21.12.2024, Shanba

Nukus shahrida "Obod va havfsiz mahalla" tamoyili asosida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat havfsizligini taʼminlashda “beshlik” tizimi faoliyatini samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etildi

Joriy yilning 25-26 – avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universitetida "Obod va havfsiz mahalla" tamoyili asosida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat havfsizligini taʼminlashda “beshlik” tizimi faoliyatini samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etiladi. Bugun seminarning ilk kuni bo‘lib o‘tdi. Seminar O‘zbekiston hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab tamini vazirligi, Oliy ta‘lim, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin qizlar qo‘mitasi va bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi