Investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha kotibiyatining funktsional vazifalari to`g`risida
N I Z O M
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha kotibiyati (keyingi o`rinda kotibiyat deb yuritiladi) vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, mas`uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Kotibiyat o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga va O`zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining va Vazirlar Kengashi Raislarining hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Kotibiyat o`z faoliyatini Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.
4. Kotibiyat o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va ularning o`rinbosarlari ko`rsatmasiga asosan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, shahar va tumanlar hokimliklari, shuningdek, davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda ishlaydi.
2-bob. Kotibiyatning vazifalari va funktsiyalari
5. Quyidagilar kotibiyatning vazifalari hisoblanadi:
O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasining Konstitutsiyasida, O`zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi Qonunida va O`zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlarida, belgilangan vakolatlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilishini ta`minlash;
Kotibiyatga ta`luqli ya`ni qabul qilingan huquqiy-normativ hujjatlarda belgilangan investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizm sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq kompleksni rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;
tasarrufidagi kotibiyat va sohaga oid tegishli tashkilot hamda muassasalarda ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari ijrosini nazorat qilish, ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo`yicha me`yoriy hujjatlari talablari asosida ishni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;
respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarning ijrosini ta`minlash;
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan investitsiya, innovatsiya, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizm sohasini rivojdantirish kabi maqsadli dasturlarni amalga oshirishni ta`minlash;
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, iqtisodiyot tarmoqlariga investitsiyalar hajmini kengaytirishni rag`batlantirishga qaratilgan yagona davlat investitsion siyosatini shakllantirish va amalga oshirish ishlarida qatnashish, hududda investitsion iqlimini yanada takomillashtirish, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning rivojlanishini qo`llab-quvvatlash;
chet el investitsiyalarini jalb qilishning asosiy yo`nalishlarini belgilash va amalga tatbiq etishda, shuningdek xalqaro moliya institutlari va chet el investorlari bilan investitsiyaviy hamkorlikni amalga oshirishda davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O`zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va O`zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillarining savdo-iqtisodiy masalalar bo`yicha maslahatchilari bilan keng faoliyatni yo`lga qo`yish;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va qulay investitsion sharoit yaratishga ko`maklashish, investitsion loyihalarning monitoring ishlarini olib borish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etishda va samarali faoliyat olib borishda ko`maklashish;
O`zbekiston Respublikasida va chet ellarda xorijiy investorlarga mamlakatning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati haqida keng axborot (katalog, broshyura, flaer, vidiorolik) berish maqsadida xalqaro konferentsiyalar, seminarlar, investitsiya forumlarini tashkil etish va qatnashish orqali o`zaro manfaatli yaqin hamkorlikni yo`lga qo`yish;
yangi korxonalar, shu jumladan, qushma korxona va chet-el sohasida korxonalarni tashkil etish, respublika va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subventsiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etishni tashkillashtirish;
mazkur jarayonlarda qatnishish istagida bo`lgan tadbirkorlik sub`ektlarining xorijiy davlatlarga maqsadli safarlar (yuqori darajadagi rasmiy delegatsiyalar, xalqaro ko`rgazma, biznes forum va boshqalar) uyushtirilishini tashkil qilish;
har yilgi hududiy va mintaqaviy investitsiya dasturlarini, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar qismi bo`yicha shakllantirish va monitoring qilishda ishtirok etish;
hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o`rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko`maklashish;
sanoat sohasidagi investitsiya daturlari, hududlarni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturlari, ishlab chiqarish, transport va aloqa, ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirish kompleks dasturlari bilan birga chet-el investitsiyalarini, avvalambor to`g`ridan-to`g`ri kreditlarni jalb qilish va moliyaviy-texnik yordam ko`rsatish;
davlat organlari va tashkilotlarida innovatsion faoliyatni takomillashtirish bo`yicha takliflarni yig`adi va umumlashtiradi;
ilg`or texnologiyalarni birinchi darajada joriy etishni talab qiladigan tegishli tarmoq va sohalarni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlarini belgilaydi;
hududiy iqtisodiyotni modernizatsiya qila oladigan ilmiy, loyiha va ilmiy-texnologik tashkilotlari tizimini rivojlantirish, shuningdek, istiqbolda ilmiy-texnik salohiyatni shakllantirish bo`yicha dasturlarni ishlab chiqadi;
iqtisodiyotning energiya va resurs sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
6. Kotibiyat o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
Kotibiyatga ta`luqli vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
rahbariyat topshiriqlari bo`yicha tegishli tahliliy, ma`lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlashni tashkillashtiriadi;
Kotibiyatga ta`luqli normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishini ta`minlaydi;
O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi hamda Vazirlar Kengashi qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta`minlash bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqishni tashkillashtirish;
muammoli masalalarni hal etish hamda respublika, shahar va tumanlar shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishni tashkillashtirish;
iqtisodiyot sohasining muhim ustuvor vazifalari va bajarilishi bo`yicha tegishli tizimlangan ma`lumotlar bazasini shakllantirish va yuritishni tashkilashtirish;
hududlarning faollari yig`ilishlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisi hamda o`rinbosarlari ishtirokida o`tkaziladigan yig`ilishlar va boshqa tadbirlar o`tkazilishini ta`minlaydi, qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishini nazorat qilish choralarin ko`rish;
Vazirlar Kengashining komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qilish choralarin tashkillashtirish;
Vazirlar Kengashining mintaqani iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari bo`yicha hisobotini tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni tayyorlaydi;
Vazirlar Kengashining ish rejasiga kotibiyat yo`nalishi bo`yicha masalalarga doir takliflarni kiritadi;
Vazirlar Kengashining faoliyati to`g`risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi.
Kotibiyatga ta`luqli qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.
3-bob. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
7. Kotibiyat o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalaridan, shahar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so`rash va olish;
davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalaridan, shahar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;
hududni iqtisodiy rivojlantirish masalalarining davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shahar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko`rib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;
davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shahar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shahar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, Vazirlar Kengashining hujjatlari va topshiriqlari, uning o`rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o`rganish.
8. Kotibiyatning javobgarligi:
Kotibiyat ta`luqli topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o`z vaqtida tayyorlanishi;
iqtisodiy rivojlantirish tendentsiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi muammoli masalalarning kelib chiqish sabablari va takliflar tayyorlanishi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Vazirlar Kengashiga kiritiladigan takliflar va hujjatlarni o`rganib chiqilishini tashkil etilishi;
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish;
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi ta`minlanishi;
Kotibiyatga ta`luqli masalalar bo`yicha O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining hamda Vazirlar Kengashining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishini tashkillashtiradi.
4-bob. Kotibiyatning tuzilmasi
9. Kotibiyat tuzilmasiga kotibiyati boshlig`i, bosh mutaxassis hamda etakchi mutaxassis kiradi.
Kotibiyatning tuzilmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Kotibiyatning ish-rejalari Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
11. Kotibiyat o`z faoliyatida Vazirlar Kengashi Raisining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosariga bo`ysunadi.
12. Kotibiyat boshlig`i va mutaxassislari Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
5-bob. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
13. Kotibiyat ishlari O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalariga, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga, O`zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o`rinbosarlari topshiriqlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining hamda Vazirlar Kengashining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga va ularning o`rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Kengashining tarkibiy bo`linmalar, ularning rahbarlari va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Kotibiyat faoliyati Vazirlar Kengashi Raisining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari faoliyatiga taalluqli topshiriqlari, yuklangan vazifalarni bajarish bo`yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta`minlashga yo`naltirilgan.
Kotibiyat o`z faoliyatini yarim yillik va yillik ish rejalari asosida olib boradi.
Kotibiyatda har haftada yig`ilishlar o`tkazilib, berilgan topshiriqlar, rejalarning bajarilishi nazorat etilib, yangi haftaga mo`ljallangan ishlar va topshiriqlar belgilab olinadi.
Kotibiyatda ish yuritilish, hujjatlarning o`tishi kotibiyat mutaxassislari tomonidan olib boriladi hamda shu haqida muntazam ravishda Vazirlar Kengashi Raisining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosariga ma`lumot berib boriladi.
14. Kotibiyat boshlig`i:
kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi o`z mutaxassislarning ishlarini tashkil qiladi hamda funktsiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
yillik va choraklik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Kengashi Raisiga kiritadi, tasdiqlangan ish rejaga muvofiq ishlarni tashkil etadi;
respublikaning iqtisodiy rivojlantirish kompleksi tarkibiga kiruvchi vazirliklar, qo`mitalar, idoralar, vakolat doirasida tegishli ma`lumotlarni talab qiladi hamda muammolarni hal qilish yuzasidan zarur choralarni ko`radi;
jismoniy va yuridik shaxslardan jumladan, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan murojaatlarni o`rganib, Qonunda belgilangan muddatlarda ko`rib chiqadi;
Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari topshirig`i bo`yicha vazirliklar, qo`mitalar, idoralar, banklar ishlarini muvofiqlashtirish bo`yicha tegishli qarorlar, farmoyishlar va bayonnomalarini tasdiqlashga kiritadi;
Kotibiyatga ta`luqli qarorlari hamda farmoyishlari ijrosini ta`minlaydi va kotibiyat ichida ijro intizomini mustahkamlash bo`yicha javob beradi;
Vazirlar Kengashi hamda boshqa yuqori tashkilotlar qarorlari, farmoyishlari va bayon qarorlarining bajarilishini nazorat qilishni tashkillashtirish;
Kotibiyatga ta`luqli masalalari bo`yicha Vazirlar Kengashi va uning Rayosati majlislariga ma`lumot (material)lar tayyorlash ishlarini tashkillashtiradi;
iqtisodiy soha muassasalarining ishlarini muvofiqlashtiradi;
kotibiyat etakchilik qiladigan soha masalalari bo`yicha Vazirlar Kengashiga kelib tushgan qarorlar, farmoyishlar, xatlar va hujjatlarning bajarilishini o`z xizmat vazifasida ulardan tegishli ma`lumotlarni talab etadi;
Vazirlar Kengashi va uning Rayosati majlislariga ma`lumot (material)lar tayyorlanishini nazorat qiladi;
Investitsion faoliyatni jadal rivojlantirishni ta`minlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda investorlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta`minlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlarining mas`uliyatini oshirish bo`yicha tizimli ishlarni tashkillashtiradi;
kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko`rib chiqishda davlat printsiplariga qat`iy rioya qilinishini ta`minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo`yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta`minlaydi;
tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro`yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rag`batlantirish va ularga jazo choralari ko`rish bo`yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va kiritadi;
mutaxassislar o`rtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek, bo`linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini ishlab chiqib Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosariga kiritadi;
Vazirlar Kengashi Raisining yoki uning o`rinbosari o`tkazadigan yig`ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig`ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek, kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan boshqa yig`ilishlarda qatnashadi;
ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta`minlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.