Xotin-qizlar qo`mitasi
raisining kotibiyati to`g`risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari –
Xotin-qizlar qo`mitasi raisi kotibiyatining funktsional vazifalarini
belgilaydi.
2. Vazirlar
Kengashi Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisining kotibiyati
(keyingi o`rinlarda Kotibiyat deb ataladi) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining funktsional tarkibiy bo`linmasi
hisoblanadi.
3. Kotibiyat o`z
faoliyatida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi
Konstitutsiyalari va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari,
qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari
va boshqa hujjatlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining
qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Kotibiyat o`z
faoliyatini Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining
o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisi rahbarligida amalga oshiradi.
Kotibiyat o`z
vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari
– Xotin-qizlar qo`mitasi raisiga bo`ysunadi, ayni vaqtda uning faoliyati
Vazirlar Kengashi Ishlar boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Kotibiyat
o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda Qoraqalpog`iston
Respublikasi Vazirlar Kengashining boshqa tarkibiy bo`linmalari, vazirliklar,
davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
boshqa organlar va tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
II. Kotibiyatning
vazifalari va funktsiyalari
6. Quyidagilar
kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
o`ziga yuklangan
vazifalar va funktsiyalarni bajarish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisi
ishlarini tashkil qilish;
Vazirlar
Kengashiga kiritilgan takliflarning hamda kotibiyat faoliyati sohasiga kiruvchi
masalalar bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari loyihalari ko`rib
chiqilishini ta`minlash, ularni ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul
qilingan hujjatlarning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish;
Vazirlar Kengashi
Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisi
tomonidan o`tkaziladigan majlislar, shu jumladan har haftalik apparat
yig`ilishlari va turli komissiyalar majlislari materiallari tayyorlanishini va
ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilishini ta`minlash;
a)
xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish, ularning
ijtimoiy-huquqiy va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sohasida:
xotin-qizlarning maqomini, ma`naviy va intellektual salohiyatini
oshirish, ularning huquqlari va manfaatlari muhofaza qilinishini ta`minlash,
oilada va jamiyatda huquqiy madaniyatini, rolini oshirish;
davlat va jamoatchilik organlarini jalb etgan holda yosh oilalarni
ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, ular uchun munosib hayotiy sharoitlar yaratish
sohasida kompleks tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil
etish;
xotin-qizlar masalalari bo`yicha normativ-huquqiy hujjatlar
loyihalarini ishlab chiqishda, ularning mohiyati va ahamiyatini targ`ib qilish
va tushuntirishda, ularning bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini
yo`lga qo`yishda faol ishtirok etish;
qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish
va rag`batlantirish, talantli, iqtidorli qizlar zaxirasi bilan tizimli ishlarni
tashkil etish maqsadida Zul`fiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni
tayyorlash tizimini takomillashtirish, Zul`fiya nomidagi Davlat mukofoti
bo`yicha hududiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish;
amaliy ishlarda
tajribaga ega bo`lgan tashabbuskor qizlar orasidan kadrlar zaxirasini
shakllantirish va tegishli rahbarlik lavozimlariga ularning nomzodlarini
tavsiya etish tizimini yo`lga qo`yish;
xotin-qizlarning
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati shaffofligini ta`minlash, ularning
mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi faol ishtirokiga
ko`maklashish hamda faoliyatini muvofiqlashtirish;
xotin-qizlar
qo`mitalari va fuqarolik jamiyati institutlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari o`rtasida xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini, ularning
oilalarini muhofaza qilish ishlarida ijtimoiy sheriklikni kengaytirish,
xotin-qizlarga manzilli ijtimoiy yordam berish bo`yicha ishlarni tashkil etish;
xalqaro tashkilotlar va xorijiy tashkilotlar bilan o`zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, turli loyihalarni amalga oshirish ko`lamlarini kengaytirish;
b) onalik va
bolalikni muhofaza qilish, oilalarda ijtimoiy-ma`naviy muhitni
sog`lomlashtirish sohasida:
onalik va
bolalikni muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning
bajarilishini ta`minlashda faol qatnashish, ularni takomillashtirish bo`yicha
takliflar tayyorlash;
xotin-qizlar, eng
avvalo, onalar va bolalarning sog`lig`i muhofaza qilinishini ta`minlash,
xotin-qizlar o`rtasida sog`lom turmush muhitini, turmush madaniyatini
shakllantirish, ularning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tibbiy
madaniyatini oshirish, patronat tizimini rivojlantirish ishlarini
takomillashtirish;
oilaviy va
xotin-qizlar sportini rivojlantirish, ularni ommalashtirish bo`yicha tadbirlar
kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
oilalarda
ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish, xotin-qizlarning hamda jamiyatda
hurmatga va katta nufuzga ega bo`lgan keksalarning hayotiy tajribasini faol
jalb etgan holda oilaviy ajralishlarni bartaraf etish bo`yicha ishlarni tashkil
etish, namunali oilalarning hayotiy namunasini targ`ib qilish;
oilaviy
munosabatlarni sog`lomlashtirish, oila institutini mustahkamlash, nikoh
shartnomalarining xususiyatlari va shartlari, farzandlar tarbiyasi uchun
ota-onalarning bevosita mas`uliyati, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan
bog`liq tizimli targ`ibot tadbirlarini yo`lga qo`yish;
mahallalarda
ayollar va yoshlar ishtirokida ma`naviyatni oshirish, ularni “ommaviy
madaniyat”ning salbiy ta`siridan, milliy ongimizga xos bo`lmagan diniy
separatizm, ekstremizm va terrorizm, odamlar savdosi va boshqa yot g`oyalardan
muhofaza qilish;
har tomonlama kamol topayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, bag`rikenglik, ertangi kunga ishonch va atrofda sodir bo`layotgan hodisalarga daxldorlik ruhida tarbiyalash, yoshlarning mustaqil dunyoqarashini, kuchli ichki salohiyatini, milliy faxrlanish tuyg`usini va axloqiy-ma`naviy immunitetini shakllantirish;
v) xotin-qizlarni
ishga joylashtirish, ularning ijtimoiy va mehnat huquqlarini ta`minlash
sohasida:
bandlik dasturi
doirasida xotin-qizlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga
joylashtirishga ko`maklashish, ular bandligining sifati, doimiy ish o`rin bilan
ta`minlanganligi yuzasidan amaliy nazoratni yo`lga qo`yish;
xotin-qizlarning
mehnat huquqlarini muhofaza qilish bo`yicha ishlarning holatini o`rganish va
nazorat qilish, norasmiy ish bilan bandlikning oldini olish, mehnat
munosabatlari, shu jumladan homilador ayollarga hamda kichik yoshdagi bolalari
bo`lgan ayollarga qo`shimcha imtiyozlar berishda davlat va nodavlat
tashkilotlarining mustahkam hamkorligini yo`lga qo`yish;
tadbirkorlik
faoliyati bilan shug`ullanishni xohlaydigan ayollarni har tomonlama
qo`llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratishda ko`maklashish,
berilgan imtiyozlarni to`g`ri qo`llanish masalalarini tartibga soluvchi, davlat
ro`yxatidan va boshqa tartibotlardan o`tish, mehnat munosabatlariga kirishish
bo`yicha qonunchilik hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar olishda ularga yordam
berish.
7. Kotibiyat
o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga
oshiradi:
O`zbekiston
Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalari va qonunlariga,
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i
Kengesining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarorlari va
topshiriqlari bilan kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq
chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli hizmatlari, O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri,
uning o`rinbosarlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati,
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining
kotibiyatga oid topshiriqlari bo`yicha tegishli tahliliy, ma`lumotnoma,
statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti Devoniga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog`iston
Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek
Vazirlar Kengashi Raisi, Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar
qo`mitasi raisi tomonidan qabul qilinadigan tegishli normativ-huquqiy va boshqa
hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
muammoli
masalalarni hal etish hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi, shuningdek
kotibiyatga tegishli sohalarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini
amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi
hamda Vazirlar Kengashi Raisiga va bevosita Vazirlar Kengashi Raisining
o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisiga taqdim etadi;
mutasaddilik
qiladigan tarmoqlar va hududlarda ishlarning holatini, ijtimoiy-iqtisodiy,
tarkibiy va ma`muriy islohotlar bo`yicha davlat dasturlari amalga oshirilishi,
O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari,
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari,
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa
hujjatlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini shu
jumladan joylarga borib o`rganadi, Vazirlar Kengashi rahbariyatiga axborot
berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
O`zbekiston
Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
huquqiy-normativ hujjatlari va topshiriqlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Qoraqalpog`iston
Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar
Kengashining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Kengashi Raisi va uning
o`rinbosarlari, Vazirlar Kengashi Ishlar boshqaruvchisi topshiriqlarining
ijrosini ta`minlaydi;
Vazirlar
Kengashining ko`rib chiqishi uchun tahliliy, ma`lumotnoma va boshqa
materiallarni, Vazirlar Kengashining Raisi va uning o`rinbosarlari
topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar
Kengashiga kiritilgan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining
qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarining
ekspertizasini, ishlab chiqilishini va kelishilishini amalga oshiradi, ular
yuzasidan zarur tahliliy va ma`lumotnoma materiallarning sifatli
