22.12.2024, Yakshanba

Diqqat! aktsiyaga marhamat qiling


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar hamda o'zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo'yicha bir martalik umumdavlat aktsiyasini o'tkazish to'g'risida» 2018 yil 20 apreldagi PF–5421-son farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 iyundagi 461-son qarori qabul qilingan.

Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasiga ko'chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo'yicha bir martalik umumdavlat aktsiyasi doirasida ko'chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish uchun  Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha 4489ta arizalar kelib tushgan bo'lib, shundan 1100 dan ortiq murojaat bo'yicha mulk huquqini e’tirof etish bo'yicha shahar va tuman hokimliklarining qarorlari chiqarildi.

Hurmatli fuqarolar olib borilayotgan umumdavlat aktsiya doirasida noqonuniy qurilgan turar joylarni qonuniylashtirib, o'z mulklarni erkin tassaruf etish ya’ni turar joyni sotish, almashtirish va hadya qilish huqukiga ega bo'lasiz.

Shuning uchun Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi ushbu bir martalik aktsiyada faol ishtirok etishingizni so'raydi. Aktsiya 2019 yil 1 mayga qadar davom etadi.