“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020- yil 3-avgustdagi 4796-sonli “O‘zbekiston Respublikasi milliy statistika
tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori 2- ilovasi bilan
tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 84-bandi ijrosini taʼminlash, hududdagi
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar sifatini
yanada yaxshilash, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda iqtisodiyot
tarmoqlari xodimlarining “Statistika asoslari” bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini
shakllantirish maqsadida joriy yilning 24-26 noyabr kunlari Oʼzbekiston Respublikasi
Davlat statistika qo‘mitasi, kadrlar malakasini oshirish va tadqiqotlar
instituti tomonidan "Statistika asoslari" mavzusidagi o‘quv kursi
tashkil etildi.
Unda
kadrlar
malakasini
oshirish
va statistik tadqiqotlar instituti direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor B. G‘ayibnazarov shuningdek, institutning katta o‘qituvchisi F. Umarov tomonidan Qoraqalpogiston Respublikasi, shahar va tuman hokimliklari hamda Respublika tashkilotlari iqtisodchi xodimlari malakasini oshirish maqsadida "Statistika" fani predmeti, uslublar, usullari va vazifalari, statistik kuzatish, statistik koʼrsatkichlar, mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlar, o‘rtacha miqdorlar va oʼrtacha tuzilmaviy koʼrsatkichlar kabi mavzular boʼyicha ma’ruzalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Kelgusida ushbu
bilimlar hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi statistik
ma’lumotlar sifatini yanada yaxshilanishiga hamda xalq xo‘jaligida samarali
qo‘llashida xizmat qiladi.
Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot
xizmati