O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyundagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini doimiy foydalanishga berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 493-sonli qarori haqida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 apreldagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3677-sonli qarori va 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi dasturini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturini bajarish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyundagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini doimiy foydalanishga berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 493-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatilgan qarori bilan:
a) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 apreldagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3677-sonli qaroriga muvofiq 2018 yil 1 iyuldan boshlab shunday tartib o'rnatilishi va unga ko'ra:
yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini doimiy foydalanishga berish "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasida elektron auktsion orqali amalga oshirilishi;
er uchastkalarini berish bo'yicha materiallarni yig'ish, ko'rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faqat elektron shaklda amalga oshirilishi ma'lumot uchun qabul qilinganligi;
b) Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini elektron auktsion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi to'g'risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
v) quyidagilar:
bo'sh er uchastkalarining ro'yxati keyinchalik ularni tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berish uchun er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tuman (shahar) filiallari tomonidan tuzilishi;
er uchastkalarini berish bo'yicha materiallarni to'plash, ko'rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o'rinlarda “YERELEKTRON” AAT deb ataladi) orqali elektron shaklda amalga oshirilishi;
“YERELEKTRON” AATni yaratish ishlari O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasining Er munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan moliyalashtirilishi;
O'zbekistan Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi (keyingi o'rinlarda “Davergeodezkadastr” qo'mitasi deb ataladi) “YERELEKTRON” AAT operatori bo'lib hisoblanishi;
“E-IJRO AUKSION”ning yagona elektron savdo maydonchasida o'tkaziladigan elektron auktsionlarda er uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi qoshidagi “Elektron onlayn-auktsionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilishi;
elektron auktsionga qo'yiladigan bo'sh er uchastkalarining ro'yxati tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan tasdiqlanishi;
er uchastkalari ro'yxatlarini o'z vaqtida shakllantirish va tasdiqlash hamda ularni elektron auktsionga qo'yishni muvofiqlashtirish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ta'minlanishi;
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini doimiy foydalanishga ajratish to'g'risida elektron auktsion natijalari asosida qabul qilingan qarorlarning bekor qilinishiga yo'l qo'yilmasligi, elektron auktsion g'oliblari tomonidan qabul qilingan majburiyatlarga rioya etmaslik va er uchastkalarining davlat hamda jamoat extiyojlari uchun belgilangan tartibda olib qo'yilishi bundan mustasno belgilanganligi;
g) Er uchastkalarini berish bo'yicha materiallarni to'plash, ko'rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishishda “YERELEKTRON” AAT bilan parallel ravishda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi DUKning «Unicon.uz» “E-XAT” yagona xavfsiz elektron pochtasidan foydalanishga 2018 yilning 1 noyabrigacha ruxsat berilganligi;
d) “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ro'yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
ushbu qarorga 2-ilovada qayd etilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2018 yil 30 iyungacha bo'lgan muddatda Internet tarmog'iga ulanganlik hamda “YERELEKTRON” AATga ulanish imkonini beradigan kompyuter va boshqa texnologik uskunalar bilan jihozlanish holatini xatlovdan o'tkazish topshirilganligi;
e) “Davergeodezkadastr” qo'mitasiga O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, xatlov natijalari bo'yicha tegishli kompyuter va boshqa texnologik uskunalarni sotib olish va ushbu qarorga 2-ilovada ko'rsatilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tuman (shahar) bo'linmalarini Internet tarmog'iga ulash sarf-xarajatlarini quyidagilar hisobidan moliyalashtirish manbalarini belgilash bo'yicha asoslangan takliflarni 2018 yil 5 iyuligacha bo'lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi;
ushbu tashkilotlarning byudjetdan tashqari va o'z mablag'lari;
O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg'armasining mablag'lari (yuqorida qayd qilingan tashkilotlar byudjetdan tashqari va o'z mablag'larining etishmayotgan qismida);
j) “Davergeodezkadastr” qo'mitasiga, O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va hududiy bo'linmalariga bo'sh er uchastkalari ro'yxatini kelishish hamda ular bo'yicha xulosalar berishda ishtirok etadigan boshqa vazirlik hamda idoralarga eng yaxshi takliflarni tanlash asosida etkazib beruvchilar yoki ishlab chiqaruvchilar bilan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar bo'yicha tegishli kompyuter va boshqa texnologik uskunalarni harid qilishga ruxsat etilganligi;
z) Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga “Davergeodezkadastr” qo'mitasi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda 2018 yil 1 iyulgacha bo'lgan muddatda er resurslaridan foydalanishni puxta tahlil qilish natijalari bo'yicha foydalanilmayotgan erlar aniqlanishini va keyinchalik ularning bo'sh er uchastkalari ro'yxatiga kiritilishini ta'minlash topshirilganligi;
i) “Davergeodezkadastr” qo'mitasi va Qurilish vazirligiga, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
vakolatli tashkilotlarning mutaxassislari uchun “YERELEKTRON” AATdan foydalanish tartibini tushuntirish bo'yicha har yili seminar-treninglar tashkil etilishi va o'tkazilishini;
fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining ushbu qarorning mohiyati hamda ahamiyati to'g'risida xabardorligini oshirish uchun ommaviy axborot vositalarida keng ko'lamli tushuntirish ishlari olib borilishini ta'minlash topshirilganligi;
k) “Davergeodezkadastr” qo'mitasiga, O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
k.1) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda:
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklarining qarorlarida nazarda tutilgan davlat hamda jamoat extiyojlari uchun er uchastkalari berish tartibi to'g'risidagi nizomni;
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkalari berish tartibi to'g'risidagi nizomni kiritish;
k.2) o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi;
l) O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018 yil 1 iyuldan boshlab o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblanganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Nagmetov, Qurilish vazirligi, Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi, manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda tumanlar va Nukus shahri hokimliklari bilan birgalikda:
yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini doimiy foydalanishga berish "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasida elektron auktsion orqali amalga oshirilishi;
er uchastkalarini berish bo'yicha materiallarni yig'ish, ko'rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faqat elektron shaklda amalga oshirilishini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatilgan qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini elektron auktsion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi to'g'risida”gi nizom talablari asosida amalga oshirsinlar.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Nagmetov, Qurilish vazirligi, Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi, manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda tumanlar va Nukus shahri hokimliklari yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun quyidagilarni:
bo'sh er uchastkalarining ro'yxati keyinchalik ularni tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari tomonidan tuzish;
er uchastkalarini berish bo'yicha materiallarni to'plash, ko'rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron shaklda amalga oshirish;
“E-IJRO AUKSION”ning yagona elektron savdo maydonchasida o'tkaziladigan elektron auktsionlarda er uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi qoshidagi “Elektron onlayn-auktsionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirish;
elektron auktsionga qo'yiladigan bo'sh er uchastkalarining ro'yxati tumanlar va Nukus shahri hokimliklari tomonidan tasdiqlash;
er uchastkalari ro'yxatlarini o'z vaqtida shakllantirish va tasdiqlash hamda ularni elektron auktsionga qo'yishni muvofiqlashtirish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan ta'minlash;
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini doimiy foydalanishga ajratish to'g'risida elektron auktsion natijalari asosida qabul qilingan qarorlarning bekor qilinishiga yo'l qo'yilmasligini, elektron auktsion g'oliblari tomonidan qabul qilingan majburiyatlarga rioya etmaslik va er uchastkalarining davlat hamda jamoat extiyojlari uchun belgilangan tartibda olib qo'yilishi bundan mustasno;
2018 yilning 1 noyabrigacha er uchastkalarini berish bo'yicha materiallarni to'plash, ko'rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishishda “YERELEKTRON” AAT bilan parallel ravishda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi DUKning «Unicon.uz» “E-XAT” yagona xavfsiz elektron pochtasidan foydalanishni ta'minlasin.
5. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vazirliklar va idoralar, tumanlar va Nukus shahri hokimliklari:
Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatilgan qaroriga 2-ilovada qayd etilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bilan birgalikda bir hafta muddatda Internet tarmog'iga ulanganlik hamda “YERELEKTRON” AATga ulanish imkonini beradigan kompyuter va boshqa texnologik uskunalar bilan jihozlanish holatini xatlovdan o'tkazsin;
xatlov natijalari bo'yicha aniqlangan kompyuter va boshqa texnologik uskunalarni sotib olish va qarorga 2-ilovada ko'rsatilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tuman (shahar) bo'linmalarini Internet tarmog'iga ulash sarf-xarajatlarining moliyalashtirish manbalarini belgilash bo'yicha asoslangan takliflarni “Davergeodezkadastr” qo'mitasiga taqdim etish uchun, uch kun muddatda Vazirlar Kengashiga kiritilishini ta'minlasinlar.
6. Tumanlar va Nukus shahri hokimliklari Qoraqalpog'iston Respublikasi Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda 2018 yil 1 iyulgacha bo'lgan muddatda er resurslaridan foydalanishni puxta tahlil qilish natijalari bo'yicha foydalanilmayotgan erlar aniqlanishini va keyinchalik ularning bo'sh er uchastkalari ro'yxatiga kiritilishini ta'minlasin.
7. Qoraqalpog'iston Respublikasi Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi va Qurilish vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi bilan birgalikda:
vakolatli tashkilotlarning mutaxassislari uchun “YERELEKTRON” AATdan foydalanish tartibini tushuntirish bo'yicha har yili seminar-treninglar tashkil etilishi va o'tkazilishini;
fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining ushbu qarorning mohiyati hamda ahamiyati to'g'risida xabardorligini oshirish uchun ommaviy axborot vositalarida keng ko'lamli tushuntirish ishlari olib borilishini ta'minlasin.
8. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018 yil 1 iyuldan boshlab o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
9. Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish vazirligi, Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi, tumanlar va Nukus shahar hokimliklari, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Nagmetov va Qoraqalpog'iston Respublikasi Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi boshlig'i O.Kamalov zimmasiga yuklansin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi
Q.Sariev