14.12.2024, Shanba

Qoraqalpog`iston Respublikasi er osti boyliklari davlat boshqarmasi

 

­­­­­­­­


Kaziev Torexan

Qoraqalpog`iston Respublikasi er osti boyliklari davlat boshqarmasi rahbari

 Manzil:

230100, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko`chasi,  12 uy

 Telefon:

0(361) 223-30-89

 E-mail:

gosnedr_ 2017@umail.uz  Gos.nedr-1991@inbox.uz

Qabul kunlari:

Dushanba-juma 16:00-18:00

 

 

                                    

 

 Qoraqalpog`iston Respublikasi er osti boyliklari davlat boshqarmasi boshlig`ining funktsional vazifalari

 

- O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari, hukumat qarorlari, va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarori va buyruqlarining bajarilishini ta`minlash va nazorat qilishga bevosita Boshqarma boshlig`i rahbarlik qiladi.

- boshqarma faoliyatini boshqaradi;

- boshqarmada amaldagi qonun va normativ aktlarni to`g`ri ishlatilishi nazorat qiladi;

- boshqarma xodimlariga yuklatilgan majburiyatlardan kelib chiqib mas`ullik darajasini belgilaydi;

- vakolati doirasida buyruq chiqaradi va xodimlarga topshiriq va ko`rsatmalar beradi;

- boshqarmaning shtat birliklari, bo`limlarning nizomi va lavozim vazifalarini tasdiqlaydi;

- amaldagi mehnat qonunchiligiga asosan  boshqarma xodimlari, va mutaxassisilarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

- kadrlar bilan tarbiyaviy ishlarni olib boradi;

- alohida yutuqlarga erishgan xodimlarni belgilangan tartibda taqdirlashga taklif qiladi; 

- tasdiqlangan smetalar doirasida mablag`lardan foydalanadi;

- shtat birligiga amal qiladi, pul mablag`lari va material boyliklarni saqlanishini ta`minlaydi;

- boshkarma boshligi uz xukuklarini xam xizmat vazifalarini amalga oshirishda boshkarma foydasi uchun xarakat kiladi,byudjet va byudjetdan tashkari tulovlarning ,ish xaki  to`lovlarni o`z vaqtida  to`lashni ta`minlaydi va nazorat qiladi;

- boshkarmaning tashkiliy-xo`jalik ishlarini tashkil qiladi va nazoratini olib boradi.