30.12.2024, Dushanba

To‘rtko‘l tumanida yangidan ish boshlagan “Agro To‘rtko‘l tekstil Sluster” MChJga qarashli moy zavodiga press-tur tashkil etildi.

 To‘rtko‘l tumanida yangidan ish boshlagan “Agro To‘rtko‘l tekstil Sluster” MChJga qarashli moy zavodiga press-tur tashkil etildi.


Press turda tumandagi  ommaviy axborot vositalari vakillari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok qildilar. Tadbir davomida ishtirokchilar zavoddagi har bir binoning ichida paxtani qayta ishlash jarayonlarini amalga oshiruvchi uskunalardagi jarayonlar bilan tanishdilar.


Zavod bosh muhandisi Furqat Yusupov esa paxtaning qayta ishlab chiqarish jarayoni to‘g‘risida keng tushuncha berib bordi.

Xususan, press tur davomida tadbir ishtirokchilari chigitning qobig‘i va mag‘zidan ajralish jarayoni, mag‘izdan bir necha bosqichlar natijasida moy ajralib chiqishi va rafinantlangan, ya’ni 200 darajadan yuqori issiqlikda paxta moyining tozalanib, dog‘lanib, iste’molga yaroqli toza paxta moyiga keltirilishi jarayonlari bosqichlari bilan tanishdilar.

Bugungi kunda zavod kuniga 100 tonna chigit ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, ish uch smenada olib borilmoqda. Jami 90 nafarga yaqin ishchilar doimiy ish bilan ta’minlangan.

-Sheluxa va shrotlar birja orqali egalarini topib kelayotgan bo‘lsa, kechadan boshlab paxta moylari ham savdoga qo‘yildi, deydi zavod direktori.


Press-tur davomida  ishtirokchilar daladan keltirilgan paxtaning tayyor paxta moyiga aylanish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. 

                                     

To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati