22.12.2024, Yakshanba

To'rtko'lda "Har bir yoshga-bir gektar"loyihasi amalda

Yurtimiz kelajagi bo'lgan yoshlarga bugun e’tibor katta. Ishsiz yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida ularga har tomonlama imkoniyatlar yaratilmoqda.

“Yoshlar daftari” da ro'yxatda turgan yoshlar bilan ishlashni yanada mustahkamlash orqali ularning bandligini ta'minlash borasida amaliy ishlar bajarilmoqda.

To'rtko'l tumanida  18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar 49850  nafarnii  tashkil qiladi. Ulardan 5735 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.


Qishloq xo'jaligida yoshlar bandligini ta'minlash, ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, qishloq joylarda yangi ish o'rinlarini yaratish  maqsadida joriy yil tumanda 2000 gektar er maydoni ajratilishi ko'zda tutilgan.

Bu  bilan 7500 nafar ishsiz yoshlarning bandligi ta'minlanadi.

Xususan bugun “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida To'rtko'l tumanidagi “Sho'raxon” ovul fuqarolar yig'ini hududida joylashgan Davron Ro'ziboev rahbarligidagi“ Ziyo-nurli maskan”  fermer xo'jaligida 6 gektar  er maydoni ushbu hududda  istiqomat qiluvchi 22 nafar ishsiz yoshlarga 30 sotixdan ajratib berildi.

Yoshlarning o'zini o'zi ish bilan band qilishlari maqsadida tashkil qilinayotgan ushbu tadbirda 1-sektor rahbari,  tuman hokimi R.Shamuratov, O'zbekiston Respublikasi fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi raisi o'rinbosari H.Toshmurodov, sektor rahbarlari, Yoshlar ishlari agentligi, OFY raislari va nuroniylari, mas’ul korxona va tashkilotlar rahbarlari,  hudud mahallaridagi  yoshlar ishtirok qildilar.


Ko'rgazmali tarzda tashkil etilgan ushbu tadbirda tuman rahbari R.Shamuratov, H.Toshmurodovlar  so'zga chiqib, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish lozimligini, erning har bir qarichidan oqilona foydalangan inson ko'zlagan maqsadiga erishishi mumkinligini ta'kidlab o'tdilar. Shu bilan birgalikda tadbirda dehqonchilikni boshlashga ahd qilgan yoshlarga dehqonchilik sohasidagi  mutaxasisslar o'z yordamlarini berishi, joriy yilda yaxshi natijaga erishgan yoshlarga esa kelajakda  yana kengroq tartibda dehqonchilik qilishi uchun  imkoniyatlar aratilishi haqida  so'z yuritildi.

- Bugun  menga ishonch bilan 30 sotix er ajratishdi. Oilamiz a'zolari qatorida men ham dehqonchilikka qiziqqanligiim sabab bugun menga ajratilgan erdan unumli foydalanishni va ko'zlangan yuqori hosilni olib, yurtimiz dasturxonining mo'l-ko'l bo'lishiga o'z hissamni qo'shishni maqsad qilib qo'ydim,-deydi B.Vapaev.

Keng ko'lamli ishlarni amalga oshirishda sektor rahbarlari, qishloq ho'jaligi bo'limi, Dexqon fermer ho'jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi hamkorligida boshlandi. Loyiha sektorlardagi hududlarda ham  davom etadi.

 

To'rtko'l tumani hokimligi Axborot xizmati.