Qoraqalpog'iston Respublikasi hududlarida joriy yil 20-23 aprel kunlari uzluksiz kuchli yomg'ir yog'ishi oqibatida tuproq qatlamida qatqaloq bo'lishi natijasida zararlanib nobud bo'lgan chigit ekilgan maydonlarga qo'shimcha amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarni o'tkazish va qayta ekish bo'yicha tumanlar hokimlarining hamda Qishloq xo'jaligi vazirligining 2018 yil 12 maydagi 011/06-1082-sonli xatini inobatga olib, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
QAROR QILADI:
1. 2018 yil 20-23 aprel kunlari uzluksiz kuchli yomg'ir yog'ishi oqibatida tuproq qatlamida qatqaloq bo'lishi natijasida zararlangan maydonlarga qo'shimcha amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarni o'tkazish bo'yicha tumanlar hokimlarining hamda Qishloq xo'jaligi vazirligining 2018 yil 12 maydagi 011/06-1082-sonli taklifi maqullansin.
2. To'rtko'l tumani hokimining 2018 yil 28 apreldagi 750-sonli, Beruniy tumani hokimligining 2018 yil 27 apreldagi 4766-sonli, Ellikqal’a tumani hokimligining 2018 yil 27 apreldagi 363/4-sonli, Amudaryo tumani hokimligining 2018 yil 7 maydagi 335-sonli, Taxiatosh tumani hokimligining 2018 yil 27 apreldagi 589/04-sonli, Xo'jayli tumani hokimligining 2018 yil 28 apreldagi 647/04-sonli, Sho'manoy tumani hokimligining 2018 yil 24 apreldagi 377/4-sonli, Qonliko'l tumani hokimligining 2018 yil 24 apreldagi 586/04-sonli, Qo'ng'irot tumani hokimligining 2018 yil 28 apreldagi 575/4-sonli,
Nukus tumani hokimligining 2018 yil 26 apreldagi 681/4-sonli, Kegeyli tumani hokimligining 2018 yil 28 apreldagi 444-04-sonli, Chimboy tumani hokimligining 2018 yil 25 apreldagi 717-sonli, Qorao'zak tumani hokimligining 2018 yil 27 apreldagi 371/4-sonli hamda Taxtako'pir tumani hokimligining 2018 yil 26 apreldagi 418-sonli qarorlari tasdiqlansin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari (Xojametov), Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi (Aminov), tumanlar hokimliklari bilan birgalikda yomg'ir oqibatida talofat ko'rgan maydonlarni bartaraf etishda talab etiladigan moddiy resurslar hisob-kitobidan kelib chiqib, 2018 yil davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi etishtirishga qo'shimcha urug'lik va yonilg'i moylash mahsulotlari ajratish bo'yicha bir kun muddatda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflarini kiritsin.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi (Aminov), tumanlar hokimlari 2018 yil 20-23 aprel kunlari kuchli yomg'ir yog'ishi oqibatida talofat ko'rgan chigit ekilgan maydonlarda qayta ekishni qisqa muddatlarda sifatli ekilishini va agrotexnik qoidalar asosida parvarishlash ishlarini amalga oshirilishini ta'minlasin.
5. “O'zagrosug'urta” DASK Qoraqalpog'iston filiali (Tasbaev)ga belgilangan tartibda shartnoma va tegishli hujjatlar asosida fermer xo'jaliklariga tabiiy ofatdan keltirilgan iqtisodiy zararlarni qoplash bo'yicha barcha choralarni ko'rish tavsiya etilsin.
6. “Qoraqalpog'iston mintaqaviy paxta terminali” MChJ (Sultanov), “Taxiatosh neft baza” MChJ (Abdimuratov), tumanlar hokimliklari bilan birgalikda qayta buzib ekiladigan maydonlarga urug'lik chigit va yonilg'i moylash materiallarini belgilangan tartibda uzluksiz etkazib berishni ta'minlasinlar.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Xojametov zimmasiga yuklansin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev