22.12.2024, Yakshanba

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi “O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi PQ-3898-sonli qarori haqida



O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi “O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi PQ-3898-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida,

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi QAROR QILADI:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi “O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi PQ-3898-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish kontseptsiyasini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi o'rinlarda – Reja) 1- ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Rejada nazarda tutilgan tadbirlarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan idora va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.

3. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish kontseptsiyasini amalga oshirish bo'yicha Komissiya tarkibi (keyingi o'rinlarda – Komissiya) 2-ilovaga muvofiq  tashkil etilsin.

Komissiya (M.Jumanov):

harbiy xizmatchilarning ma'naviy-ma'rifiy bilimlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligini tahlil qilib borsin, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqsin;

davlat va nodavlat tashkilotlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarini harbiy qism va muassasalar tizimida tatbiq etishda amaliy yordam bersin hamda samarali hamkorlikni yo'lga qo'yishda ko'maklashsin.

4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosarlari, shahar va tumanlar hokimliklari, davlat va jamoat tashkilotlar rahbarlari:

harbiy qism va muassasalarda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish kontseptsiyasini amalga oshirish bo'yicha barcha zarur choralar ko'rilsin;

harbiy xizmatchilarning ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarni, shu jumladan haftaning har juma kuni o'tkazilishi belgilangan “Ma'naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” tadbirlarini tashkil etishda harbiy qism va muassasalar qo'mondonliklariga yaqindan yordam ko'rsatilsin;

harbiy xizmatchilar oilalari turmushining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini muntazam o'rganish yo'lga qo'yilsin, aniqlangan muammo 

va kamchiliklar bo'yicha ainq manzilli ish rejalari ishlab chiqilib, ijrosi ta'minlansin;

harbiy okrug boshqaruv apparati, harbiy qism va muassasalarga kiritilgan “psixolog”, “etakchi sotsiolog”, “harbiy qism komandirining ma'naviyat 

va ma'rifat ishlari bo'yicha maslahatchisi – Madaniyat markazi boshlig'i” kabi yangi lavozimlarga sohasining etuk mutaxassisi bo'lgan fuqarolarni saralab olish va taqdim etishda, mazkur lavozimlarni muntazam ravishda to'ldirib borish masalalarida harbiy okrug, qism va muassasalar qo'mondonliklariga ko'maklashilsin.

5. Qoraqalpog'iston Teleradiokompaniyasi (Q.Nagmetov)  va Qoraqalpog'iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligiga (A.Bekmuratov) O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish kontseptsiyasini amalga oshirish jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston  Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari M.Jumanov zimmasiga yuklatilsin.


Qoraqalpog'iston Respublikasi    

Vazirlar Kengashining Raisi

                            Q.Sariev