O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 408-sonli qarori haqida
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 116-son hamda 2018 yil 23 fevraldagi “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 139-son qarorlariga muvofiq Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qapop qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 408-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatilgan qarori bilan:
a) Quyidagilar:
avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha nodavlat ta'lim xizmatlari kursatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to'g'risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Davlat ta'lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o'quv guruhlarini ro'yxatga olish, shuningdek imtihonlarni o'tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to'g'risida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to'g'risida nizom 3-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo'yiladigan davlat talablari 4-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirishga qo'yiladigan davlat talablari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
b) ushbu qaror bilan O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritilganligi;
v) ushbu qaror bilan 2018 yil 1 avgustdan boshlab O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblanganligi;
g) O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga Adliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirilganligi;
d) Vazirliklar va idoralarga o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Nagmetov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “O'zavtotrans” agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi, manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda tumanlar va Nukus shahri hokimliklari bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatilgan qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizom va davlat talablariga muvofiq ishlarni tashkil etishni ta'minlasin.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritilsin.
5. 2018 yil 1 avgustdan boshlab Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
6. Vazirliklar va idoralar o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.I.Nagmetov hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A.J.Temirxanov zimmasiga yuklansin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi
Q.Sariev