O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, yangi O‘zbekistonni barpo etish va uning xalqaro nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarimizni munosib rag‘batlantirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bo‘yicha ko‘zda tutilgan 28 ta mukofot o‘rniga 2021 yil uchun istisno tariqasida 29 ta mukofot berilishi belgilansin.
2. «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari tantanali vaziyatda topshirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYOEV
Toshkent shahri,
2021 yil 28 iyun
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021 yil 28 iyundagi PQ–5164-son qaroriga
ilova
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar
RO‘YXATI
Madraimov | - | Toshkent davlat agrar universiteti |
Nurniyazov Arman Arzubay uli | - | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining 4-bosqich talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) |
Bektashev Islomjon Baxtiyor o‘g‘li | - | Andijon davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi (Andijon viloyati) |
Olimov Xayrullo Xolmirzayevich | - | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi (Andijon viloyati) |
Jumayev Jahongir | - | Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining guruh katta mutaxassisi (Buxoro viloyati) |
Raxmatov Anvarbek Zufarjonovich | - | Qorako‘l tumanidagi xalqaro matematika maktabining 9-sinf o‘quvchisi (Buxoro viloyati) |
Safarov Qodiri Qoplonbek | - | Jizzax politexnika institutining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati) |
Turdiqulov | - | R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining 2-bosqich o‘quvchisi (Jizzax viloyati) |
Abdurashidov Bobur Kamolovich | - | Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik- muhandislik bilim yurtining 4-bosqich kursanti (Qashqadaryo viloyati) |
Karomatov Davurxon Fozil o‘g‘li | - | Qarshi davlat universitetining 4-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati) |
Petrov Login Aleksandrovich | - | Navoiy shahridagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Navoiy viloyati) |
Sharopov Shohrux Shavkatovich | - | Karmana tumanidagi «Karmana Al-Aziz Avitsenna» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi (Navoiy viloyati) |
Asilbekov Islom Egamberdi o‘g‘li | - | O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 3-bosqich talabasi (Namangan viloyati) |
Umurzakov Bekzod | - | O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Uchqo‘rg‘on tumani qo‘riqlash bo‘limi safdor-xodimi (Namangan viloyati) |
Abdullayev Abduraxmon Feruzovich | - | Samarqand shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Samarqand viloyati) |
Oripov Shaxzod | - | Samarqand viloyati Urgut tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limining yong‘in-qutqaruv qismi smena boshlig‘i |
Faxriyev Jahongir Alisherovich | - | Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 5-bosqich talabasi (Samarqand viloyati) |
Karimov Dilshod | - | Oqoltin tumanidagi 7-bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari (Sirdaryo viloyati) |
Mavlonov Yorbek Abduvait o‘g‘li | - | Sirdaryo viloyati «New Level Shoes» oilaviy korxonasi rahbari |
Ayubjonov Asadbek O‘lmasovich | - | V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining 8-sinf o‘quvchisi (Surxondaryo viloyati) |
Murodulloyev | - | O‘zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi (Surxondaryo viloyati) |
Avazov Sardorjon | - | Toshkent davlat agrar universitetining qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasi kafedrasi professori (Toshkent viloyati) |
Umaraliyev Fazliddin Faxritdin o‘g‘li | - | O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati) |
Karimov Davlatjon Shermaxomot o‘g‘li | - | Erkin Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi (Farg‘ona viloyati) |
Haydarov Temurbek Tohirjon o‘g‘li | - | Farg‘ona davlat universitetining 2-bosqich talabasi (Farg‘ona viloyati) |
Jumaniyazov Aminzoda G‘ayratovich | - | O‘zbekiston davlat akademik katta teatri yetakchi opera solisti (Xorazm viloyati) |
Ko‘palbayev Azamat | - | O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari xodimi (Xorazm viloyati) |
Abdukayumov Firdavs Zoxidovich | - | Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri) |
Anvarov Fazliddin Ubaydulla o‘g‘li | - | Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 1-bosqich talabasi (Toshkent shahri) |