Umumiy bo`limining funktsional
vazifalari to`g`risida
NIZOM
1-bob. Umumiy
qoidalar
1. Ushbu Nizom
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Umumiy bo`limining
funktsional vazifalarini belgilaydi.
Umumiy bo`lim
(keyingi o`rinlarda Bo`lim deb ataladi) Vazirlar Kengashida ish yuritishni
ta`minlaydigan, Vazirlar Kengashi, uning Rayosati majlislarini tashkiliy-texnik
jihatdan tayyorlaydigan va ularga xizmat ko`rsatadigan, shuningdek, jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlarini Vazirlar Kengashi tomonidan ko`rib
chiqilishini ta`minlovchi funktsional tarkibiy bo`lim hisoblanadi.
2. Bo`lim o`z
faoliyatini O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi
Konstitutsiyalari va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari
va boshqa hujjatlariga, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga,
shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Bo`lim o`z
faoliyatini Vazirlar Kengashi Raisi rahbarligida amalga oshiradi.
4. Bo`lim o`ziga
yuklangan vazifalar va funktsialarni bajarishda Vazirlar Kengashining boshqa
tarkibiy bo`linmalari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda
amalga oshiradi.
2-bob. Bo`limning
vazifalari va funktsiyalari
5. Quyidagilar
bo`limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli hamda 1999
yil 23 martdagi 140-sonli qarorlari bilan belgilangan talablarga muvofiq
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashida ish yuritilishini
ta`minlaydi;
Vazirlar Kengashi
va uning Rayosati majlislarini tashkiliy-texnik jihatdan tayyorlash va ularga
xizmat ko`rsatish;
Vazirlar
Kengashining faoliyatida amaldagi hujjatlar va ish yuritish tugallangan
hujjatlar yig`ma jildlari saqlanishini ta`minlash;
Vazirlar
Kengashida ish yuritish tartibini va arxiv ishini yanada takomillashtirishga
doir takliflarni ishlab chiqish va kiritish;
Vazirlar
Kengashiga, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat
hokimiyati organlariga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning yozma,
og`zaki va elektron tarzdagi murojaatlari bilan ishlash faoliyatini
monitoringini olib borish va ularni tahlil qilish;
Vazirlar Kengashi
rahbariyati, shuningdek, tarkibiy bo`linmalarning rahbarlari tomonidan, zarur
hollarda davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati
organlari vakillarini jalb etgan holda, jismoniy va yuridik shaxslarning
vakillari qabul qilinishini tashkil etish;
Vazirlar
Kengashiga kelib tushgan hamda ko`rib chiqish uchun davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborilgan
hujjatlarni shuningdek, Vazirlar Kengashining tarkibiy bo`linmalarida ko`rib
chiqishga berilgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning yozma, og`zaki va
elektron tarzdagi murojaatlarini ko`rib chiqilishini tashkil etish va nazoratni
yuritish;
jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlari masalalari bo`yicha qonun hujjatlari
loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish;
O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalaridan kelib tushgan
murojaatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda amaldagi qonunchilik
talablariga muvofiq javob berilishini nazorat qilib borish;
jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish va uning
samaradorligini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqish va kiritish.
6. Bo`lim o`ziga yuklangan
vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlar Kengashining tarkibiy
bo`linmalarida ish yuritish bo`yicha Yo`riqnoma talablariga rioya etilishini
nazorat qiladi;
ish yuritish jarayonlarini
takomillashtirish va avtomatlashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga
oshiradi;
Vazirlar Kengashiga kelib
tushgan O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari,
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari,
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining
qarorlari va farmoyishlarini ro`yxatdan o`tkazadi, hisobga oladi,
rasmiylashtiradi, ko`paytiradi va shu jumladan elektron pochta orqali
jo`natadi, ulardan va boshqa hujjatlardan ko`chirmalar tayyorlaydi va
jo`natadi;
tarkibiy bo`linmalar bilan
birgalikda Vazirlar Kengashi va uning Rayosatiga tashkiliy-texnik xizmat
ko`rsatilishini ta`minlaydi, shu jumladan, taklif etilganlarning
umumlashtirilgan ro`yxatini tuzadi, tarkibiy bo`linmalar mutaxassislari bilan
birgalikda materiallarni Vazirlar Kengashiga va uning Rayosati majlislariga
tayyorlaydi, ko`paytiradi, ularni majlis qatnashchilariga jo`natadi, hujjatlar
yozilishini, taklif etilganlarni ro`yxatdan o`tkazilishini, Vazirlar Kengashi
va uning Rayosati majlislarini stenografiya va sinxron tarjima qilinishini
nazorat qiladi;
Vazirlar Kengashiga kelib
tushayotgan xat-xabarlarni qabul qiladi, ro`yxatdan o`tkazadi, hisobga oladi,
taqsimlaydi va mansubligiga ko`ra etkazib beradi, chiqadigan xat-xabarlarni
qabul qiladi va jo`natadi;
tarkibiy bo`linmalarda
hujjatlar yig`ma-jildining nomenklaturasi yuritilishini nazorat qiladi,
Vazirlar Kengashi uchun yig`ma nomenklatura tuzadi, unga rioya etilishini
