O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi “Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko'chish va er ko'chki hodisalari bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-585-sonli qarori asosida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida tuzilgan toshqinga qarshi kurash bo'yicha hududiy komissiyasi ayrim a'zolarining lavozimlari o'zgarganligini inobatga olib, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida toshqinga qarshi kurash bo'yicha hududiy komissiyasining yangi tarkibini qayta tasdiqlash maqsadida:
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog'iston Respublikasi toshqinga qarshi kurash bo'yicha hududiy komissiyasining yangi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpog'iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (P.Tanirbergenov)ga Toshqinga qarshi kurash bo'yicha hududiy komissiyasining ishini tashkiliy-texnikaviy jihatdan ta'minlash hamda komissiya ishini yuritish vazifalari yuklatilsin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2007 yil
5 martdagi 29/3-sonli qarorining 1-ilovasi o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev