O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 iyundagi “Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 475-sonli qarori haqida
Maktabgacha ta'lim tizimini, shu jumladan, maktabgacha ta'lim jarayonining nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, maktabgacha ta'lim muassasalarining tarmog'ini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarni maktabgacha ta'lim bilan kengroq qamrab olishni ta'minlash va maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
25 iyundagi “Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 475-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
a) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag'batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-son qarori bilan maktabgacha ta'lim sohasida davlat-hususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydigan nizom tasdiqlandi, unga muvofiq hususiy sherik O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tanlov o'tkazish yo'li bilan aniqlanishi;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan yuqorida ko'rsatib o'tilgan qaror qabul qilinguniga qadar tanlovda tanlab olmasdan davlat-hususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etish maqsadida er uchastkalari va bo'sh turgan davlat mulki ob’ektlari tadbirkorlik sub’ektlariga bepul asosda berilganligi, qurilish ishlari boshlanganligi, tijorat banklarining ko'rib chiqishi uchun zarur hujjatlar kiritilganligi va tadbirkorlik sub’ektlariga kreditlar berilganligi ma'lumot uchun qabul qilinishi belgilanganligi;
b) Maktabgacha ta'lim vazirligiga Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag'batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-son qarori qabul qilinguniga qadar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etish maqsadida bo'sh turgan er uchastkalarini va bo'sh turgan davlat mulki ob’ektlarini bepul asosda olgan tadbirkorlik sub’etlari bilan
davlat-hususiy sheriklik to'g'risida uch tomonlama bitim tuzishga istisno tariqasida ruxsat berilishi;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga davlat-hususiy sheriklik to'g'risidagi bitimlar o'z vaqtida va samarali amalga oshirilishi hamda hususiy sheriklar tomonidan o'z zimmalariga olingan majburiyatlarga rioya qilinishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklanganligi;
v) bo'sh turgan er uchastkalarini va bo'sh turgan davlat mulki ob’ektlarini bepul asosda olgan, davlat-hususiy sheriklik to'g'risida bitim tuzish hohishini bildirmagan tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozli kreditlar ajratilmasligi belgilanganligi;
s) O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasiga
2018 yil 26 iyungacha bo'lgan muddatda 100,0 mln. AQSh dollariga teng summani O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg'armasining maxsus hisob raqamiga o'tkazish topshirilganligi;
d) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg'armasiga 2018 yil 28 iyungacha bo'lgan muddatda ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan tadbirkorlik sub’ektlariga 15 yil muddatga foizsiz asosda, shu jumladan, uch yillik imtiyozli davr bilan imtiyozli kredit berish uchun kredit liniyalari ochish to'g'risida bitimlar tuzilish ishlarini tugatish topshirilganligi;
e) tijorat banklari rahbarlariga tijorat banklari bilan tadbirkorlik sub’ektlari o'rtasida 15 yil muddatda, shu jumladan,
3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 1 foiz stavka bo'yicha kredit shartnomalari belgilangan tartibda tuzilishini ta'minlash va kredit liniyalari ochish to'g'risidagi bitimlarga muvofiq pul mablag'larini olish uchun zarur buyurtmanomalarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg'armasiga taqdim etish tavsiya qilinganligi;
j) O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasiga, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini rivojlantirish bo'yicha tadbirlarni moliyalashtirish uchun bir oy muddatda tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozli kredit berishning keyingi bosqichlarini moliyalashtirishning aniq manbalari, xajmlari va muddatlarini belgilash topshirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi (Sh.Usnatdinova) shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag'batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-son qarori qabul qilinguniga qadar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etish maqsadida bo'sh turgan er uchastkalarini va bo'sh turgan davlat mulki ob’ektlarini bepul asosda olgan tadbirkorlik sub’etlari bilan davlat-hususiy sheriklik to'g'risida uch tomonlama bitim tuzishga istisno tariqasida ruxsat berilganligini inobatga olsin.
4. Shahar va tumanlar hokimliklariga davlat-hususiy sheriklik to'g'risidagi bitimlar o'z vaqtida va samarali amalga oshirilishi hamda hususiy sheriklar tomonidan o'z zimmalariga olingan majburiyatlarga rioya qilinishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
5. “O'zsanoatqurilishbank” ATB Qoraqalpog'iston mintaqaviy filiali (B.Mambetov)ga tijorat bank bilan tadbirkorlik sub’ektlari o'rtasida
15 yil muddatda, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 1 foiz stavka bo'yicha kredit shartnomalari belgilangan tartibda tuzilishini ta'minlash va kredit liniyalari ochish to'g'risidagi bitimlarga muvofiq pul mablag'larini olish uchun zarur buyurtmanomalarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg'armasiga taqdim etish tavsiya etilsin.
6. Qoraqalpog'iston Respublikasi Investitsiyalar bo'yicha qo'mitasi (K.Sadikov), Moliya vazirligi (M.Sodiqov) va Iqtisodiyot vazirligi (A.Kaipbergenov) nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini rivojlantirish bo'yicha tadbirlarni moliyalashtirish uchun bir oy muddatda tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozli kredit berishning keyingi bosqichlarini moliyalashtirishning aniq manbalari, xajmlari va muddatlarini belgilash topshirilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari M.Jumanov va Maktabgacha ta'lim vaziri J.Usnatdinova zimmasiga yuklansin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev