Kelishuvda tuman hokimi S.Avezov va bir guruh investor ishbilarmonlar hamda tumandagi mas’ul soha rahbarlari ishtirok etdi.
Har ikki tomon ishtirokida imzolangan memorandumning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasini tomonlar yoki ularning aktsiyadorlari va kerak bo'lganda ularning homiylari tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining maqsadlariga muofiqlashtirish uchun na'munaviy asos yaratishga qaratilgan.
Bu tomonlarning yaxshi niyat kelishuvidir. Tomonlar o'zaro hamkorlik har ikki tomon uchun ham foydali bo'lishiga hamfikrdirlar. Uchrashuv yakunida tuman hokimi tomonidan investorlarga esdalik sovg'alari topshirildi.
Ellikqal’a tumani hokimligi axborot xizmati