Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 15 martda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 29 martda
ma'qullangan
Shanxay hamkorlik tashkilotining Ekstremizmga qarshi kurashish Konventsiyasi (Ostona, 2017 yil 9 iyun) quyidagi bildirish va shart bilan ratifikatsiya qilinsin:
1) Konventsiyaning 6-moddasi 2-bandi bo'yicha: «O'zbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, O'zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasi Konventsiyani bajarish uchun mas’ul bo'lgan vakolatli organlar etib belgilangan»;
2) Konventsiya qoidalarining O'zbekiston Respublikasida jinoiy jazo sifatida yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini musodara qilishni qo'llash mumkinligiga taalluqli qismi milliy qonunchilikka mos kelmaganligi uchun qo'llanilmaydi.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYoEV
Toshkent shahri, 2018 yil 3 aprel
№ O'RQ-469