14.12.2024, Shanba

Prezidentimizning maxsus farmoniga asosan 14 nafar fuqaroga ID kartalari tantanali ravishda topshirildi.

Prezidentimizning 2024-yil 5-fevraldagi « O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish» to’g’risidagi PF-32-sonli farmoniga asos ko’p yillardan buyon O’zbekiston fuqaroligini ololmay yurgan shaxslarga bugun fuqarolik ID kartalari rasmiylashtirilib berilmoqda.



Bugun 2024-yil 10-fevral kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining katta majlislar zalida Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosari B.Ótemuratov va Ichki Ishlar Vaziri polkovnik B.Torebekovlar ishtirokida Qoraqalpog’istonda yashab kelayotgan 14 nafar fuqaroga fuqarolik ID kartalari tantanali ravishda topshirildi. Fuqaroligini olgan yurtdoshlarimizning prezidentimizga degan minnatdorchiliklari cheksiz.