22.12.2024, Yakshanba

Qoraqolpog`iston Respublikasi o`rmon xo`jaligi qo`mitasi

 

Аминов Айбек Бахтиярович

Qoraqolpog`iston Respublikasi o`rmon xo`jaligi qo`mitasi raisi

 Manzil:

230101, Nukus shahri  Akmangit guzari - 92

 Telefon:

 0(361) 229-20-33

 E-mail:

qqr@urmon.uz

Qabul kunlari:

 

Duyshanba-Seshanba  11:00-12:00

 

 

 


Akimniyazov erniyaz Sarsenbaevich

Qoraqolpog`iston Respublikasi o`rmon xo`jaligi qo`mitasi raisi o`rinbosari

 Manzil:

 230101, Nukus shahri  Akmangit guzari - 92

 Telefon:

0(361) 229-20-23

 E-mail:

qqr@urmon.uz

Qabul kunlari:

Chorshanba, Payshanba, Juma 10:00-11:00

 

 

 

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi o`rmon xo`jaligi ko`mitasi raisining funktsional vazifalari

 

- O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari, hukumat qarorlari, O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat ko`mitasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Juqorg`i Kengashi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi farmoyshlari, qarorlarining bajarilishini ta`minlash va nazorat qilishga bevosita ko`mita raisi rahbarlik qiladi.

- ko`mita faoliyatini boshqaradi;

hududdagi o`rmon xo`jaliklari direktorlarini, o`rmon xo`jaliklari direktorlarining rejim (chegara) bo`yicha o`rinbosarlarini, o`rmon xo`jaliklari bosh buxgalterlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish bo`yicha Qo`mitaga tavsiyalar kiritadi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududdagi Qo`mita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning nizomlarini, xodimlarning mansab yo`riqnomalarini, hududiy boshqarmalar daromadlar va xarajatlar smetasini va o`z vakolatiga oid boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;

hududdagi qo`mita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning ishini tashkil etish va ularni nazorat qilish, o`rmon to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun huquqbuzarliklar to`g`risidagi bayonnomalarni ro`yxatdan o`tkazish, huquqbuzarlik bo`yicha materiallarni va tabiatga etkazilgan zararni undirish bo`yicha hujjatlarni belgilangan tartibda vakolatli organlarga taqdim etilishini ta`minlaydi;

qo`mita xodimlari bajarishi majburiy bo`lgan buyruqlar qabul qiladi va ko`rsatmalar beradi;

xodimlarni rag`batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, alohida o`rnak ko`rsatgan xodimlarni faxriy unvonlar va davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish bo`yicha Qo`mitaga tavsiya kiritadi;

xodimlarni mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;

qo`mita nomidan sohaga tegishli faoliyat amalga oshirilishida zarur bo`lgan shartnomalar tuzishni hamda bank muassasalarida moliyaviy va pul operatsiyalarini amalga oshiradi;

davlat organlari, sudlar va boshqa tashkilotlarda boshqarma, o`rmon xo`jaliklari manfaatlarini ifodalaydi;

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi O`rmon xo`jaligi ko`mitasi raisi o`rinbosarining funktsional vazifalari

 

-Sohaga oid Qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining o`z vaqtida va sifatli bajarilishini, normativ-huquqiy hujjatlarning to`g`ri tadbiq

- o`rmon xo`jaligiga oid masalalar bo`yicha majlis qarorlari va buyruqlar loyixalarini tayyorlaydi;

- o`rmonni muhofaza qilish va qo`riqlash tadbirlarini o`tkazish, o`rmon nazorati, o`rmon to`g`risidagi qonun hujjatlari talablari bajarilishi bo`yicha o`rmon nazoratchilari, o`rmon muhandislari ishini tashkil eti shva nazoratini olib borish;

- o`rmon nazoratchilari tomonidan qurol-yarog`, o`q-dorila saqlanishini va ularning to`g`ri qo`llanilishini, kiyim-bosh, aloqa vositalari, texnik asbob-uskunalar, maxsus anjomlar va boshqalar saqlanishi, ta`minlanishini nazorat qiladi.

- Yuqori turuvchi va birga faoliyat yurituvchi tashkilotlar va korxonalar xatlariga, topshiriqlariga, telefonogramma va faksogrammalariga o`zining ismi va sharifi ko`rsatilgan imzo ko`yadi.

- Eksport-import operatsiyalarini amalga oshiradi.

- Sohani rivojlantirishda chet el investitsiyalarni jalb qilish ishlarini tashkil etadi;

- Xo`jalikning moliyaviy ahvolini ko`tarishga yo`naltirilgan chora tadbirlarni ishlab chiqadi va ijrosini ta`minlaydi.

- O`rmon xo`jaligi faoliyatiga qaratilgan byudjet mablag`larining maqsadli ishlatilishini nazorat qiladi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo`yicha takliflar beradi.

- Dekorativ daraxtlarni ekish, ko`chatxonalarda ko`chatlarning yo`k bo`lib ketishining oldini olish ishlarini nazorat qiladi;

- O`rmon xo`jaliklariga biriktirilgan kuratorlar ishlarini nazorat qiladi;

-Qishloq xo`jaligi ekinlari, bog`larn ko`paytirish ishlarini tashkil etadi, pudrat shartnomalarining o`z vaqtida rasmiylashtirilishini nazorat qiladi;

    - O`rmon erlarida dorivor o`simliklarni ekish, yig`ish va sotish ishlarini tashkil qiladi;

- Texnika vositalarining saqlanishi va o`lardan samarali foydalanishga rahbarlik qiladi;

- Yordamchi tarmoqda chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, ko`rkachilik, asalarichilikni kupaytirish va rivojlanitirish ishlarini tashkil qiladi;

- Ko`mita va ko`mita tizimidagi o`rmon xo`jaliklarida texnikadan, yonilg`i maylash materiallari, elektr energiya, tabiyiy gazdan foydalanish, texnika xavfsizligi, fuxora muhofazasi va favqulotda vaziyatlar ishlarini tashkil qiladi;

- fuqarolarni qabul qilish, arizalar va murojaatlarning o`z vaqtida qaralishini hamda javob berilishini ta`minlaydi;

- ko`mita raisi yo`qligi vaqtida ko`mita faoliyatiga rahbarlik qiladi.