2021/2022 oʻquv yili uchun OTMga qabul jarayoni davrida abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida tashkil etilgan CALL CENTER xizmati telefon raqami yangilandi.
Fuqarolar 71-230-64-64 telefon raqami orqali CALL CENTER xizmati bilan bogʻlanib, OTMda tashkil etiladigan ijodiy imtihonlar, respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida oʻqishni koʻchirish, kasb-hunar maktablari va magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonlariga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
Ushbu xizmat haftaning yakshanba kunidan tashqari har kuni
soat 9:00dan 17:00ga qadar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.