14.12.2024, Shanba

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli bayonnomasi bilan “9-dekabr –Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi” tasdiqlangan. Mazkur rejaga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi faoliyatida ochiqligini ta’minlash, korrupsion xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy korrupsiyga qarshi kurashish tizimlarini joriy etish kabi masalalarga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli bayonnomasi bilan “9-dekabr –Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi” tasdiqlangan.




Mazkur rejaga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi faoliyatida ochiqligini ta’minlash, korrupsion xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy korrupsiyga qarshi kurashish tizimlarini joriy etish kabi masalalarga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining korrupsiyga qarshi kurashish va ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni axborot resurslarida joylashtirish, yangilab borish tartibini belgilash to‘g‘risidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan farmoyishi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida tashrif buyurganlarga tanishtirib o‘tildi.



Tadbir yakunida korrupsiyga qarshi kurashish va ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlariga oid savollariga javoblar oldilar.