22.12.2024, Yakshanba

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 iyul kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarining ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar hamda mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.

Mintaqamizda Afg‘oniston yo‘nalishidagi ahvolning yomonlashishi va keskinlikning kuchayishi bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Yaqin idoralararo muvofiqlashuvni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, Prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarni, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini o‘tkazish rejasini ko‘rib chiqdilar.