Joriy yilning 11 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki ob’ektlarini va er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni tadbirkorlik sub’ektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 5552-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob’ektlari – Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o'z vakolatlari doirasida aniqlangan ko'chmas mulk ob’ektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda - 1 so'mga teng qiymatdagi boshlang'ich narxda sotilishi belgilandi.
Shuningdek, boshqa ko'chmas mulk ob’ektlari bo'yicha – qayta baholanmasdan, ularni o'tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga o'tkaziladi va savdoga chiqariladi.
Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auktsion o'tkazmasdan, investor bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda er uchastkalarini berish va bo'sh turgan davlat ko'chmas mulk ob’ektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug'ildi.
Unga ko'ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki ob’ektlari va er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo'yicha eksperiment tartibi belgilandi.
Eksperiment tartibi bilan davlat mulki ob’ektlari va er uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.
“Elektron onlayn-auktsion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auktsion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 4417 ta bo'sh er uchastkalari, 1 trl. 427 mlrd. 470 mln. so'm investitsiya kiritish, 22834 ta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan 73 mlrd. 727 mln. 300 ming so'm miqdordagi mol-mulklar auktsion savdolariga chiqarildi.
Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auktsion savdolarida 1845 ta bo'sh er uchastkalari 578 mlrd. 552 mln. so'm investitsiya kiritish, 7285 dan ortiq yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan 13 mlrd. 786 mln. 800 ming so'mga sotildi.
Hozirda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auktsion savdolarida 2572 ta bo'sh er uchastkalari 70 mlrd. 652 mln. 600 ming so'm miqdordagi auktsion savdolariga chiqarildi.
Misol uchun, elektron onlayn-auktsion savdolariga bugungi kunda birgina, Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 22 ta bo'sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang'ich bahosi 1 so'm miqdorida, 158 yangi ish o'rinlarini yaratish hamda 7 mlrd. 410 mln. so'm investitsiya kiritish sharti bilan auktsion savdolariga chiqarildi.
Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auktsion savdolarida 228 ta bo'sh turgan davlat mulki ob’ektlari 2519 ta yangi ish o'rinlarini yaratish hamda 97 mlrd. 158 mln. so'm investitsiya kiritish sharti bilan 9 mlrd. 883 mln. 228 so'm miqdorga sotildi.
Bugungi kunda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auktsion savdolarida jami 162 ta bo'sh turgan davlat mulki ob’ektlari 1881 ta yangi ish o'rinlarini yaratish hamda 123 mlrd. 152 mln. so'm investitsiya kiritish sharti bilan auktsion savdolarida mavjud.
Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 15 ta bo'sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang'ich bahosi 1 so'm miqdorida, 129 yangi ish o'rinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 610 mln. so'm investitsiya kiritish sharti bilan auktsion savdolarida mavjud.
Tadbirkor va investorlar o'zlariga ma'qul bo'lgan er uchastkalarini hamda bo'sh turgan davlat mulki ob’ektlarini onlayn-auktsion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.
AUKTsIONDAGI IShTIROKINGIZ YuRT RAVNAQI HAMDA BIZNESINGIZ TARAQQIYoTIGA ULKAN HISSA QO'ShADI