21.12.2024, Shanba

Xotin-qizlar huquqlarini himoyalash va qo`llab-quvvatlash bo`yicha qabul qilingan hujjatlar asosida

Hozirgi kunda Qoraqalpog`iston Respublikasida jami 1817,3 mln. aholi yashayotgan bo`lsa, ularning 907,2 mln. nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida jami tibbiyot sohasida 24395 nafar, iqtisodiyot sohasida 2852 nafar, ta`lim sohasida 49695 nafar xotin-qizlar mehnat qilmoqda.

Bugungi kunda Qoraqalpog`iston Respublikasida 3 ming 250 nafardan ziyod xotin-qiz turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko`rsatmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 4 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga 12 nafar, shahar va tuman Kengashlariga 85 nafar xotin-qiz deputat etib saylangani ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilayotgan ulkan e`tiborning amaliy ifodasidir. Hozirgi kunda Qoraqalpog`iston Respublikasida ilm-fan taraqqiyoti yo`lida samarali mehnat qilayotgan 168 nafar olima ayollar, 12 mingdan ortiq tadbirkor ayollar, 200 ga yaqin hunarmand ayollar, 261 nafar fermer ayollar, 397 nafar diniy ma`rifat va ma`naviy axloqiy tarbiya masalalari bo`yicha maslahatchilari mamlakatimiz ravnaqi yo`lida o`zlarining hissalarini qo`shmoqda.

Xotin-qizlar huquqlarini himoyalash va qo`llab-quvvatlash bo`yicha qabul qilingan hujjatlar asosida 2017 yil 2 oyi davomida Qoraqalpog`iston Respublikasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ishlangan 2017 yil “Bandlik” dasturi bo`yicha  ayollar uchun

2017 yil 2 oyi davomida xotin-qizlar uchun 1413 yangi ish o`rinlarini tashkil etilib,  reja 133,7 foizga bajarilgan.

Belgilangan reja barcha tuman va shaharlarda to`liq bajarilishiga erishildi.

Ishsiz xotin-qizlarni aniqlash va ularning bandligini ta`minlash maqsadida Xotin-qizlar qo`mitalari tomonidan mahalla maslahatchilari bilan birgalikda joylarda ishsiz ayollar ro`yxatlari shakllantirilib, har oyda yangilanib borilmoqda.

Fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida 2017 yil 2 oyi davomida Xotin-qizlar qo`mitalari hamkorligida 10 ta bo`sh ish o`rinlari yarmarkalari tashkil qilindi. Yarmarkalarga korxona va tashkilotlardan 1003 bo`sh ish o`rinlari taklif etildi. Ushbu yarmarkalarga 446 ishsiz ayollar jalb etilib, shundan 94 ishsiz ayollarga ishga joylashish uchun yo`llanma berilib, 352 nafar xotin-qizlarga mehnat, bandlik va ijtimoiy himoya masalalari bo`yicha maslahatlar berildi.

2017 yil 2 oyi davomida shahar, tumanlardagi bandlikka ko`maklashuvchi markazlariga jami 1142 nafar xotin-qizlar ish qidirib, murojaat qilgan bo`lsa 978 nafari ishga joylashtirildi.

Tadbirkor ayollarni qo`llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 2017 yil 2 oyida  523 nafar tadbirkor ayolga jami 8704,0 mln.so`m kredit mablag`lari ajratilib, natijada 540 ta yangi ish o`rinlari yaratildi. Ajratilgan kreditlarning 104 tasi boshlang`ich sarmoyani shakllantirish uchun  tadbirkor ayollarga berildi.

Bundan tashqari, Koraqalpog`iston Respublikasi “Tadbirkor ayol” O`zbekiston Ishbilarmon ayollar uyushmasi Qoraqalpog`iston bo`limi bilan birgalikda xotin-qizlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash maqsadida “O`z biznesingi boshla”, “Oilaviy tadbirkorlikni tashkillashtirish” mavzularida tadbirlar tashkil etilmoqda.