nazorat qiladi;
ish yuritishi tugallangan
hujjatlar yig`ma-jildlarini Vazirlar Kengashining tarkibiy bo`linmalaridan
qabul qiladi, hisobga oladi va saqlaydi, joriy arxiv shakllantirilishini
ta`minlaydi, hujjatlar yig`ma-jildlari va hujjatlarni belgilangan tartibda
Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat arxiviga topshiradi;
xodimlarga ish yuritish
bo`yicha yo`l-yo`riqlar beradi, Vazirlar Kengashining yangi xodimlarini
hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish masalalari bo`yicha o`qitish va
tanishtirishni tashkil etadi;
Vazirlar Kengashida ish
yuritishni tashkil etish uchun tegishli muhrlar, shtamplar va blankalarni
tayyorlaydi, ularning hisobga olinishi va saqlanishini ta`minlaydi;
Vazirlar Kengashi
Raisi va uning o`rinbosarlari tomonidan jismoniy shaxslarni va yuridik
shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilinishini tashkil etadi;
Vazirlar
Kengashiga kelib tushgan yozma, og`zaki va elektron tarzdagi murojaatlarini
ro`yxatdan o`tkazadi, o`z vaqtida ko`rib chiqilishini ta`minlaydi va ijrosini
nazorat qiladi;
O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonasi va virtual qabulxonasi orqali,
shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 1007-ishonch
telefoni orqali jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan
murojaatlarni qabul qiladi, o`z vaqtida ko`rib chiqilishini ta`minlaydi va
ijrosini nazorat qiladi;
jismoniy shaxslar va yuridik
shaxslarning murojaatlari bo`yicha tahliliy ma`lumotnoma materiallar va boshqa
materiallarni muntazam ravishda tayyorlaydi va Vazirlar Kengashining Raisiga
taqdim etib boradi;
davlat va xo`jalik boshqaruvi
organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining jismoniy va yuridik
shaxslarning yozma, og`zaki va elektron tarzdagi murojaatlari bilan ishlashi
monitoringini olib boradi;
jismoniy shaxslarni va yuridik
shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish bo`yicha metodik
tavsiyanomalar va takliflar ishlab chiqadi;
Vazirlar Kengashining tarkibiy
bo`linmalarida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning murojaatlari
bo`yicha amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan
nazoratni amalga oshiradi;
bo`lim Vazirlar Kengashiga
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan yozma va
og`zaki murojaatlarni zarur hollarda davlat va xo`jalik boshqaruvi organlariga
hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga belgilangan tartibda ko`rib
chiqish va tegishli chora-tadbirlar ko`rish uchun yuboradi;
bo`lim vakolatiga tegishli
masalalar bo`yicha Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari ijrosi
nazoratini ta`minlaydi va bu to`g`risida Vazirlar Kengashining Raisiga muntazam
axborot beradi;
o`ziga yuklangan boshqa
funktsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Bo`limning
huquqlari va javobgarligi
7. Bo`lim o`ziga yuklangan
vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
o`ziga yuklangan vazifalar va
funktsiyalarni bajarish uchun zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni
Vazirlar Kengashining boshqa tarkibiy bo`linmalaridan, davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa
organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so`rash;
tegishli materiallar va
hujjatlarni ishlab chiqish va tayyorlash maqsadida Vazirlar Kengashining
tarkibiy bo`linmalari rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida yig`ilishlar
o`tkazish;
Vazirlar Kengashida ish
yuritishning yo`lga qo`yilganligini tekshirish, tekshirilayotgan masalalar
bo`yicha tarkibiy bo`linmalarda barcha hujjatlar va materiallar bilan
tanishish;
jismoniy shaxslarni va yuridik
shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish va uning
samaradorligini oshirish maqsadida davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari,
mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning
mansabdor shaxslari ishtirokida yig`ilishlar o`tkazish;
Vazirlar Kengashining tarkibiy
bo`linmalarida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning murojaatlarini
ko`rib chiqish bo`yicha ishlarning ahvolini tekshirish;
Vazirlar Kengashi
rahbariyatining topshirig`iga binoan davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari,
mahalliy davlat hokimiyati organlarining bo`lim vakolatiga tegishli masalalar
bo`yicha majlislari hamda yig`ilishlarida qatnashish;
jismoniy shaxslarni va yuridik
shaxslarning murojaatlarida bayon qilingan holatlarning xolisligini
aniqlashtirish uchun, zarurat bo`lganda, davlat va xo`jalik boshqaruvi
organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslarini jalb
etish, shuningdek, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning murojaatlarini
joyning o`ziga borib ko`rib chiqish;
zarurat bo`lganda “Jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi va
Qorakalpog`iston Respublikasi qonunlari, “Qorakalpog`iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi to`g`risida”gi Qonuni talablari buzilgan holda kelib tushgan
hujjatlarni qaytarib yuborish.
