22.12.2024, Yakshanba

Yoshlarga berilgan imkoniyat natijasi

Bugun mamlakatimizda aholi manfaatlarini muhofaza qilish, ularning farovon yashashlarini ta'minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada aynan ishsizlik muammosini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar o'zining ijobiy natijalarini ko'rsatmoqda. Ayniqsa, ishsiz yoshlarni ish o'rinlari bilan ta'minlash, ularni mehnatga o'rgatish, erdan unumli foydalanib, daromad olishlariga sharoit yaratish maqsadida “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor. Yaratilgan bunday imkoniyatlardan yoshlarning o'zi ham mamnun.

 

 Bugun bizlar ijodiy jamoamiz bilan Ellikqal’a tumanida “Navoiy” ovul fuqarolar yig'inidagi loyiha asosida 15 gektar er maydonida yoshlarimiz o'zlariga ajratilgan er maydonlaridan, mehnatlari mahsuli sabzovot mahsulotlarini yig'ib olayotganligining guvohi bo'ldik.

 


Biz ular bilan suxbatimiz jarayonida - 10 sotix maydonga 600 gramm sabzi urug'iga 100 ming so'm sarflanadi. Umumiy xarajatlar 716 ming 800 so'mni tashkil etadi. Hosil sabzida yuqori agrotexnik tadbirlar bilan etishtirilsa 550-600 tsentner bo'lishi mumkin. Demak xisoblasak  hosil narxi bir kilogrami eng past narxda 1000 so'mdan sotilganda 6  mln so'm  daromad olsa bo'ladi. Shunda 10 sotix maydondan 5 mln. 283 ming so'm sof foyda olish mumkin – dedi yoshlardan biri.

 

Ellikqal’a tumani hokimligi axborot xizmati