14.12.2024, Shanba

«Yangi Oʻzbekiston — millatlararo totuvlik diyori» mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

1995-yil 16-noyabr kuni Parijda YUNESKO bosh konferensiyasining 28-sessiyasida «Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi» eʼlon qilindi va bu kun «Xalqaro bagʻrikenglik kuni» sifatida belgilandi.

Ushbu sana munosabati bilan Nukus shahrining qoq markazida joylashgan Yosh tomoshabinlar teatrida «Yangi Oʻzbekiston — millatlararo totuvlik diyori» mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.



Unda yurtimizdagi diniy konfessiya vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari R.Nurazizov ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini bu qutlugʻ sana bilan tabrikladi.

Oʻzbekistonda bugungi kunda 130 dan ziyod millat vakillari tinch-totuv yashab kelmoqdalar.







Koʻp millatli oʻlkamizda har turli din vakillarining emin-erkin yashashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan.

Bugungi tadbirda millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikenglikni targʻib qilib, xalqlararo doʻstlikni mustahkamlashga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshib kelayotgan bir guruh soha vakillari taqdirlandi.