O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi “O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 369-sonli qarori haqida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5368-sonli Farmonini va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
5 martdagi “O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to'g'risida”gi PQ-3583-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi haqida”gi Qoraqalpog'iston Respublikasi Nizomining 11-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
18 maydagi “O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 369-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
a) O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to'g'risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
b) O'zbekiston Respublikasы Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to'g'risida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasы Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari M.Jumanov zimmasiga yuklatilsin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q. Sariev