tayyorlanishini ta`minlaydi;
Vazirlar Kengashi
Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisiga bevosita berilgan
topshiriqlari to`g`risida o`z vaqtida axborot berilishini ta`minlaydi;
Vazirlar Kengashi
Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisi ishtirokida o`tkaziladigan
yig`ilishlar o`tkazilishini tashkil etadi va Vazirlar Kengashi Ijro etuvchi
apparatining boshqa bo`linmalari ishtirokida ushbu yig`ilishlarda qabul
qilingan qarorlarni rasmiylashtiradi;
Vazirlar Kengashi
Raisi, Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisi
boshchilik qiladigan tegishli komissiyalar ishlarini tashkil etadi, ular
tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va
nazorat qiladi;
Vazirlar Kengashi
Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisi ish rejasini ishlab
chiqadi va amalga oshiradi;
jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston
Respublikasi Qonunlariga muvofiq ko`rib chiqadi;
davlat sirlari
bo`lgan ma`lumotlar yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning
himoya qilinishini ta`minlaydi;
Vazirlar
Kengashining faoliyati to`g`risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor
qilishni tashkil etadi;
kotibiyatda ijro
intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Kotibiyat qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.
III. Kotibiyatning
huquqlari va javobgarligi
8. Kotibiyat
o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga
ega:
Vazirlar
Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun
kotibiyatga qonun hujjatlarida belgilangan zarur bo`lgan materiallar va
ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy
bo`linmalaridan, tumanlar va shahar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan,
Vazirlar Kengashining tegishli tarkibiy bo`linmalaridan belgilangan tartibda
so`rab olish;
xalqaro
konferentsiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va yig`ilishlar
ishlarida, shuningdek xotin-qizlarning ijtimoiy-huquqiy va siyosiy faolligini
oshirish, xotin-qizlar bandligini ta`minlash, tadbirkor ayollarni
qo`llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalar bilan
ishlashda yakka tartibda yondashuvni takomillashtirish masalalari sohasida
xalqaro loyihalarda qatnashish;
zarurat bo`lganda,
kotibiyatda ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy
materiallarni, shuningdek Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari loyihalarini
tayyorlash uchun davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy
bo`linmalari, tumanlar va shahar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini,
Vazirlar Kengashining tegishli majmualari, boshqarma va guruhlari xodimlarini
taklif etish, jalb etish va ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ishchi guruhlar
tashkil etish;
davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, tumanlar va shahar hokimliklari,
boshqa tashkilotlar, Vazirlar Kengashining tegishli tarkibiy bo`linmalariga
tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda kotibiyatga yuklangan
vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha
belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, tumanlar va shahar hokimliklari,
boshqa tashkilotlarda, Koraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va
Vazirlar Kengashi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy va boshqa
hujjatlarning bajarilishi yuzasidan ishlarni belgilangan tartibda o`rganish;
zarurat bo`lganda,
“Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to`g`risida”gi
Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonuni, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan
holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
9. Kotibiyatning
javobgarligi:
o`ziga yuklangan
vazifalar hamda funktsiyalarning sifatli va o`z vaqtida bajarilishi;
O`zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti,
Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar
Kengashining hujjatlari va topshiriqlariga muvofiq kotibiyatga tegishli
takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o`z vaqtida tayyorlanishiga;
davlat organlari
va boshqa tashkilotlar tomonidan Vazirlar Kengashiga, ya`ni kotibiyatga
yuklatilgan vazifalar yuzasidan kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va
o`z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy,
moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishi, shuningdek asoslangan
xulosalar tayyorlanishiga;
O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Devoni, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va
Vazirlar Kengashiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar
loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o`tkazish sifati, shuningdek
kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga;
O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash to`g`risida”
1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta`minlanishiga;
O`zbekiston
Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari,
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari,
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining
qarorlari va topshiriqlarining kotibiyatga bevosita tegishli davlat organlari
va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o`z vaqtida
o`rganilishi uchun javob beradi.
