O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O'zbekistonning yangi rivojlanish davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6108-sonli Farmoni va “Ta'lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4884-sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va O'zbekiston Respublkiasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Yo'l xaritasi” da belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida, umumta'lim fanlaridan “Ochiq olimpiada”lar o'tkazish belgilangan.
Xuddi shunday olimpiadalardan biri 30 aprel kuni Beruniy tumani xalq ta'limi bo'limiga qarashli 59-umumiy o'rta ta'lim maktabida, umumta'lim maktablari 10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida ingliz tili fanidan Beruniy tumani hokimligi “Ochiq olimpiada”si bo'lib o'tdi.
Olimpiadada Qoraqalpog'iston Respublikasi barcha tumanlaridan 93 nafar iqtidorli o'quvchilar ishtirok etdilar. Olimpiadada o'quvchilar 3 ta tur bo'yicha o'zaro bellashdilar.
1-tur bo'yicha o'quvchilarga 10 ta savol tinglab tushunish ko'nikmasidan (listening),
10 ta savol o'qib tushunish ko'nikmasidan (reading),
30 ta savol leksik-grammatika (lexical-grammatical) ko'nikmalari bo'yicha oflayn tarzda kompyuterda test bajardilar.
1-tur maksimal 50 ball bo'lib, o'quvchilarning olgan natijalariga ko'ra eng yuqori ball to'plagan 25 nafar o'quvchi 2-tur yozish ko'nikmasi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.
2-turda o'quvchilar ma'lum bir mavzuda xat yozdilar, 25 nafar o'quvchilardan 10 nafar eng yaxshi yozilgan xatlar maksimal 25 ball bilan baholandilar. 10 nafar eng yuqori ball to'plagan o'quvchilar 3-tur gapirish ko'nikmasi (speaking) bosqichida o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdilar.
Natijalarga ko'ra 10 nafar o'quvchilar orasidan umumiy, eng yuqori ball to'plagan 5 nafar o'quvchilar (Nukus shahridan kelgan) Beruniy tumani hokimligi va Beruniy tumani xalq ta'limi bo'limining qimmatbaho esdalik sovg'alari va Qoraqalpog'iston Respublikasi xalq ta'limi vazirligining dimplomlari bilan taqdirlandilar.
Ingliz tili fan olimpiadasi mobaynida tumanlardan qatnashgan, saralash bosqichlaridan o'ta olmagan ishtirokchi o'quvchilar Beruniy tumani xalq ta'limi bo'limining faol ishtiroki uchun maqtov yorlig'i bilan taqdirlandilar.
Beruniy tumani hokimligi Matbuot xizmati