O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 iyundagi ”O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga tashriflari davomida yuklatilgan topshiriqlar ijrosini so'zsiz ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi
482-sonli qarori haqida
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 iyundagi ”O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga tashriflari davomida yuklatilgan topshiriqlar ijrosini so'zsiz ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi 482-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 iyundagi ”O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga tashriflari davomida yuklatilgan topshiriqlar ijrosini so'zsiz ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi 482-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
a) Qoraqalpog'iston Respblikasida o'tkazilgan o'rganishlar natijasida tashrif bayonlari bilan yuklatilgan jami 212 ta topshiriqdan 22 tasining ijrosi hanuzgacha ta'minlanmasdan qolayotganligi. Jumladan;
Suv xo'jaligi vazirligi (Sh.R.Xamraev), Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi (M.X.Saliev), Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi (A.A.Abduvaliev), Qishloq xo'jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi (B.B.Kamolov), “O'zbekneftgaz” AJ (U.X.Saidov), “O'zbekcharmsanoat” uyushmasi (S.O'.Umirzakov), “Asaka” banki (Q.K.Mullajonov) hissasiga 1 tadan;
Qurilish vazirligi (A.X.To'xtaev) hissasiga 2 ta;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hissasiga 3 ta to'g'ri kelganligi ko'rsatib o'tilgan.
b) tashrif bayonlari ijrosini ta'minlashda yo'l qo'ygan qoloqliklari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan quyidagi rahbarlarga ogohlantirish e’lon qilinganligi:
Qurilish vazirligi rahbarlari A.X.To'xtaevga, K.N.Tulyaganovga Nukus shahridagi E.Olako'z ko'chasi bo'ylab ipoteka krediti asosida quriladigan 50 ta ko'p qavatli turar-joylarning 30 tasini 2017 yilda va 20 tasini 2018 yilda tijorat banklari tomonidan moliyalashtirish taqsimoti bo'yicha taklif kiritmaganligi uchun;
Suv xo'jaligi vaziri Sh.R.Xamraevga “Bo'ston kanalini qurish” ob’ekti qurilishi uchun 2018 yil yanvar oyidan moliyalashtirish ochilishini ta'minlamaganligi uchun;
Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri M.X.Salievga 2018 yilda “Orol bo'yi mintaqasini rivojlantirish” jamg'armasi mablag'lari hisobidan ichimlik suv ta'minotini yaxshilash bo'yicha qo'shimcha ravishda qiymati 20,9 mlrd so'm bo'lgan 131 km suv tarmoqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlarining manzilli ro'yxatini shakllantirib, ushbu ishlarni amalga oshirish ishlarini kechiktirilganligi uchun;
Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisi A.A.Abduvalievga Amudaryo tumanidagi davlat ahamiyatidagi 4r181 “Qipchoq-Mang'it-Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo'lining 15 km qismini kapital ta'mirlash ishlarini 2018 yil to'la ta'mirlash ishlari manzilli dasturiga kiritib, amalga oshirilishini ta'minlamaganligi uchun;
Qishloq xo'jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi bosh direktori o'rinbosari B.B.Kamolovga Qoraqalpog'iston Respublikasida meva-sabzavotchilik va chorvachilik yo'nalishlarida amalga oshiriladigan umumiy qiymati 200 mln dollariga teng bo'lgan loyihalar tashabbuskorlarini aniqlab, loyihalarni amalga oshirish bo'yicha tarmoq jadvallarini tasdiqlamaganligi uchun;
“O'zbekcharmsanoat” uyushmasi raisi S.O'.Umrzakovga Nukus shahrida mahalliy charmdan yiliga 300 ming juft eksportga mo'ljallangan bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxona tashkil etish choralarini ko'rmaganligi uchun;
“Asaka” banki raisi Q.K.Mullajonovga Chimboy tumanidagi “Chimboy tekstil” korxonasiga tumandagi “Eski paxta zavodi” binosi negizida to'qimachilik korxonasini tashkil etish uchun 10 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratmaganligi uchun;
O'zmilliybank boshqaruvi raisi A.Mirsoatovga, O'zsanoatqurilishbanki boshqaruvi raisi v.b. A.Voitovga, Aloqa bank boshqaruvi raisi Q.Irisbekovga, Agrobank boshqaruvi raisi v.v.b. R.Mamatkulovga, Turon bank boshqaruvi raisi Ch.Mirzaevga, Ipoteka-bank boshqaruvi raisi O.Musaevga, Mikrokreditbank boshqaruv raisi O.Almardonovga, Kapitalbank boshqaruvi raisi v.v.b. E.Nadjmitdinovga, “InFinBank” boshqaruvi raisi B.Burxanovga, Hamkorbank boshqaruvi raisi v.v.b. J.Xasanovga, Qishloq qurilish bank boshqaruvi raisi B.Mullaxanovga Nukus shahridagi E.Olako'z ko'chasi bo'ylab ipoteka krediti asosida quriladigan 50 ta ko'p qavatli turar-joylarning 30 tasini 2017 yilda va 20 tasini 2018 yilda moliyalashtirilishini tashkil etmaganliklari uchun;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R.Sarievga Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi huzurida Qishloq hududlarida, ovullarda aholi uchun uy-joylar qurish bo'yicha jamg'arma tashkil qilish yuzasidan taklif kiritilmaganligi hamda 2018 yilda davlat xususiy sektor sherikchiligi asosida tashkil qilinadigan Nukus shahrida 20 ta va tumanlarda jami 150 ta maktabgacha ta'lim muassasasining manzilli dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritmaganligi, shuningdek 2018 yilda “Orol bo'yi mintaqasini rivojlantirish” jamg'armasi mablag'lari hisobidan ichimlik suv ta'minotini yaxshilash bo'yicha qo'shimcha ravishda qiymati 20,9 mlrd so'm bo'lgan 131 km suv tarmoqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlarining manzilli ro'yxatini shakllantirib ushbu ishlarni amalga oshirilishini ta'minlamaganligi uchun;
v) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi topshiriqlar va boshqa dolzarb vazifalar ijrosiga mahalliy hokimlik mutasaddi rahbarlari tomonidan mas’uliyatsizlikka yo'l qo'yilganligi uchun O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan:
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o'rinbosari S.Nagmetovga, To'rtko'l tumani sektor rahbarlari (N.Xudoybergenov, U.Kudaybergenov, A.Ilyosov, N.Abdalov)ga, Mo'ynoq tumani hokimi S.Daniyarovga, Amudaryo tumani hokimi S.Yo'ldoshevga, Amudaryo tumani ichki ishlar bo'limi boshlig'i D.Ibragimovga, Amudaryo tumani Davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i B.Kamolovga, Qorao'zak tumani hokimi D.Utemuratovga, Qorao'zak tumani prokurori S.Davletmuratovga hamda Qorao'zak tumani Davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i M.Toliboevga intizomiy choralar ko'rilganligi;
g) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi yakunlari bo'yicha tasdiqlangan yig'ilish bayonlarining bajarilmagan bandlari ijrosini ta'minlashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar “yo'l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
d) vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, tijorat banklar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mutasaddi rahbarlariga:
uch kun muddatda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi bayonlari va alohida hujjatlari bilan yuklatilgan topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda, sifatli va so'zsiz ta'minlashga qaratilgan tegishli hujjatni ishlab chiqib, kengaytirilgan majlisda keng muhokama etgan holda tasdiqlasin hamda ijrosini ta'minlash choralarini ko'rish;
mazkur qarorning 1,2-ilovalari bilan tasdiqlangan “yo'l xarita” larida yuklatilgan topshiriqlar bajarilishini samarali tashkil etish hamda har bir topshiriq natijalari yuzasidan tegishli axborotlarni muntazam kiritib borilishini ta'minlash topshirilganligi;
e) Vazirlar Mahkamasining kompleks rahbarlari, axborot-tahlil departamentlari mudirlari va mutaxassislariga:
mazkur qarorning 5-bandida yuklatilgan vazifalarni mutasaddi idoralar tomonidan bajarilishini qat’iy nazoratga olish;
qoloqlikka yo'l qo'yish holatlari aniqlangan taqdirda zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko'rish;
zarur hollarda mas’ul rahbarlarga nisbatan intizomiy choralar ko'rilishi yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida muhokama etish uchun takliflarni kiritib borish topshirilganligi;
j) O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi o'rinbosari A.J.Ramatovga mutasaddi vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, tijorat banklari bilan birgalikda har haftada:
