Beruniy tumani hokimi-Fuqaro muhofazasi boshlig'i A.Saparbaev ishtirokida 2021 yil 20 may kuni Beruniy tumani Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish
va harakat qilish Davlat tizimi hududiy va quyi tuzilmalari boshqaruv organlarining kuch va vositalari bilan Respublika miqyosidagi qo'mondonlik-shtab o'quv mashqining “Qirg'oq himoyalovchi dambalar va o'zan rostlovchi inshootlar” boshqarmasining “Shabboz-5” banketida maxsus taktik o'quv mashqi bo'lib o'tdi.
Beruniy tumani “Shabboz” OFY hududidan oqib o'tuvchi “Amudaryo” daryosining “Shabboz-5” banketida yuzaga kelgan qirg'oq emirilishini mustaxkamlash uchun Qirg'oq ximoyalovchi dambalari va o'zan rostlovchi inshootlari boshqarmasi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi hamda tuman FVDT quyi xizmatlari bilan hamkorlikda jami 120 nafar kishi va 25 ta yuk avtomashinasi, 8 ta muhandislik hamda 4 ta maxsus texnika (Beruniy, Turtkul, Ellikka'la tumanlari IIB 11 ta, Tuman irrigatsiya bo'limi tomonidan 2 ta, Beruniy tuman YFUK 4 ta, damba boshqarmasi tomonidan
8 ta, tuman tibbiyot birlashmasi 1 ta hamda boshqa hususiy korxona va tashkilotlari hisobidan 11 ta texnikalar) vositalari jalb qilindi va
100 m3 tosh hamda 600 m3 tosh tuproq ishlari amalga oshirildi.