2015-2016 o`quv yilida 93 ta kasb-xunar kollejlarini jami 11345 nafar bitiruvchi qizlardan, bugungi kunga kelib 10839 nafari qizlar ya`ni  95,5% ining bandligi ta`minlangan. Shundan, ish bilan ta`minlangan 10432 nafar qizlardan  biriktirilgan korxonalarga 7072 nafari va boshqa korxonalarga 3360 nafari ishga joylashtirilgan, ishga joylashgan qizlarning 4775 nafari o`z mutaxassisligi bo`yicha ishga joylashgan hamda 407 nafar qizlar oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirgan.

2016-2017 o`quv yilida o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarini jami 24332 nafar o`quvchi bitirib chiqishi kutilayotgan bo`lsa, shundan 11828 nafari qizlar.

 

Hurmatli radio tingchlovchilar!

Qoraqalpog`iston Respublikasida 0-17 yoshgacha bo`lgan yoshlar soni 622487 nafar bo`lib, ularning 303563 nafari qizlar.

Aholi, ayniqsa, ota-onalarning va xotin-qizlarning ma`naviy va tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan keng ko`lamli tushuntirish, sog`lom bola tarbiyasida ta`lim-tarbiya, mahalla va ijtimoiy tuzilmalarning katta o`rni va ta`siri borligini inobatga olib, xalqimizning  “Bir bolaga etti mahalla ham ota, ham ona” degan maqoliga amal qilib yashashni kundalik hayot tarziga singdirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasining shahar, tumanlarida tasdiqlangan Manzilli Reja asosida 2017 yil davomida xotin-qizlar orasida ularning huquqiy bilimlarini oshirish, diniy ekstremizm, missionerlikning hamda har turli diniy oqimlar ta`siriga tushib qolish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik, erta nikoh qurish, OITS kasalligi va o`z joniga qasd qilishning oldini olish, odam savdosiga qarshi kurashish, hamda tuy marakalarni tartibli, isrobgarchiliksiz o`tkazishga qaratilgan targ`ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti yosh iqtidorli qizlarni ta`lim, fan, adabiyot, madaniyat, san`at yo`nalishlarida erishgan yutuqlarini taqdirlash uchun ta`sis etilgan.  Bu mukofot sovrindorlar orasidan xotin-qizlar kadrlar zahirasini yaratishda ham muhim omil bo`layotganligini e`tirof etish joiz va bu mukofot jahon tajribasida kam uchraydigan noyob ijtimoiy hodisa ekanligi barchamizga ma`lum. 1999 yildan buyon ta`sis etilib kelayotgan Mazkur davlat mukofatiga Qoraqalpog`iston Respublikasidan  19 nafar qizlarimiz sazovar bo`lgan.

Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha otinoyilar soni jami 28 nafarni tashkil etadi, shundan Beruniy tumanida 7 nafar, To`rtko`l tumanida 9 nafar va Ellikqal`a tumanida 12 nafar xalfalar ro`yxatga olingan. Ro`yxatga olingan otinoyilar (xalfalar) orasida ayollar ichida diniy hayot tarzini targ`ib qilish yoki “hujralar” tashkil qilish kabi salbiy holatlar kuzatilmadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi tashabbusi bilan 10 ta tuman xotin-qizlar qo`mitalari qoshida jamoatchilik asosida Ayollar maslahat markazlari ochildi. Hokim qarorlariga asosan ularning rahbarlari etib xotin-qizlar qo`mitasi bosh mutaxassislari bekitilgan va ular belgilangan reja-jadval asosida ish olib borilishini muvofiqlashtiradi. Shu masala bo`yicha 2016 yilga qadar faqat “Keo`il nuri” markazi faoliyat olib borgan edi. Markazlar tomonidan diniy, huquqiy, tibbiy, bandlik, tadbirkorlik masalalarida murojaat etgan ayollarga tegishli yordamlar va maslahatchilar beriladi.

Uzoq muddatga chet elga ketgan xotin-qizlar soni 2017 yil 1 mart holatiga 6767 nafarni tashkil etib, uzoq muddatdn qaytib kelgan xotin-qizlar 626 nafarni tashkil qiladi, ularning 626 nafarining tibbiy ko`rigi va 313 tasining bandligi ta`minlangan. 2017 yil  2 oyi yakuni bo`yicha 6767 nafarni tashkil etadi.