30.10.2024, Chorshanba

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 iyuldagi “O'zbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kurerlik jo'natmalari orqali kelayotgan tovarlar nazoratini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3873-sonli qarori haqida




O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 apreldagi “O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5414-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kurerlik jo'natmalari orqali kelayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan o'tkazish samaradorligini yanada oshirish maqsadida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 iyuldagi “O'zbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kurerlik jo'natmalari orqali kelayotgan tovarlar nazoratini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3873-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Qarori bilan:  
a) Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan davlat bojxona xizmati organlariga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro kurerlik jo'natmalari orqali kelayotgan tovarlar haqida majburiy ravishda xabardor etish belgilanganligi;
b) O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan jismoniy shaxslar nomiga xalqaro kurerlik jo'natmalari orqali kelayotgan tovarlar haqida davlat bojxona xizmati organlariga oldindan elektron tarzda xabar berish tizimini tatbiq etilishini ta'minlash topshirilganligi;
v) O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasiga Davlat soliq qo'mitasi bilan birgalikda 2018 yil 1 sentyabrga qadar bo'lgan muddatda xalqaro kurerlik jo'natmalari orqali kelayotgan tovarlarni qabul qiluvchining soliq to'lovchining identifikatsiya raqami yoki pasport ma'lumoti orqali identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron bazalarni idoralararo integratsiyasini amalga oshirilishini ta'minlash topshirilganligi;
g) quyidagilar:
pochta aloqasi operatori va provayderlari tomonidan xalqaro kurerlik jo'natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar to'g'risida oldindan elektron tarzda xabar berishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan ma'lumotlar ro'yxati 1-ilovaga muvofiq;
xalqaro kurerlik jo'natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar to'g'risida davlat bojxona xizmati organlarini oldindan elektron tarzda xabardor qilish jarayonlarini amalga oshirish sxemasi 
2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
d) kirib kelayotgan xalqaro jo'natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi:
temir yo'l va avtomobil transporti orqali etkazishda - maxsus belgilangan bojxona postlarida;
havo trasporti orqali etkazishda-xalqaro aeroportlar yoki unga yaqin hududlarda joylashgan bojxona postlarida amalga oshirilishi;
e) Xalqaro pochta va kurerlik jo'natmalari orqali O'zbekiston Respublikasi hududiga yuridik shaxslar nomiga kelayotgan qiymati 100 (yuz) AQSh dollariga teng bo'lgan tovarlardan bojxona to'lovlari undirilmaydiganligi;
j) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o'tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3512-son qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar 3-ilovaga muvofiq kiritilganligi;
z) vazirlik va idoralarga bir oy muddatda o'zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin. 
3. O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy boshqarmasi (T.Baekeev) Qoraqalpog'iston Repsublikasi Bojxona boshqarmasi (X.Fayzullaev) bilan birgalikda bir oy muddatda pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan jismoniy shaxslar nomiga xalqaro kurerlik jo'natmalari orqali kelayotgan tovarlar haqida davlat bojxona xizmati organlariga oldindan elektron tarzda xabar berish tizimini tatbiq etilishini ta'minlasin.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi Davlat soliq boshqarmasi bilan birgalikda 2018 yil 1 sentyabrga qadar bo'lgan muddatda xalqaro kurerlik jo'natmalari orqali kelayotgan tovarlarni qabul qiluvchining soliq to'lovchining identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron bazalarni idoralararo integratsiyasini amalga oshirilishini ta'minlasin.
5. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 9 fevraldagi  “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o'tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3512-sonli qarori haqida”gi 89-sonli qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar ilovaga muvofiq kiritilsin.
6. Tegishli vazirlik va idoralar Nukus shahri va tumanlar hokimliklari bir oy muddatda o'zlarining huquqiy-normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o'z zimmamda qoldiraman.

Qoraqalpog'iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashining Raisi        Q.Sariev