IV. Kotibiyatning
tuzilmasi
10. Kotibiyatining
tuzilmasiga kotibiyat mudiri va bosh mutaxassisi kiradi.
Kotibiyat
xodimlari oliy ma`lumotli, yuqori malakali, davlat va mahalliy boshqaruv
organlarida ishlagan, tajribali mutaxassislar orasidan tanlanadi.
Kotibiyatning
tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni Qoraqalpog`iston Respublikasi
Jo`qorg`i Kengesi Rayosati qarori bilan belgilanadi.
11. Kotibiyatning
faoliyati Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan tasdiqlanadigan mazkur Nizomga
muvofiq tashkil etiladi.
12. Kotibiyat o`z
faoliyatida Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi
raisiga bo`ysunadi.
13. Kotibiyat
mudiri Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va
lavozimdan ozod etiladi.
14. Kotibiyat
xodimlari Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va
lavozimdan ozod etiladi.
15. Kotibiyat
nizomi Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan tasdiqlanadi.
16. Kotibiyat bosh
mutaxassisining funktsional vazifalari Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisi tomonidan
tasdiqlanadi.
V. Kotibiyat
faoliyatini tashkil etish
17. Kotibiyat
ishlari O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi
Konstitutsiyalari va boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari
va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va
topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o`rinbosarlari
topshiriqlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar
Kengashining qarorlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar
Kengashining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudirining
shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Kotibiyatning ish
rejasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Rayosati tomonidan
tasdiqlanadi.
Kotibiyat
mudirining shaxsiy ish rejasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
18. Kotibiyat o`z
faoliyatini yarim yillik va yillik ish rejalari asosida olib boradi.
19. Kotibiyatda
har haftada yig`ilishlar o`tkazilib, berilgan topshiriqlar, rejalarning
bajarilishi nazorat etilib, yangi haftaga mo`ljallangan ishlar va topshiriqlar
belgilab olinadi.
20. Kotibiyatda
ish yuritilishi, hujjatlarning o`tishi kotibiyat mutaxassislari tomonidan olib
boriladi hamda shu haqida muntazam ravishda Vazirlar Kengashi Raisining
o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisiga ma`lumot berib boriladi.
VI.
Kotibiyat mudiri funktsional vazifalarining taqsimlanishi
21. Kotibiyat
mudiri:
Kotibiyatga
bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassisning faoliyatini
tashkillashtiradi va kotibiyatga yuklatilgan vazifalarni bajarishda shaxsan
javob beradi;
Vazirlar Kengashi
Raisining bevosita Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar
qo`mitasi raisiga yo`llangan yozma topshiriqlari to`g`risida o`z vaqtida
axborot berilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta`minlaydi va uning
rezolyutsiyasiga muvofiq ularning bajarilishini tashkil qiladi;
Kotibiyatning
yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Vazirlar Kengashi
Raisining o`rinbosariga kelishish uchun kiritadi;
Vazirlar Kengashi
Raisining o`rinbosari uchun ma`lumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa
materiallar tayyorlaydi;
Vazirlar Kengashi
Raisining o`rinbosari boshqaradigan yig`ilishlar va majlislarning
tayyorlanishini va o`tkazilishini ta`minlaydi, qabul qilingan qarorlarning
bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
kotibiyatga
yuklangan vazifalarni bajarishda kotibiyat xodim(lar)iga ishlarni taqsimlaydi
va bevosita ijrosini nazoratga oladi;
boshqaruv
apparatida amal qiladigan Yo`riqnomaga asosan, ish yuritishni olib borilishini
ta`minlaydi;
o`ziga yuklangan
vazifalar va funktsiyalarni bajarish bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining
o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisi ishlarini tashkil qiladi;
Vazirlar
Kengashiga kiritilgan takliflarning hamda kotibiyat faoliyati sohasiga kiruvchi
masalalar bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari loyihalari ko`rib
chiqilishini ta`minlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul
qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
tegishli davlat
organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va
hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo`yicha tahliliy
materiallarni va ekspert takliflarini tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta`minlaydi;
materiallar va
hujjatlar loyihalari to`g`risida belgilangan tartibda Vazirlar Kengashi
Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisiga axborot beradi;
tegishli
funktsional masalalar va hujjatlar bo`yicha tizimlashtirilgan ma`lumotlar
bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda
yangilanishini tashkil etadi;
agar kotibiyat
mudiri vaqtinchalik bo`lmasa, uning majburiyatlarini bosh mutaxassis
vaqtinchalik bajaradi;
Vazirlar Kengashi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.