30.10.2024, Chorshanba

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi «2018 yilda respublikada ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirish hamda ularni eksportga etkazib berish hajmlarini ko'paytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida »gi PQ-3893-sonli qarori haqida



O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi «2018 yilda respublikada ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirish hamda ularni eksportga etkazib berish hajmlarini ko'paytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-3893-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
 
QAROR  QILADI:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi «2018 yilda respublikada ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirish hamda ularni eksportga etkazib berish hajmlarini ko'paytirishga  oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-3893-sonli qarori ijro  uchun rahbarlikka olinsin. 
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko'rsatilgan qarori bilan: 
a) O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat  qo'mitasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda  viloyat hokimliklarining:
2018 yilda hosili past erlardagi g'o'za ekin maydonlarini 99,4 ming gektarga qisqartirish;
2018 yilda meva-sabzavot va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirish hajmlarini 817,0 ming tonnaga ko'paytirish;
2018 yilda 266,0 ming tonna meva-sabzavot va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlari qo'shimcha ravishda eksportga etkazib berilishini ta'minlash;
1 va 1.1-1.13-ilovalarga muvofiq 2018 yilda hosili past paxta maydonlarida qishloq xo'jaligi ekinlarini joylashtirishning  prognoz parametrlari;
2 va 2.1-2.13-ilovalarga muvofiq 2018 yilda hosili past paxta maydonlarida qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirish va eksport qilishning prognoz hajmlari to'g'risidagi takliflariga  rozilik berilganligi;
b) O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Z.T.Mirzaev, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari O'zbekiston Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa egalari kengashi, O'zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, «O'zbekoziqovqatxolding» XK bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan parametrlarga so'zsiz erishilishi ustidan ta'sirchan nazoratni ta'minlash topshirilganligi;
v) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ba'zi qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o'zgartirishlar kiritilganligi;
g) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 yilda qishloq xo'jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirishning prognoz hajmlari to'g'risida»  2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3281-sonli qarorining 15-bandi, shuningdek, qarorning 5-8-ilovalari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblanganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin. 
3. Quyidagilar:
2018 yilda hosili past paxta maydonlarida qishloq xo'jaligi ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari 1 ilovaga muvofiq;
2018 yilda hosili past paxta maydonlarida qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirish va eksport qilishning prognoz hajmlari  2 -ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tumanlarning hokimlari Qoraqalpog'iston Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa egalari kengashi, O'zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining Qoraqalpog'iston Respublikasidagi vakili, «O'zbekoziqovqatxolding» XKning Qoraqalpog'iston Respublikasidagi vakili bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan parametrlarga so'zsiz erishilishi ustidan ta'sirchan nazoratni ta'minlasin.
5. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ba'zi qarorlariga 3-ilova muvofiq o'zgartirishlar kiritilsin.
6. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2017 yil 21 sentyabrdagi «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 sentyabrdagi «2018 yilda qishloq xo'jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirishning prognoz hajmlari to'g'risida»gi PQ-3281-sonli qarori haqida»gi 648-sonli 10-bandi, shuningdek, qarorning 5-8-ilovalari  o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin. 
7. Vazirliklar va idoralar o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.

Qoraqalpog'iston Respublikasi
 Vazirlar Kengashining Raisi                                      Q.Sariev