22.12.2024, Yakshanba

XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI KENGAYMOQDA


Bolgariya Respublikasining Ivan Rilskiy nomidagi Tog'-kon geologiya universiteti va Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Onlayn tashkillashtirilgan uchrashuvda Ivan Rilskiy nomidagi Tog'-kon geologiya universiteti rektori Ivaylo Koprev va Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali direktori Atabek Kaipbergenov ikki oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning ahamiyatlari xususida to'xtalib o'tishdi.

Hamkorlikning asosiy maqsadi, Bolgariya Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari o'rtasida ta'lim va fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Mazkur hamkorlik shartnomasida zamonaviy o'qitish uslublari va tizimlaridan foydalanish va ta'lim sohasida innovatsion texnologiyalarni qo'llash, o'quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish, tajriba almashish, o'qituvchilar, xodimlar, doktorantlar va magistrantlar uchun qisqa muddatli ilmiy va o'quv amaliyotlari va malaka oshirishni tashkil etish, ilmiy anjumanlar va ilmiy seminarlar va boshqa tadbirlar to'g'risida ma'lumot almashish kabi bir qator vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan.

NavDKI Nukus filiali Matbuot xizmati.