Joriy yil 11-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashining
Raisi Q.Sariyev,
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari
Sh.Teshaev rahbarligida To‘rtko‘l tumani "Ko‘na To‘rtko‘l" OFY
hududidagi "To‘rtko‘l non agroklaster " mas’uliyati cheklangan
jamiyati dala maydonida 2023 yil hosili uchun g‘alla ekish bo‘yicha ko‘rgazmali
seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda qishloq
xo‘jaligi, irrigatsiya va melioratsiya xodimlari, tegishli korxona va
tashkilotlar rahbarlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari qatnashdilar.
Ko‘rgazmali seminarda so‘zga chiqqan mas’ullar tomonidan
ekish ishlarini optimal muddatlarda tizimli
amalga oshirish maqsadida ekish
uchun yer tayyorlash, sho‘r yuvish va
ekish bo‘yicha tashkil qilingan otryad
a’zolari bilan mavsumni belgilangan grafik asosida to‘lig‘i bilan yakunlash
borasida so‘z yuritildi.Seminar davomida mas’ullar ishtirokida yaxshi niyatlar
bilan kelgusi yil hosilining ilk g‘alla urug‘lari yerga sepildi.
Seminarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
zararkunandalardan himoyalash borasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan biologik va
kimyoviy vositalar hamda suvni tejovchi texnologiyalardan iborat ko‘rgazma
ham tashkil etildi.
To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati