Tuman hokimligi veb-saytiga o`tish Taxtako`pir tumani hokimligi
Taxtako`pir
tumani hokimligida 21 ta xodim faoliyat yuritadi: tuman hokimi; tuman hokimining iqtisodiyot
va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari; tuman hokimning yirik qurilish,
kommunikatsiya, kommunal` xo`jaligi va obodonlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari; tuman hokimining yoshlar siyosati
va ijtimoiy masalalar bo`yicha o`rinbosari; tuman hokimining investitsiyalar,
innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va kichik sanoat
zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari; tuman hokimining qishloq va suv
xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari; tuman hokimining o`rinbosari,
xotin-qizlar qo`mitasi raisi; hokim yordamchisi; hokimning chegara masalalari
bo`yicha yordamchisi; hokimlik huquq-maslahatchisi; devonxona mutaxassisi; tashkiliy-nazorat guruhi rahbari; tashkiliy-nazorat guruhining
bosh mutaxassisi; iqtisodiy rivojlantirish va tadbirkorlik
masalalari bo`yicha bosh mutaxassis; sanoatni rivojlantirish, kapital`
qurilish kommunikatsiya va kommunal` xo`jaligi masalalari bo`yicha bosh mutaxassis; yoshlar siyosati va ijtimoiy
masalalari bo`yicha bosh mutaxassis; investitsiyalar, innovatsiyalar,
xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni
rivojlantirish masalalari bo`yicha bosh mutaxassis; onalik va bolalikni muhofaza
qilish masalalari bo`yicha bosh mutaxassis; jamoat tashkilotlari va diniy
tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha bosh mutaxassis; hokimlik qoshidagi voyaga yetmaganlar
bilan ishlashish komissiyasi masul` kotibi; bosh hisobchi. Taxtako`pir tumani haqida qisqacha ma`lumot Taxtako`pir
tumani Qoraqalpog`iston Respublikasining shimoliy-sharqiy tomonida joylashgan bo`lib,
tuman 1965 yil 29 dekabrda tashkil topgan. Tuman
g`arbdan Qorao`zak tumani, g`arb-shimoldan Muynoq tumani, shimol-sharq va shimoldan
Qozog`iston Respublikasi, shimol-janubdan elliqqal`a tumani va janubdan Beruniy
tumani bilan chegaradosh. Maydoni
21,12 ming kv.km. Tumanda 1 shaharcha, 8 ta mahalla va 8 ta ovul fuqarolar yig`ini (Taxtako`pir
ShFY, G`arezsizlik MFY, Aydin jol
MFY, Qaraoy OFY, O`zbekiston MFY, Mulik OFY, Dao`itbay
MFY, Janadaryo OFY, Marjonko`l MFY, Qo`ng`iratko`l
OFY, Taxtako`pir OFY, Dao`qara OFY, Qarateren
MFY, Beltau OFY, Atako`l
OFY, Qostruba OFY ) bor. Markazi-Taxtako`pir shaharchasi. 2018
yil` 1 iyul`
holatiga tuman aholisi soni
39,8 ming kishini tashkil` etadi. Shundan 16,7
ming kishi shaharda, 23,1
ming kishi qishloqda yashaydi. Ob-havosi:
yozda quruq va issiq, qishda sovuq, ob-havosi o`zgaruvchan. Tuman
xo`jaliklari «Kuvonish-jarma» kanalidan suv oladi, bu kanaldan Ibrayim o`zak, Timpiy,
Bozyob, Jilvon va Badrak xo`jalikaro oriqlar tarqalgan. Tuman
markazidan Nukus shahri va boshqa tuman xo`jaliklari bilan asfaltlangan yo`l aloqasi
bor. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||