O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi «Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioyelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida»gi 801-son qarori ijrosini ta’minlash borasida Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning 2023-yil mobaynida o‘zaro hamkorlikda nazorat ishlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan respublika hududida noqonuniy faoliyat yuritayotgan radioelektron vositalarni aniqlash bo‘yicha doimiy radiomonitoring tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan,
o‘tkazilayotgan radiomonitoring tadbirlari natijasida joriy yilning o‘tgan davri
maboyinida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 51 dona radioelektron vositalardan tegishli ruxsatnomalarsiz foydalanish
holatlari aniqlandi. Shulardan bir dona radioelektron vositaga tegishli
ruxsatnoma rasmiylashtirildi. Qolgan, hollarda radioelektron vositalarning
texnik parametrlari Radiochastotalar bo‘yicha Respublika Kengashining tegishli
Qarorlari shartlariga to‘g‘ri kelmaganligi bois ko‘rsatmalar berilib
radioelektron vositalardan noqonuniy foydalanish to‘xtatildi.
Shu
o‘rinda Respublikamiz aholisini, fuqarolarimizni Radiochastota spektridan
foydalanish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga qat’iy amal qilishlarini
so‘rab qolamiz. Radiochastota spektridan qonuniy foydalanish yo‘nalishidagi
barcha ma’lumotlarni markazimizning www.cemc.uz saytidan olishingiz mumkin.