Respublikaning bir hududiga chiqqan holda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashrifi bayonlari bilan yuklatilgan topshiriqlarning amaliy ijrosini hamda natijadorligini joyida o'rganib chiqish, bajarilishi holatini tahlil qilish, muammo va kamchiliklarni aniqlash;
o'rganish natijasi bo'yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli axborot kiritish va bir kunlik muddatda kamchilikka yo'l qo'ygan mutasaddi rahbarlar ishtirokida topshiriq ijrosini zudlik bilan ta'minlash choralarini ko'rish yuzasidan muhokama o'tkazilishini, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqilishini hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga tushuntirish xati olinishini ta'minlash;
kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida “yo'l xaritasi” loyihasini o'rnatilgan tartibda kompleks rahbarlari bilan kelishilishini hamda bu asosda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini tasdiqlash va ijroga qaratilishini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashrifi bayonlari bilan yuklatilgan topshiriqlarning amaliy ijrosini joyiga chiqqan holda o'rganish tartibiga (3-ilova) muvofiq ta'minlash topshirilganligi;
z) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi bayonlari ijrosi yuzasidan samarali nazorat tizimini yo'lga qo'yish maqsadida tashrif bayonlari bilan yuklatilgan tegishli topshiriqlarning ijro holati to'g'risidagi ma'lumotlarni;
vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, tijorat banklar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har haftaning to'rtinchi kuniga qadar Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlariga;
Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari mutasaddi idoralardan olingan axborotlarni yig'ib, tahlil etib va umumlashtirgan holda har haftaning beshinchi kuniga qadar Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga;
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti respublikaning barcha hududlari bo'yicha ma'lumotlarni umumlashtirib, tahliliy materiallarni tayyorlagan holda har haftaning beshinchi kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari (A.J.Ramatov)ga taqdim etish;
o'z navbatida, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari (A.J.Ramatov) tomonidan tashrif bayonlari ijrosi yuzasidan tayyorlangan materiallar O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishgan holda xar oy yakunidan so'ng keyingi oyning 5 sanasiga qadar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim etish ishlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashrifi bayonlari bilan yuklatilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan axborotlarni shakllantirish hamda taqdim etish tartibiga (4-ilovaga) muvofiq amalga oshirish topshirilganligi;
i) O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosarlari A.J.Ramatov, D.A.Kuchkarov, A.S.Sultanov, A.A.Abduxakimov, S.R.Xolmuradov, Z.T.Mirzaev, N.S.Otajonov, T.K.Narbaevalarga kompleks tarkibiga kiruvchi mutasaddi vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, tijorat banklari bilan birgalikda:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi bayonlari bilan yuklatilgan topshiriqlarning amaliy ijrosini hamda natijadorligini o'rganib chiqish, bajarilishi holatini tahlil qilish, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash;
tahlillar natijasi bo'yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli axborot kiritish va har haftada kamchilikka yo'l qo'ygan mutasaddi rahbarlar ishtirokida topshiriq ijrosini zudlik bilan ta'minlash choralarini ko'rish yuzasidan muhokama yig'ilishlari o'tkazilishini, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqilishini hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga tushuntirish xati olinishini ta'minlash;
kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida “yo'l xaritasi” loyihasini o'rnatilgan tartibda ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisi o'rinbosari (X.U.Xaitbaev), Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti (M.B.Jumaniyazov), Nazorat bo'limi (A.R.Bazarov)ga taqdim etilishini ta'minlash topshirilganligi;
k) Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisi o'rinbosari (X.U.Xaitbaev), Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti (M.B.Jumaniyazov), Nazorat bo'limi (A.R.Bazarov) tegishli komplekslar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida tegishli “yo'l xarita” loyihasini Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisi muhokamasiga kiritilishini ta'minlash topshirilganligi;
l) mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari (A.J.Ramatov, D.A.Kuchkarov, A.S.Sultanov, A.A.Abduxakimov, S.R.Xolmuradov, Z.T.Mirzaev, N.S.Otajonov, T.K.Narbaeva), Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklanganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Vazirlar Mahkamasining qarorining 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi yakunlari bo'yicha tasdiqlangan yig'ilish bayonlarining bajarilmagan bandlari ijrosini ta'minlashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar “yo'l xaritasi”” ijrosini ta'minlash yuzasidan Nazorat rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mutasaddi vazirlik, idoralar, xo'jalik birlashmalari, tijorat banklari filiallari, Nukus shahri va tumanlar hokimliklari:
uch kun muddatda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi bayonlari va alohida hujjatlari bilan yuklatilgan topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda, sifatli va so'zsiz ta'minlashga qaratilgan tegishli hujjatni ishlab chiqib, tasdiqlasin hamda ijrosini ta'minlash choralarini ko'rsin;
mazkur qaror ilovasi bilan tasdiqlangan Nazorat rejasida yuklatilgan topshiriqlar bajarilishini samarali tashkil etsinlar hamda har bir topshiriq natijalari yuzasidan batafsil axborotlarni (tasdiqlovchi hujjatlar bilan)
har haftaning uchinchi kuni Vazirlar Kengashiga kiritib borilishini ta'minlasinlar.
5. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o'rinbosari A.Tajetdinov, o'rinbosarlari S.Nagmetov, M.Jumanov, M.Aleuov, S.Xojametov, B.Xabibullaev, Z.Ibragimova:
mazkur qaror bilan yuklatilgan vazifalarni mutasaddi idoralar tomonidan bajarilishi qat’iy nazoratga olinsin;
qoloqlikka yo'l qo'yish holatlari aniqlangan taqdirda zudlik bilan bartaraf etish choralari ko'rilsin;
har haftada kamida bir marta kompleks tarkibiga kiruvchi mutasaddi vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, tijorat banklar filiallari bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashrifi bayonlari bilan yuklatilgan topshiriqlarning amaliy ijrosini hamda natijadorligini o'rganib chiqsin, bajarilishi holatini tahlil qilsin, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlasin;
tahlillar natijasi bo'yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlar ishtirokida topshiriq ijrosini zudlik bilan ta'minlash choralarini ko'rish yuzasidan muhokama o'tkazsin;
zarur hollarda mas’ul rahbarlarga nisbatan intizomiy choralar ko'rilishi yuzasidan Vazirlar Kengashi Raisiga takliflarni kiritib borsinlar;
amalga oshirilgan ishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni hamda O'zbekiston Respublikasi darajasidagi muammo va kamchiliklar bartaraf etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqib, har xaftaning to'rtinchi kuniga qadar Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari va Vazirlar Kengashining Raisiga taqdim etib borilishini ta'minlasin.
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi bayonlari ijrosi yuzasidan samarali nazorat tizimini yo'lga qo'yish maqsadida tashrif bayonlari bilan yuklatilgan tegishli topshiriqlarning ijro holati to'g'risidagi ma'lumotlarni;
Vazirlar Kengashining kotibiyat, bo'lim, guruh rahbarlari mutasaddi idoralardan olingan axborotlarni yig'ib, tahlil etib va umumlashtirgan holda har haftaning to'rtinchi kuniga qadar Vazirlar Kengashining Axborot-tahlil boshqarmasiga;
Vazirlar Kengashining Axborot-tahlil boshqarmasi barcha kotibiyat, bo'lim va guruhlar ma'lumotlarini umumlashtirib, tahliliy materiallarni Vazirlar Kengashining Raisi bilan kelishilgan holda har haftaning beshinchi kuniga qadar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga taqdim etsin.
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilishni o'z zimmamda qoldiraman.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q. Sariev