22.12.2024, Yakshanba

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 maydagi «2019-2022 yillarda davlat veterinariya xizmatlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida»gi 381-sonli qarori haqida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yi  22 maydagi «2019-2022 yillarda davlat veterinariya xizmatlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida»gi 381-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida  Vazirlar Kengashi 
QAROR QILADI:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 maydagi «2019-2022 yillarda davlat veterinariya xizmatlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida»gi 381-sonli topshiriqlari ijro uchun rahbarlikka olinsin. 
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan quyidagilar:
a) 2019-2022 yillarda davlat veterinariya xizmatlarining  moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo'yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
b) Quyidagilar:
1) 2019-2022 yillarda davlat veterinariya xizmatlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo'yicha chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish:
O'zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo'mitasining veterinariya xizmatini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari;
respublika byudjeti, Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablag'lari;
halqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;

2) 2019 yildan boshlab davlat veterinariya xizmatlarini zarur veterinariya dori vositalari, diagnostikumlar, test to'plamlari, kimyoviy reaktivlar, sarflanuvchi materiallar bilan uzluksiz ta'minlash  hamda laboratoriyalarni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o'tkazish;
O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari;
halqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
O'zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo'mitasining veterinariya xizmatini rivojlantirish jamg'armasining mablag'lari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalash-tirilishi begilanganligi;
v) O'zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo'mitasiga, Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasiga, Iqtisodiyot vazirligiga, Moliya vazirligiga, «O'zstandart» agentligiga 2019-2022 yillar uchun O'zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari ko'rsatkichlarini shakllantirishda asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq davlat veterinariya xizmatlari ob’ektlarini rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlash, ularni veterinariya xizmati nazorati ostidagi mahsulotlarning xavfsizligi va sifatini aniqlash uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlashni nazarda tutuvchi loyihalarni inobatga olish topshirilganligi;
g) O'zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo'mitasiga «O'zstandart» agentligi bilan birgalikda xalqaro standartlarga muvofiq sinovlar o'tkazilishini nazarda tutgan holda, davlat veterinariya xizmati tizimidagi sinov laboratoriyalarini bosqichma-bosqich akkreditatsiyadan o'tkazilishini ta'minlash topshirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasida 2019-2022 yillarda davlat veterinariya xizmatlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo'yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-2022 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasi, tumanlar (shahar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlarining bino va inshootlarini rekonstruktsiya qilish, zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlarni joylashtirish uchun xonalarni moslashtirish hamda dehqon bozorlaridagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarini talab darajasidagi bino yoki etarli xonalar ajratish va zarur sharoitlar yaratish Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti hisobidan moliyalashtirish nazarda tutilsin.

5. Nukus shahri va tumanlar hokimliklari Veterinariya qo'mitasi bilan birgalikda bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarini tegishli binolar bilan ta'minlash va ularning samarali faoliyat olib borishi bilan bog'liq boshqa tashkiliy masalalarni hal etsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.J.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.


Qoraqalpog'iston Respublikasi 
 Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev