22.12.2024, Yakshanba

Mushtarak niyatlar niholi ekildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chat o‘tqazdi.

Bu yil O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yilganiga 30 yil, Strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilganiga 5 yil to‘ldi. Ushbu nihol hamkorlik rivojida yangi davr boshlanayotgani, mushtarak ezgu niyatlarning ramzi bo‘ldi.

Mazkur xiyobonda boshqa hamkor davlatlar rahbarlari ekkan daraxtlar ham bor.