8. Bo`limning javobgarligi:
o`ziga yuklangan
vazifalar hamda funktsiyalarning sifatli va o`z vaqtida bajarilishi;
O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti,
Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar
Kengashining hujjatlari va topshiriqlariga muvofiq bo`limga tegishli takliflar
va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o`z vaqtida tayyorlanishiga;
davlat organlari
va boshqa tashkilotlar tomonidan Vazirlar Kengashiga, ya`ni bo`limga
yuklatilgan vazifalar yuzasidan kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va
o`z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishiga;
O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Devoni, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va
Vazirlar Kengashiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar
loyihalarini ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini nazorat qilish;
O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash to`g`risida”
1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi ta`minlash;
Bo`lim o`ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada
va samarali bajarilishi uchun Vazirlar Kengashida ish yuritishning sifati hamda
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash
natijadorligi uchun javob beradi.
4-bob. Bo`limning
tuzilmasi
9. Bo`limning tuzilmasiga
bo`lim boshlig`i, bosh mutaxassisi, etakchi mutaxassisi va 1-toifali
mutaxassisi kiradi.
Bo`limning
tuzilmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan
tasdiqlanadi.
10. Bo`limning
faoliyati mazkur Nizomga va Vazirlar Kengashining ish rejasiga muvofiq tashkil
etiladi.
11. Bo`lim o`z faoliyatida
Vazirlar Kengashining Raisiga bo`ysunadi.
12. Bo`lim
boshlig`i Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va
lavozimdan ozod etiladi.
13. Bo`lim
mutaxassislari Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan lavozimga tayinlanadi
va lavozimdan ozod etiladi.
14. Bo`lim nizomi
Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan tasdiqlanadi.
15. Bo`lim
mutaxassislarining funktsional vazifalari Vazirlar Kengashining Raisi tomonidan
tasdiqlanadi.
5-bob. Bo`lim
faoliyatini tashkil etish
16. Bo`lim ishlari O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston
Respublikasi Konstitutsiyalari va boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari,
farmoyishlari va topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning
o`rinbosarlari topshiriqlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi
va Vazirlar Kengashining qarorlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek,
Vazirlar Kengashining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
17. Bo`lim o`z
faoliyatini yarim yillik va yillik ish rejalari asosida olib boradi.
18. Bo`limda har
haftada yig`ilishlar o`tkazilib, berilgan topshiriqlar, rejalarning bajarilishi
nazorat etilib, yangi haftaga mo`ljallangan ishlar va topshiriqlar belgilab
olinadi.
19. Bo`limda ish
yuritilishi, hujjatlarning aylanishi bo`lim mutaxassislari tomonidan olib
boriladi hamda shu haqida muntazam ravishda Vazirlar Kengashining Raisiga
ma`lumot berib boriladi.
20. Bo`lim
boshlig`i:
Vazirlar Kengashi
Raisining ko`rsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi;
bo`limga bevosita
rahbarlikni amalga oshiradi, bo`lim mutaxassislarining ishlarini tashkil qiladi
hamda mazkur Nizomga muvofiq bo`limga yuklangan vazifalar va funktsiyalarining
bajarilishi uchun to`liq javob beradi;
Vazirlar
Kengashida ish yuritishning tizimini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli hamda 1999 yil
23 martagi 140-sonli qarorlari bilan belgilangan talablariga to`liq
muvofiqlashtirib boradi;
«Jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida»gi Qonun talablarining ijrosini
ta`minlaydi;
Vazirlar
Kengashiga kelib tushgan hujjatlar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar
tomonidan kelib tushgan og`zaki, yozma va elektron murojaatlarning kotibiyat,
guruh va bo`limlar tomonidan ijrosi bo`yicha nazoratini amalga oshiradi;
O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojjatlarni
Vazirlar Kengashida tuzilgan ishchi guruh bilan birga Qonun talablari doirasida
ko`rib chiqilishini ta`minlaydi va ishchi guruh ishini muvofiqlashtirib boradi;
Vazirlar
Kengashiga kelib tushgan hujjatlarning avtomatlashtirilgan tizimini yaratadi va
ulardan samarali foydalanadi;
Ishlar
Boshqarmasining komp`yuter texnikasi texnigi, nusxa ko`paytirish mutaxassisi va
xat tarqatuvchi (kur`er) ishlarini tashkil etadi;
bo`limga yuklangan
vakilligi doirasida hokimliklar, vazirlik, davlat qo`mitalari, muassasalar va
boshqa birlashmalarda ijro intizomini mustahkamlashda hamda «Jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida»gi Qonun talablarining ijrosini
nazorat qilib boradi va ularning ijrosi bo`yicha ma`lumotlarni oladi;
Vazirlar Kengashi
apparatining hujjatlar bilan ishlashini tashkil qiladi, Vazirlar Kengashi Raisi
hamda Ishlar Boshqaruvchisining xizmat zarurligidan kelib chiqgan hollarda
qonun doirasida boshqada topshiriqlarini bajaradi.
21. Bo`lim boshlig`i vaqtincha bo`lmagan taqdirda
uning vazifasini bosh mutaxassis bajaradi.