatta'minot» Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy filiali (Babadjanov), «O'zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi vakili (Pirnazarov) hamda ulgurji savdo bazalari tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:
2018 yilning 15 iyunigacha bo'lgan muddatda mahsulot etishtiruvchi fermer xo'jaliklari va buyurtmachilar o'rtasida shartnomalar tuzilishini ta'minlash;
2018 yil 20 iyungacha belgilangan tartibda fermer xo'jaliklarga yuqori sifatli urug'liklarni dorilangan va sertifikatlar mavjud bo'lgan taqdirda kamida 50 foiz haqini oldindan to'lash sharti bilan etkazib berilishini ta'minlash topshirilsin;
Shuningdek, 2018 yilning 25 iyunigacha bo'lgan muddatda fermer xo'jaliklari bilan qayta ishlovchi, zahiraga g'amlash va eksport qiluvchi tashkilotlar o'rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq mahsulot etishtiruvchilarga shartnoma qiymatining 40 foizidan kam bo'lmagan miqdorda avans mablag'larini to'lab berish choralarini ko'rish tavsiya etilsin.
7. Fermer xo'jaliklarining takroriy ekindan olinadigan daromadi va manfaatdorligini ta'minlash maqsadida:
fermer xo'jaliklarining kontraktatsiya shartnomasida belgilangan hajmlardan ortiqcha miqdorda etishtirgan mahsulotlari ularning
o'z ixtiyorida qolishi;
boshoqli don ekinlaridan bo'shaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari bo'yicha ekish, etishtirish hamda olinadigan hosil
uchun shartnomalarni tuzish va xarid narxlarini belgilashda fermer xo'jaliklarining moliyaviy barqarorligini va manfaatdorligini ta'minlash nuqtai nazaridan yondashilishi qat’iy belgilab qo'yilsin.
8. Qishloq xo'jaligi vazirligi (Aminov), Qoraqalpog'iston fermer, dehqon xo'jaliklar va tomorqa er egalari kengashi (Nurimbetov),
Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (Sultanov) hamda tumanlar xokimlariga takroriy ekinlarni o'z vaqtida to'liq ekish, agrotexnika tadbirlarini belgilangan muddatlarda sifatli o'tkazish bo'yicha shaxsiy mas’uliyat yuklansin.

9. Qishloq xo'jaligi vazirligi (Aminov), Markaziy bankning Qoraqalpog'iston Respublikasi Bosh boshqarmasi (Allaniyazov) va tijorat banklari hamda tumanlar hokimliklari bilan birgalikda
o'n kun muddatda takroriy ekinlarni ekish va uning agrotexnikasini amalga oshirish uchun talab qilinadigan mablag'larni shakllantirish choralarini ko'rsinlar.
10. Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (Sultanov)
2018 yilning 10 iyuligacha hududiy boshqarmalarni jalb qilgan xolda boshoqli don ekinlaridan bo'shagan maydonlarga ekilgan takroriy ekinlarni instrumental o'lchovdan o'tkazsin.
11. «Oziqovqatta'minot» Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy filiali (Babadjanov), «O'zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi vakili (Pirnazarov) hamda ulgurji savdo bazalari tumanlar hokimliklari bilan birgalikda 2018 yil 1 avgustgacha oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga mo'ljallangan omborxona
va muzlatkichlarni foydalanishga tayyor holatga keltirish va belgilangan hajmda mahsulotlarni jamg'arish choralarini ko'rsinlar.
12. O'zbekiston qishloq xo'jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining Qoraqalpog'iston filiali (Shamshetov), «Qoraqalpoqagrokimyohimoya» HAJ (Davletov), «Oziqovqatta'minot» Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy filiali (Babadjanov), «O'zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi vakili (Pirnazarov) tumanlar hokimliklari
bilan birgalikda o'n kun muddatda:
hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlar navlarini joylashtirish va parvarishlash agrotexnikasi bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarning ishlab chiqilishini va joylarga etkazilishini;
oziq-ovqat ekinlarini ekish va etishtirish agrotexnikasi
bo'yicha ko'rgazmali-amaliy o'quv-seminarlarini tashkil etsinlar.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.J.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.


Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi
      Q.Sariev