14.12.2024, Shanba

Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi


 

Qurbanov Murat Ismaylovich

Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vaziri

 Маnzil:

 230105, Nukus shahri, Dosliq guzari 152 uy

 Теlefon:­­

0 (361) 226-00-48

 E-mail:

info.mz.rk@minzdrav.uz

 Qabul  кunlari:

 Seshanba, soat 15:00 - 18:00

 

Kamalov Qural Jalǵasbaevich 

Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirining Birinchi o'rinbosari

 Маnzil:

 230105, Nukus shahri, Dosliq guzari 152 uy

 Теlefon:­­

0 (361) 226-00-48

 E-mail:

info.mz.rk@minzdrav.uz, mz.rk@exat.uz

 Qabul  кunlari:

Chorshanba,soat 10:00 - 17:00

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi


Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Respublika sog'liqni saqlashni idoraviy boshqaruv yig'ini tizimini xududiy bir bo'lagi hisoblanadi va o'zining ish faoliyatida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va O'zbekiston Respublikasi SSV tasarrufiga kiradi. Vazirlik o'zining ish faoliyatida O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyalaridan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasini, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Qonunlari va boshqa me'yoriy xujjatlardan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlaridan,  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar  Kengashining Qarorlari xamda me'yoriy xujjatlar va Qoraqalpog'iston Respublikasi SSV ustavi asosida faoliyat yuritadi.

Vazirlik tasarrufidagi xududlarda joylashgan sog'liqni saqlash muassasalarining mulkchilik shaklidan qat'iy nazar ish yuritishi bilan ta'luqli muammolarni yechish faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi, sog'liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini va yo'lga qo'yishni amalga oshiradi.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi SSVning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- Sog'liqni saqlashga aloqador Davlat  siyosatini o'z xududiga tadbiq etadi:

- Fuqarolarning sog'ligini saqlash sohasida qonunchilik ijrosini ta'minlaydi:

- Aholiga tibbiy yordam ko'rsatishni tashkillashtiradi, tasarrufidagi xududda onalar va bolalar sog'ligini muhofaza qilishning samarali usulini ishlab chiqadi:

- Tasarrufidagi davolash – profilaktika muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning tibbiy xizmat ko'rsatish sifatini, byudjet mablag'laridan maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qiladi:

- Sog'liqni saqlash tizimi  profilaktikasini takomillashtiradi va sog'lom turmuz tarzini keng ommaga targ'ib qiladi:

- Sog'liqni saqlash tizimini bozor pritsplari va mexanizmlarini tadbiq etish asosida tashkillashtiradi va mustahkamlaydi, maqsadli dasturlari tadbiq qiladi:

- Sog'liqni saqlash tizimi moddiy bazasini rivojlantirish va texnik asbob- uskunalar bilan ta'minlash bo'yicha choralar ko'radi, diagnostikaga, bemorlarni davolash va reabilitatsiyaga yangi texnologiyalar va texnik asbob – uskunalarni jalb qiladi, tibbiy amaliyotga fan-texnika va ilg'or amaliyot yutuqlarini tadbiq etadi:

- Tibbiy va farmatsevt xodimlarning kasbiy yetuklik darajasini oshirish va qayta tayyorlash bo'yicha chora – tadbirlarni amalga oshiradi:

- Sog'liqni saqlashning xususiy tizimini tashkillashtiradi va rivojlanishiga yordam beradi:

- Sog'liqni saqlash tizimiga chet el invistitsiyalari, xalqoro tashkilotlar mablag'lari, fondlar va jamoatchilik tashkilotlarini jalb qilish uchun sharoit yaratadi.