O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 iyundagi “O'zbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida”gi 434-sonli qarori haqida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to'g'risida” 2018 yil 6 martdagi PQ-3589-son karori ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qapop qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 iyundagi “O'zbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida ”gi 434-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatilgan qarori bilan:
a) Quyidagilar:
O'zbekiston avtomobil transporti agentligi to'g'risidagi nizom
1-ilovaga muvofiq;
O'zbekiston avtomobil transporti agentligi xodimlarining idoraviy formali kiyim-bosh va tanish belgilari namunalari 2-ilova*ga muvofiq;
O'zbekiston avtomobil transporti agentligi hodimlarining idoraviy formali kiyim-bosh va tanish belgilari tavsiflari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
b) Quyidagilarni:
Kemachilik registri bo'limini O'zbekiston avtomobil transporti agentligidan (keyingi o'rinlarda “O'zavtotrans” agentligi deb ataladi) O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga topshirish-qabul qilish bo'yicha 4-ilovaga muvofiq tarkibda;
Nukus avtomobil yo'llari xo'jaligi va xizmatlar ko'rsatish kasb-hunar kollejini, Andijon transport va xizmatlar ko'rsatish kasb-hunar kollejini hamda Samarqand avtomobil yo'llari kasb-hunar kollejini O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligidan “O'zavtotrans” agentligiga topshirish-qabul qilish bo'yicha 5-ilovaga muvofiq tarkibda komissiyalar tuzilganligi;
Komissiyalar o'z vaqtida va to'liq xatlovdan o'tkazish hamda belgilangan tartibda, o'tkazilayotgan mol-mulk, binolar, inshootlarni hamda kemachilik registri bo'limi va kasb-hunar kollejlarining tegishli xizmat hujjatlarini topshirish-qabul qilishni taminlash belgilanganligi;
v) Shahar yo'lovchi transportini boshqarish bo'yicha maxsus vakolatli organlar va departamentlarni “O'zavtotrans” agentligining tegishli hududiy boshqarmalariga birlashtirish bo'yicha Komissiya (A.J.Ramatov)ga qo'yidagilarni:
v.1) maxsus vakolatli organlar va departamentlarni “O'zavtotrans” agentligi hududiy boshqarmalarining tashkiliy tuzilmasiga muvofiq birlashtirish doirasida hududiy boshqarmalarni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar bilan qo'shimcha ravishda to'ldirishini:
tariflarni shakllantirish va tenderlar o'tkazish;
dispetcherlik nazorati, avtomobilda tashishlarni muvofiqlashtirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
yuridik xizmat ko'rsatish;
v.2) Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan hamkorlikda ikki oy muddatda:
binolar va inshootlarni hamda xizmat hujjatlari va boshqa mol-mulkni maxsus vakolatli organlar va departamentlardan “O'zavtotrans” agentligi hududiy boshqarmalariga topshirish-qabul qilinishini;
maxsus vakolatli organlar va departamentlarning shtatlar qisqarishi munosabati bilan bo'shatilayotgan xodimlari bilan mehnat shartnomalarini mehnat qonunchiligiga muvofiq to'xtatishini ta'minlash topshirilganligi;
g) “O'zavtotrans” agentligi hududiy boshqarmasiga birlashtirish davrida qisqartiriladigan maxsus vakolatli organlar va departamentlar xodimlari uchun mehnat va ish haki to'lash shartlari maxsus vakolatli organlar va departamentlar mablag'lari hisobidan belgilangan tartibda mehnat shartnomalari to'xtatilgunga qadar saqlanishi;
“O'zavtotrans” agentligi hududiy boshqarmasiga ishga qabul qilinayotgan shaxslarga avtomobil transporti xizmatchilari lavozimlariga va ishchi kasblariga nisbatan Tarmok tarif-malakaviy ma'lumotnomasiga muvofiq, malaka talablari qo'yilishi belgilab qo'yilganligi;
d) “O'zavtotrans” agentligiga Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda:
d.1) 2019 yilning II yarim yilligidan boshlab avtovokzallar va avtostantsiyalar faoliyatini boshqarish va tartibga solish yuzasidan markazlashgan tizimning qo'yidagilarni ta'minlovchi amaliy faoliyat ko'rsatish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish:
avtovokzal va avtostantsiyalarni ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash, avtovokzal va avtostantsiyalar hamda “O'zavtotrans” agentligi o'rtasida axborot-tarmoq aloqasining zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;
avtovokzal va avtostantsiyalarga, ularning imkoniyatlaridan to'liq foydalanish maqsadida yo'lovchilar yo'nalishlarini biriktirish;
yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish bo'yicha, shu jumladan, aholini yo'nalishlar, variantlar va belgilangan manzilga etib boruvchi transport turlari haqida xabardor qilish yuzasidan xizmatlarning keng miqyosdagi ro'yxatini taqdim etish;
d.2) yo'lovchilarni ruxsatnoma hujjatlarisiz chiqarish/tushirish bilan noqonuniy shug'ullanuvchi sun’iy avtoturargohlar faoliyatini tartibga solish bilan bog'lik masalalarni xal etish;
d.3) O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda, shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro avtobus yo'nalishlaridagi avtobuslarning optimal ish tartibi yuzasidan takliflarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
d.4) uch oy muddatda quyidagilarni:
maxalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufidagi umumiy foydalanish yo'lovchilar yo'nalishlaridagi oraliq to'xtash bekatlarini xatlovdan o'tkazish, yangi to'xtash bekatlarini qurish, mavjudlarini rekonstruktsiya qilish va ta'mirlashga bo'lgan ehtiyojlarni aniqlash;
xatlovlar yakunlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2018-2021 yillar mobaynida to'xtash bekatlarini shaharlar va tumanlar markazlarida bosqichma-bosqich qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash yuzasidan chora-tadbirlarni tasdiqlash uchun kiritishni ta'minlash;
d.5) aholining borishi zarurligini inobatga olgan holda, xalqaro yo'lovchi avtobus yo'nalishlarini ochish yuzasidan ishlarni tizimli ravishda tashkil etish;
d.6) O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yo'l harakati havfsizligi va “O'zavtotrans” agentligi hududiy boshqarmalari inspektorlaridan iborat doimiy faoliyat yurituvchi tezkor mobil guruhlarni Qoraqalpog'iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida tashuvchilar tomonidan yo'lovchilar tashishda havfsizlikni ta'minlash talablariga, tender kontraktlari va yuklarni tashish shartlariga rioya etilishi, avtotransport vositalarining qatnovoldi majburiy texnik ko'rikdan o'tkazilishi, yo'l-transport hodisalarining oldini olish bo'yicha profilaktika ishlarining amalga oshirilishi yuzasidan hamkorlikda reydlar o'tkazish maqsadida shakllantirish topshirilganligi;
e) Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklarining tugatilayotgan yo'lovchilar tashishlari barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiklashtirish departamentlarining avtomobil transporti yo'lovchilar tashishlarini litsenziyalash bo'yicha vakolatlari, belgilangan tartibda, “O'zavtotrans” agentligining tegishli hududiy boshqarmalariga o'tkazilishi;
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklarining tugatilayotgan yo'lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari tomonidan berilgan litsenziyalar va litsenziya varaqalari ularda ko'rsatilgan muddatlar tugagunga qadar amal qilishi belgilab qo'yilganligi;
j) Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosariga, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining transport xizmatini nazorat qiluvchi o'rinbosarlari zimmasiga umumiy foydalanishdagi to'xtash bekatlarining zarur darajadagi ta'minoti va saqlanishini, xavfsizlik talablariga rioya etilishini, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarini ta'minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklanganligi;
z) O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilganligi;
i) O'zbekiston Respublikasi hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblanganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Nagmetov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “O'zavtotrans” agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi, manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda tumanlar va Nukus shahri hokimliklari bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatilgan qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirish to'g'risidagi nizomlarga muvofiq ishlarni tashkil etishni ta'minlasin.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Nagmetov, O'zavtotrans” agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi, manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda:
Kemachilik registri bo'limini O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga topshirish-qabul qilish komissiyasiga;
Qoraqalpog'iston Respublikasi O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi va Nukus shahar hokimligi bilan birgalikda Nukus avtomobil yo'llari xo'jaligi va xizmatlar ko'rsatish kasb-hunar kollejini “O'zavtotrans” agentligiga topshirish-qabul qilish komissiyasiga o'rnatilgan tartibda o'tkazilayotgan mol-mulk, binolar, inshootlarni hamda kemachilik registri bo'limi va kasb-hunar kollejining tegishli xizmat hujjatlarini topshirish-qabul qilishni taminlasin.
5. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Nagmetov, O'zavtotrans” agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi, manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda tumanlar va Nukus shahri hokimliklari bilan birgalikda Nukus shahri va tumanlarda tashkil qilingan yo'lovchi transportini boshqarish bo'yicha maxsus vakolatli organlar va departamentlarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatilgan qarori bilan belgilangan vazifalarga muvofiq “O'zavtotrans” agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasiga o'rnatilgan tartibda birlashtirish ishlarini amalga oshirish topshirilsin.
6. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Nagmetov, O'zavtotrans” agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasiga:
a) 2019 yilning II yarim yilligidan boshlab avtovokzallar va avtostantsiyalar faoliyatini boshqarish va tartibga solish yuzasidan markazlashgan tizimning qo'yidagilarni ta'minlovchi amaliy faoliyat ko'rsatish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish:
avtovokzal va avtostantsiyalarni ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash, avtovokzal va avtostantsiyalar hamda “O'zavtotrans” agentligi o'rtasida axborot-tarmoq aloqasining zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;
avtovokzal va avtostantsiyalarga, ularning imkoniyatlaridan tuliq foydalanish maqsadida yo'lovchilar yo'nalishlarini biriktirish;
yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish bo'yicha, shu jumladan, aholini yo'nalishlar, variantlar va belgilangan manzilga etib boruvchi transport turlari haqida xabardor qilish yuzasidan xizmatlarning keng miqyosdagi ro'yxatini taqdim etish;
b) yo'lovchilarni ruxsatnoma hujjatlarisiz chiqarish/tushirish bilan noqonuniy shug'ullanuvchi sun’iy avtoturargohlar faoliyatini tartibga solish bilan bog'lik masalalarni xal etish;
v) Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda, shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro avtobus yo'nalishlaridagi avtobuslarning optimal ish tartibi yuzasidan takliflarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga kiritish;
g) ikki oy muddatda tumanlar va Nukus shahri hokimliklari bilan birgalikda:
tumanlar va Nukus shahri obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi umumiy foydalanish yo'lovchilar yo'nalishlaridagi oraliq to'xtash bekatlarini xatlovdan o'tkazish, yangi to'xtash bekatlarini qurish, mavjudlarini rekonstruktsiya qilish va ta'mirlashga bo'lgan ehtiyojlarni aniqlash;
xatlovlar yakunlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga 2018-2021 yillar mobaynida to'xtash bekatlarini shaharlar va tumanlar markazlarida bosqichma-bosqich qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash yuzasidan chora-tadbirlarni tasdiqlash uchun kiritishni ta'minlash;
d) aholining borishi zarurligini inobatga olgan holda, xalqaro yo'lovchi avtobus yo'nalishlarini ochish yuzasidan ishlarni tizimli ravishda tashkil etish;
e) Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yo'l harakati havfsizligi va “O'zavtotrans” agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi inspektorlaridan iborat doimiy faoliyat yurituvchi tezkor mobil guruhlarni Qoraqalpog'iston Respublikasida tashuvchilar tomonidan yo'lovchilar tashishda havfsizlikni ta'minlash talablariga, tender kontraktlari va yuklarni tashish shartlariga rioya etilishi, avtotransport vositalarining qatnovoldi majburiy texnik ko'rikdan o'tkazilishi, yo'l-transport hodisalarining oldini olish bo'yicha profilaktika ishlarining amalga oshirilishi yuzasidan hamkorlikda reydlar o'tkazish maqsadida shakllantirish topshirilsin.
7. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Nagmetov, tumanlar va Nukus shahri hokimlarining transport xizmatini nazorat qiluvchi o'rinbosarlari, “O'zavtotrans” agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi zimmasiga umumiy foydalanishdagi to'xtash bekatlarining zarur darajadagi ta'minoti va saqlanishini, xavfsizlik talablariga rioya etilishini, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarini ta'minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
8. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilsin.
9. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
10. Vazirliklar va idoralar o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. Mazkur karorning bajarilishini nazorat kilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.I.Nagmetov hamda “O'zavtotrans” agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i A.Q.Berdiev zimmasiga yuklansin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi
Q.Sariev