30.10.2024, Chorshanba

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16avgustdagi «Investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o'rinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarini moddiy rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 668-sonli qarori ijrosini ta'minlash to'g'risida


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 avgustdagi «Investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o'rinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarini moddiy rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 668-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 avgustdagi«Investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o'rinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarini moddiy rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 668-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a)O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o'rinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun rahbarlarning ish samaradorligini baholash bo'yicha har yili tanlov (keyingi o'rinlarda tanlov deb ataladi) o'tkazish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilganligi;

b) investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o'rinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarining ish samaradorligini baholash bo'yicha tanlov o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

v) O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasiga Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda tanlov g'oliblari reytingi har yili 1 maygacha ommaviy axborot vositalarida chop etilishini va ularga tegishli sertifikatlar hamda pul mukofotlari topshirilishini ta'minlash vazifasi topshirilganligi;

g) tanlov quyidagi nominatsiyalarda o'tkazilishi belgilab qo'yilganligi:

“Investitsiyalarni jalb qilganlik, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirganlik uchun”;

“Yangi ishlab chiqarishlar va ish o'rinlarini tashkil etganlik uchun”;

“Investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirganlik, shuningdek, investitsiya loyihalarining o'z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlaganlik uchun”;

tanlov g'oliblariga Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira fondi mablag'lari yoki mahalliy byudjetning qo'shimcha manbalari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan har bir nominatsiyada eng kam ish haqining 100 baravari miqdorida pul mukofotlari topshirilishi;

d) O'zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasiga Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi bilan birgalikda 2018 yilning 1 avgustigacha bo'lgan muddatda har bir nominatsiyada tanlov g'oliblari sertifikatlarining eskizlarini belgilangan tartibda tayyorlash va tasdiqlash topshirilganligi;

e) O'zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi hamda O'zbekiston Matbuot va axborot agentligiga ommaviy axborot vositalarida tanlov ishtirokchilari, g'oliblari va uni o'tkazish shartlari to'g'risidagi axborot materiallarini joylashtirish tavsiya etilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari (B.Xabibullaev)investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o'rinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun rahbarlarning ish samaradorligini baholash bo'yicha har yili o'tkaziladigan tanlovga (keyingi o'rinlarda tanlov deb ataladi) yuqori saviyada tayyorgarlik ko'rish bo'yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi (M.Sodikov) Qoraqalpog'iston Respublikasidan qatnashgantanlov g'oliblariga Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining zaxira fondi mablag'lari yoki mahalliy byudjetning qo'shimcha manbalari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan har bir nominatsiyada eng kam ish haqining 100 baravari miqdorida pul mukofotlari topshirilishini ta'minlasin.

5. Tanlov jarayonlarining shaffofligi va haqqoniyligini ta'minlash maqsadidaQoraqalpog'iston Respublikasi Statistika boshqarmasi (Sh.Ospanov), Bojxona boshqarmasi(X.Fayzullaev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (U.Saburov) vatijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari yuzasidan tegishli ma'lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda har oy yakuni bilan Qoraqalpog'iston RespublikasiInvestitsiyalar bo'yicha qo'mitasiga (K.Sadыkov) taqdim etib borilishita'minlansin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari B.Xabibullaev zimmasiga yuklansin.


Qoraqalpog'iston RespublikasiVazirlar Kengashining Raisi Q. Sariev