Qoraqalpog'iston sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi
direktori
funksional vazifalari
Markaz faoliyatiga
rahbarlik qiladi; markazning tarkibiy bo’linmalari to’g’risidagi
nizomlarni tasdiqlaydi; bo’lim boshliqlarining javobgarlik darajasini
belgilaydi; boshqarma xodimlariga nisbatan malakaviy talablarni belgilaydi va
ularning mehnatini raqbatlantirish tizimini shakllantiradi; markazning
smeta xarajatlarini belgilaydi va tasdiqlaydi; markaz
xodimlari uchun mehnatga haq to’lash yagona tarif setkasi bo’yicha belgilangan
lavozim okladlari sxemasiga muvofiq shtat jadvalini tasdiqlaydi; zarur holda
O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi bilan kelishilgan qolda
boshqarma tuzilmasiga shtatdagi xodimlarning tasdiqlangan soni va statistika
ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag’lar doirasida
o’zgartirishlar kiritadi; statistik ma'lumotlarni yiqish va tahlil qilish,
ma'lumotlarning ishonchliligini ekspertizadan o’tkazish, ularni nashrga
tayyorlash bilan shuqullanadi; statistik hisob-kitobni amalga oshirish va
olingan statistik ma'lumotlar asosida turli tahliliy sharqlar tayyorlashda ishtirok
etadi; statistik kuzatuvlarning aloqida turlari bo’yicha elektron ma'lumotlar
bazasini saqlashni va o’ziga biriktirilgan statistik ko’rsatkichlar bo’yicha
dinamik qatorlarni yuritishni ta'minlaydi; o’z vakolatlari doirasida tuman va
shaqar statistika bo’limlari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlar
chiqaradi va ko’rsatmalar beradi; o’ziga yuklangan vazifalarning sifatli va o’z
vaqtida bajarilishini ta'minlash uchun O’zbekiston Respublikasining amaldagi
qonun hujjatlari doirasida boshqa barcha zarur choralarni ko’radi; markaz
nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko’rsatadi, amaldagi qonun hujjatlari va markaz
nizomiga muvofiq markaz manfaatlarini himoya qiladi va uning
mol-mulkini tasarruf etadi.
· “Qoraqalpog’iston SSM” DKning
samarali va barqaror ishini, xo'jalik hisobi asosida dinamik, iqtisodiy va
rivojlanishini, mehnat, ishlab chikarish va boshkarishning yangi usullarini
keng joriy etadi.
Akkreditatsiyalash
sohasida muvofiq mahsulot va xizmatlarni o'xshash turini sertifikatlashtirish
bo'yicha protsedura hujjatlarni ishlab chiqilishida rahbarlik qiladi.
Sertifikatlangan
mahsulotlar ustidan inspektsiya nazoratini amalga oshirishni tashkillashtiradi
va rahbarlik qiladi.
Sertifikatlashtiriladigan
mahsulotlar zamonaviy usullar bilan sinashni ta'minlash bo'yicha korhona sinov
bazasini tashkillashtiradi.
Akkreditatsiyalash
sohasida muvofiq bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimining
ishlashini ta'minlaydi.
Akkreditatsiyalash
sohasiga asosan Respublikada ishlab chiqariladigan va import bo'yicha yetkazib
beriladigan mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish bo'yicha ishlarni
tashkillashtiradi va o'tkazadi.
Ko'rsatiladigan
xizmatlarni sertifikatlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil qiladi va o'tkazadi.
Foydalanuvchilarni,
standartlashtirish, metrologiya, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish
bo'yicha ma'lumotlar bilan ta'minlaydi.
Korxonaning
konsepsiyasini, istiqbol dasturlarini, mahsulot hamda xizmatlarni
sertifikatlashtirish ishlarini rivojlantirishni uzoq muddatli prognozlarining
asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqadi.
Mahsulot va
xizmatlarni sertifikatlashtirish sohasida qonunchilik dalolatnomalarini ishlab chiqish
bo'yicha «O'zstandart» agentligi rahbariyatiga takliflar kiritadi.
Ishlab chiqarilayotgan
mahsulotni raqobatbardoshligini oshirishda ko'maklashish maqsadida xalqaro
standartlar asosida Sifat menejment tizimini ishlab chiqish va joriy etishda
rahbarlik qiladi.
Mahsulot va
xizmatlarni sinash hamda sertifikatlashtirish sohasida erishilgan yutuqlarni
ilmiy-texnikaviy targ'ibotini amalga oshiradi.
Sertifikatlashtirish
bo′yicha o′rnatilgan talablarga muvofiqlikni aniqlash maqsadida mahsulot va
xizmatlar sifati ustidan monitoring o′tkazishda qatnashish hamda sifatni
yaxshilash bo′yicha tavsiyalar beradi.
Bank va “O′zstandart”
agentligi oldidagi majburiyatlarni bajaradi, moliya-xo′jalik intizomiga rioya
qiladi.
Yuklatilgan vazifalar
doirasida qo′shimcha ishlarni bajarish bilan bog′lik bo′lgan “O′zstandart”
agentligining ko′rsatmalarini bajaradi.
Amaldagi mehnat
qonunchiligiga amal qiladi, mehnat intizomini mustahkamlaydi.
Kadrlarni tanlash,
joylashtirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkillashtiradi.
Korxona binosini
davriy ta′mirlash ishlarini amalga oshirishni, huquqni muhofaza qilish va
tekshiruvchi idoralar, ijroiy hukumat idoralari, iste′molchilarni himoya
qiluvchi jamoalar bilan standartlarga amal qilish, o′lchashlar birligini hamda
sertifikatlashtirish qoidalarini ta′minlash masalalari bo′yicha boshqa
tashkilotlar bilan o′zaro hamkorlik qiladi.
Davlat va xizmat
sirini tashkil etuvchi ma′lumotlarni, iqtisodiy, muxandis-texnik va tijorat
axborot maxfiyligini saqlashni ta′minlaydi.
Qonun va boshqa
me′yoriy dalolatnomalar talablariga asosan xojalik shartnoma intizomiga rioya
qilish, majburiyatlarni bajaradi.